Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: DAVLAT SUBSIDIYALASHINING HISOBI Bajardi: 306-GURUX TALABASI QO`CHQAROV MUHAMMADDIYOR Qabul qildi: “Ijtimoiy Iqtisodiy fanlar”
- Kirish MAVZU:DAVLATSUBSIDIYALASHINING HISOBI 1.1
- METODIK ASOSLARI 2.1
- [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-dekabr, 562-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] UMUMIY QOIDALAR
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI "IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI" "BUXGALTERIYA HISOBI " fanidan KURS ISHIMAVZU: DAVLAT SUBSIDIYALASHINING HISOBI Bajardi: 306-GURUX TALABASI QO`CHQAROV MUHAMMADDIYOR Qabul qildi: “Ijtimoiy Iqtisodiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi Mirzayev Otabek Davronovich ANDIJON 2023
KIRISH O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTYERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI 10-SON BHMS [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-dekabr, 562-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] UMUMIY QOIDALAR 1. Ushbu Buxgaltyeriya hisobi milliy standarti (BHMS) O‘zbekiston Respublikasining «Buxgaltyerlik hisob-kitobi to‘g‘risida»gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida buxgaltyeriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining bir qismidir. MAQSADI 2. Ushbu standartning maqsadi buxgaltyeriya hisob-kitobi tamoyillarini belgilab olishdan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar olgan davlat subsidiyalarini yoxud boshqa turdagi davlat yordamini moliyaviy hisobotda aks ettirishdan iborat. AMAL QILISh SOHASI 3. Ushbu standart xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat subsidiyalarini hisob-kitob qilish va boshqa turdagi davlat yordamini ochish maqsadida qo‘llaniladi. 4. Ushbu standart quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi: 4.1. O‘zgarib turuvchi narxlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobotlarda davlat subsidiyalarini hisob-kitob qilishda va shu turdagi qo‘shimcha axborotlarda yuzaga keladigan o‘ziga xos muammolar; 4.2. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlashda, daromad solig‘i bo‘yicha majburiyatlar asosida belgilangan yoki cheklangan foyda va yengilliklar tarzda korxonaga taqdim etiladigan davlat yordamiga (soliqdan vaqtinchalik ozod qilish, soliq krediti va daromad (foyda) solig‘i stavkasini kamaytirish) byerilgan davlat yordami. 4.3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mulkida davlatning qatnashishi. TUShUNChALAR 5. Ushbu Standartda foydalaniladigan tushunchalar: Davlat subsidiyalari — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning opyeratsiya faoliyatiga taalluqli muayyan sharoitlarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga resurslarni byerish tarzida hukumat tomonidan byeriladigan yordam. Davlat yordami — muayyan mezonlar bilan qanoatlantiruvchi bitta yoki bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy yordam byerish uchun davlat ko‘rilgan aksiya. Ushbu standart maqsadlari uchun davlat yordami faqat bevosita, rivojlanib borayotgan sektorlarda infratuzilmalarni vujudga keltirish yoki raqobatchilarga savdo cheklashlarini joriy etish singari umumiy savdo shartlariga ta’sir etuvchi xatti-harakatlar vositasida byeriladigan imtiyozlarni o‘z ichiga olmaydi. Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar — bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xo‘jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi. Daromadga kiritiladigan subsidiyalar — bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari. Qaytarmaslik asosidagi ssudalar — bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib byeradigan ssudalardir. 6. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davlat yordamini olishi ikkita sababga ko‘ra moliyaviy hisobotni tayyorlashdagi jiddiy holdir: 6.1. Agar resurslar o‘tkazib bo‘lingan bo‘lsa, ularni buxgaltyerlik hisob-kitobida to‘g‘ri aks ettirish kyerak; 6.2. Hisobot davri davomida xo‘jalik sub’ekti uchun bunday yordamni olishning ahamiyatini ko‘rsatgan ma’qul. Bu esa xo‘jalik subyektlarining moliyaviy hisobotlarini avvalgi davrlardagi hisobotlar va boshqa subyektlarning hisobotlari bilan taqqoslashga ko‘maklashadi. moliyaviy natijalarni shakllantirish jarayonida davr xarajatlarining tutgan o‘rni va ta’sir darajasini aniqlashdan iborat. Kurs ishini tayyorlash jarayonida joriy davr iqtisodiy ilmida qo‘llaniladigan huquqiy va uslubiy tamoyillarga amal qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Farmonlari, asarlari, nutq va maqolalari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq Qo‘mitasining me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalaridan keng foydalanildi. Mavzuni yoritishda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan, hisoblash va tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Shuningdek, moliyaviy boshqaruv hisobi va iqtisodiy tahlil bo‘yicha mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlari uslubiy va nazariy manba bo‘lib xizmat qildi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling