Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi


Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi № 2


Download 0.75 Mb.
bet11/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1500080
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi № 2

Mahsulot turi

Tsex № 1

Tsex № 2

Umum ishlab chiqarish xarajatlari (ming so’m)

Ishchilarning asosiy ish haqi

Umumtsex xarajati, (ming so’m)

Ishchilarning asosiy ish haqi

Umumtsex xarajati, (ming so’m)

(ming so’m)

solishtirma og’irlik, %

(ming so’m)

solishtirma og’irlik, %

Televizorlar

49 800

55,56

62 419

51 200

54,16

61 496

123 915

Muzlatkichlar

27 040

30,16

33 883

25 400

26,87

30 510

64 393

Gaz plitalar

12 800

14,28

16 043

17 940

18,97

21 540

37 583

Jami

89 640

100

112 345

94 540

100

113 546

225 891



Davr xarajatlari hisobi
Davr xarajatlari hisobi (hisobvaraq № 9400):



Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Amortizatsiya hisoblandi

6 900 000

9420

0200

2

Materiallar hisobdan chiqarildi

112 360 000

9420

1000

3

Materiallar qiymatidagi og’ishlar hisobdan chiqarildi

15 730 000

9420

1610

4

Ma’muriy-boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblandi

151 400 000

9420

6710

5

Ijtimoiy to’lovga ajratma qilindi

18 168 000

9420

6520

6

Safar xizmati xarajatlari hisobdan chiqarildi

48 200 000

9420

4220

7

Orgtexnikani ta’mirlash bo’yicha bajarilgan ishlar uchun «Orgservis» MChJ hisobvarag’i to’lashga qabul qilindi

8 540 000

9420

6010

8

Elektr energiyasi uchun energota’minot tashkiloti hisobvarag’i to’lov uchun qabul qilindi

11 400 000

9420

6010

9

Kelgusi davr xarajatlari bir qismi hisobdan chiqarildi

15 000 000

9420

3100

10

Jami davr xarajatlari:

414 950 000







11

Hisobot davri oxirida davr xarajatlari yakuniy moliyaviy natija hisobvarag’i bilan yopildi

414 950 000

9910

9420

Hisobot davrida to’g’ri keladigan kelgusi davr xarajatlarini hisobdan chiqarish summasini aniqlash:


“Kelgusi davr xarajatlari hisobi” ma’lumotlari asosida



Xo’jalik operatsiyalar mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Hisoblash mashinalarni ishga tushirish bo’yicha taqdim etilgan hisobvaraq summasiga

45 000 000

3100

6010

2

QQS summasiga

8 100 000

4410

6010

3

Ishga tushirish bo’yicha hisobvaraq summasi to’landi

53 100 000

6010

5110

4

QQS summasi byudjet oldida hisobga olindi

8 100 000

6410

4410

5

Kelgusi davr xarajatlarini muayyan qismi hisobdan chiqarildi (45 000 000 /6 • 2)

15 000 000

9420

3100

Tuzatiladigan va tuzatib bo’lmaydigan (yakuniy) yaroqsiz mahsulotlardan yuqotishlarni hisoblash qaydnomasi



Kalkulyatsion xarajat moddalari

Tuzatiladigan yaroqsiz mahsulot (ming so’m)

Yakuniy yaroqsiz mahsulot (ming so’m)

Jami (ming so’m)

Ichki yaroqsiz mahsulot

Materiallar hisob narxi bilan

2 450

3 200

5 650

Hisob narxidan og’ishlar

343

448

791

Jami:

2 793

3 648

6 441

Mehnat haqi

1 450

1 500

2 950

Ijtimoiy to’lovga ajratmalar

174

180

354

Umumishlab chiqarish xarajatlari bir qismi hisobdan chiqarildi (aniqlang)

1 791

1 836

3 627

Jami xarajatlar:

6 469

7 434

13 903

Tashqi yaroqsiz mahsulot




6850

6850

Brakdan zarar so’ndirildi:
- imkon foydalanish narxi bo’yicha materiallar qabul qilindi;
- javobgar shaxslardan undirildi

-

1 550


420

1 754


420

3 304


Yaroqsiz mahsulotdan yuqotishlar

4 919

12 110

17 029

Yaroqsiz mahsulotlardan yuqotishlar hisobi qaydnomasi





Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Asosiy ishlab chiqarishdan yakuniy yaroqsiz mahsulot hisobdan chiqarildi

7 434 000

2610

2010

2

Materiallar hisob narxi bilan hisobdan chiqarildi

2 450 000

2610

1010

3

Materiallar qiymatidan og’ishlar hisobdan chiqarildi

343 000

2610

1610

4

Tuzatiladigan yaroqsiz mahsulotni tuzatish uchun ish haqi hisob qilindi

1 450 000

2610

6710

5

Ijtimoiy to’lovlar uchun ajratma qilindi

174 000

2610

6520

6

Umumishlab chiqarish xarajatlarini bir qismi hisobdan chiqarildi

1 791 000

2610

2510

7

Iste’molchilar tomonidan aniqlangan yaroqsiz mahsulot hisobdan chiqarildi

6 850 000

2610

4010

8

Foydalanish mumkin narx bilan materiallar qabul qilindi

420 000

1090

2610

9

Javobgar shaxs hisobidan yaroqsiz mahsulot uchun mablag’ undirib olindi

3 304 000

6710

2610

10

Tuzatiladigan yaroqsiz mahsulotdan yuqotishlar hisobdan chiqarildi

4 919 000

2010

2610

11

Yakuniy yaroqsiz mahsulotdan yuqotishlar hisobdan chiqarildi

11 849 000

2010

2610

Tekshirish: hisobvaraq № 2610ning debet va kredit aylanmasi farqi nolga teng bo’lish kerak:


(7434 + 2450 + 343 + 1450 + 174 + 1791 + 6850) – (420 + 3304 + 4919 + 11 849) = 0
Chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
TMh = TIChb + X - HCh – TICho
bu erda:
TMh – tayyor mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi;
TIChb – tugallanmagan ishlab chiqarish hisobot davri boshida (2010 hisobvaraqning oy boshidagi qoldig’i);
X – hisobot davri xarajatlari (2010 hisobvaraqning debet aylanmai);
HCh – hisobot davri qaytarishlar va hisobdan chiqarish (2010 hisobvaraqning kredit aylanmai);
TICho – tugallanmagan ishlab chiqarish hisobot davri oxirida (2010 hisobvaraqning oy oxiridagi qoldig’i).
TMh = 12 654 000 + (1 044 917 140 + 15 134 000 + 112 345 000 + 113 546 000 + 11 849 000) – 7 434 000 – 15 452 000 = 1 287 559 140 so’m.
“Tayyor mahsulot sotishi hisobi” bo’yicha buxgalteriya yozuvlari tuzamiz:



Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Mahsulot sotishdan olingan tushum

2 655 000 000

4010

9010

2

Mahsulot realizatsiyasidan hisoblangan QQS

405 000 000

4010

6410

3

Sotilgan mahsulot tannarxi hisobdan chiqarildi

1 672 730 000

9110

2810

4

Mahsulot sotish xarajatlari hisobdan chiqarildi (qara yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi)

6 758 000

9910

9410

5

Sotishdan yakuniy moliyaviy natija aniqlandi (foyda) (2 655 000 – 405 000 – 1 672 730 – 6758)

570 512 000

9910

8710


Xarajatlar – ishlab chiqarish – foyda tahlili
Korxonalar iqtisodiy faoliyatida boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni alohida o’rin tutadi, u yuqori malaka va amaliy tajribaga ega bo’lishni talab qiladi.
Boshqaruv qarorlari qabul qilish korxona oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi.
Boshqaruv qarorlari amal qilish davriga ko’ra strategik (uzoq muddatli) va qisqa muddatli qarorlarga bo’linadi.
Strategik boshqaruv qarorlari korxonaning oldiga qo’ygan maqsadiga erishishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur qarorlar korxona rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi.
Qisqa muddatli qarorlar qo’yilgan maqsadga erishishda qabul qilinadigan tezkor qarorlardir. Ular korxonaning joriy rejalarini tuzish, kadrlar masalasini hal qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga bir qancha talablar qo’yiladi. Bu talablar boshqaruv qarorlarining ishonchliligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish zarurati bilan izohlanadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga quyidagi talablar qo’yiladi:
aniq yo’nalishga ega bo’lishi va korxona manfaatlarini to’liq ifoda etishi. Bunda boshqaruv qarorlarining korxona oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga hamda yning foydasini oshirishga yo’naltirilishi nazarda tutiladi;
ilmiy-amaliy jihatdan asoslanishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati tahlili natijalari, uning iqtisodiy imkoniyatlari hamda zamonaviy fan-texnika yutuqlarini to’liq hisobga olish zarur;
aniq muddatlarda qabul qilinishi va amalga oshirilishi. Boshqaruv qarorlarini amalga oshirish davri belgilab olinishi lozim. Bu holat uning o’z vaqtida va oqilona bajarilishini nazorat qilishga ko’maklashadi;
tezkor bo’lishi. Boshqaruv qarorlari bozor talablari va korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’zgarishlardan kelib chiqib zapyr hollarda tezkor qabul qilinishi shart;
yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda unumsiz va ortiqcha xarajatlarni rejalashtirilishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda xodimlar manfaatlari korxonaning umumiy manfaatiga mos bo’lishi, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish, korxonaning iqtisodiy, texnikaviy salohiyatini tahlil etish kabi jihatlarga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Boshqaruv hisobida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda mavjud muammolar echimiga ko’p variantlilik tamoyili asosida yondashish talab qilinadi. Bunda muhokama qilinayotgan masalaning ikki yoki undan ortiq variantdagi echimi mavjud bo’lsa, ular orasida eng maqbulini tanlab olish boshqaruv hisobidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Tanlash jarayonida menejer uchun boshqaruv samaradorligini baholash muhim hisoblanadi.
Qo’yilgan muammoni echish uchun talab qilinadigan barcha axborotlar olingach, menejerlar qarorlar qabul qilishning samarali variantlarini tanlashlari mumkin.
Keyingi bosqichda korxona buxgalteri qabul qilingan qarorlar natijalarini tahlil qiladi va o’z xulosalarini rahbariyatga taqdim etadi.
Agar mavjud muammolarning echimlarini topish borasida boshqa choralar ko’rish zarurati bo’lmasa, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni tugallangan hisoblanadi, aks holda barcha bosqichlar qaytadan amalga oshiriladi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling