Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi
DAVLATNING NOLIKVID SUBSIDIYaLARI
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKTIVLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYaLARNI HISOB-KITOB QILISh
- DAROMADLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYaLAR HISOBI
- DAVLAT SUBSIDIYaLARINI QAYTARISh
- YoRITIB BYeRISh
DAVLATNING NOLIKVID SUBSIDIYaLARI
16. Davlat subsidiyasi xo‘jalik sub’ekti tomonidan foydalaniladigan nolikvid aktiv shaklini olishi mumkin. Mazkur holatlarda odatda nolikvid aktivning amaldagi qiymati belgilanadi, aktiv ham, subsidiya ham ana shu amaldagi qiymat bo‘yicha hisobga olinadi. AKTIVLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYaLARNI HISOB-KITOB QILISh 17. Aktivlarga kiritiladigan davlat subsidiyalari, shu jumladan nolikvid subsidiyalar maqsadli tushumlar deb aks ettiriladi va ular aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida muntazam asosda e’tirof etiladi. Boshqa usullarga ko‘ra davlat subsidiyasi tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi va hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo‘li bilan amortizatsiya qilinadigan aktivning foydali xizmat qilishi muddati davomida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettiriladi. DAROMADLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYaLAR HISOBI 18. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda daromadga kiritiladigan subsidiyalar quyidagi tarzda aks ettiriladi: 18.1. «Boshqa daromadlar» moddasiga ko‘ra; 18.2. Ular bilan bog‘liq xarajatlarni aks ettirishda chegirib tashlanadi. 19. Daromadga kiritiladigan subsidiyalarni hisob-kitob qilish uchun ikkala usul ham maqbul hisoblanadi. Subsidiyalarni ochish moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri tushunish uchun zarurdir. Subsidiyalarning alohida ochish zarur bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning har qanday moddasiga ta’sirini ochish o‘rinli hisoblanadi. DAVLAT SUBSIDIYaLARINI QAYTARISh 20. Xo‘jalik sub’ekti muayyan shartlarni bajarmagan taqdirda davlat subsidiyalarini qaytarib byerishi kyerak. Bunday holatda subsidiyalarning qaytarilishi bilan avvalgi hisobot davriga tuzatish kiritilmaydi, balki buxgaltyerlik smetalaridagi hisob-kitob ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqiladi. Daromadga kiritiladigan subsidiyalarni qaytarish quyidagicha amalga oshiriladi: 20.1. Balans passivida aks ettirilgan subsidiyalar qoldiqlari hisobiga; 20.2. Agar qaytarilayotgan subsidiya qoldiqdan oshib ketsa, u holda oshgan summa xarajat sifatida e’tirof etiladi; 20.3. Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar maqsadli tushumlar hisobvarag‘idagi qoldiqni qaytarilayotgan summa miqdorida kamaytirish yo‘li bilan yoki aktivning balans qiymatini qaytarilayotgan summa miqdorida hisoblanishi mumkin bo‘lgan amortizatsiyaning «Foyda va zararlar» schyotiga kiritish orqali aks ettiriladi. YoRITIB BYeRISh 21. Quyidagi masalalar yoritilib byerilishi lozim: 21.1. Davlat subsidiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan hisob-kitob siyosati, shu jumladan moliyaviy hisobotlarda qabul qilinadigan axborotlarni byerish uslubi; 21.2. Moliyaviy hisobotlarda e’tirof etilgan davlat subsidiyalarining mohiyati va miqdori hamda xo‘jalik sub’ekti bevosita foyda olgan davlat yordamining boshqa shakllarini ko‘rsatish; 21.3. Shartlarni bajarmaslik va e’tirof etilgan davlat yordami bilan bog‘liq ko‘zda tutilmagan majburiyatlar. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling