O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET
MINTAQAVIY IQTISODIYOT VA BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI
IQTISODIY FANLARDAN
KURS ISHI YOZISH BO‘YICHA USLUBIY
KO‘RSATMA
Farg‘ona-2022
Taqrizchi:
Davlyatova G. – FarPI dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
Tuzuvchilar:
G.Xalmatjanova - FarDu “Mintaqaviy iqtisodityot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
D.R.Hakimov – FarDu “Mintaqaviy iqtisodityot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
Z.Mirzaaxmadova – FarDu talabasi
© Iqtisodiy fanlardan kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. – Farg‘ona. FarDU, 2022.
KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida kadrlarni tayѐrlash sohasida ham tub o‘zgarishlar qilinishini talab etadi.
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan keyin oliy ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirilayotganligi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishlari bajarish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalarning yangi avlodi yaratilmoqda.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada bakalavrning kurs ishini maqsadi, vazifalari va uni bajarishning asosiy bosqichlari, mavzulari va ularni tanlash, reja tuzish, kerakli adabiyotlardan foydalanish, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish va internet ma’lumotlaridan keng foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib berilgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma barcha iitisodiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga va professor - o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.
Boshqa ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar ham ushbu uslubiy ko‘rsatmadan foydalanishlari mumkin.
Umumiy qoida
Kurs ishi - bu o‘quv rejasiga kiritilgan, biror aniq mavzu bo‘yicha talaba tomonidan tayyorlanadigan, ilmiy-tadqiqot elementlarini o‘z ichiga olgan yozma ish. Kurs ishlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standartlari”da ko‘zda tutilgan. Uni yozish talaba va magistrlarning fan bo‘yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga, mustaqil ravishda ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini egallashga, bajargan ilmiy ishi natijalarini ijodiy yakunlashni o‘rganishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |