Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi


Mx(B – Xuz) Id = --------------------------


Download 0.75 Mb.
bet18/19
Sana16.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1500080
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mx(B – Xuz)
Id = --------------------------
Mx(B – Xuz) - Xd
bu erda,
Id – ishlab chiqarish dastagi;
Mx – sotilgan mahsulot hajmi, dona;
B – bir birlik mahsulotning bahosi;
Xuz– bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar;
Xd – doimiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish dastagi korxona rahbarlariga xarajatlar va foydani boshqarish, yuqori foyda olish bo’yicha strategiyani ishlab chiqishga ko’maklashuvchi moliyaviy ko’rsatkich hisoblanadi. Mazkur ko’rsatkich hajmining o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
– o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar;
sotish bahosi va hajmi;
– yuqoridagi omillar kombinatsiyasi (moliyaviy va ishlab chiqarish dastaklarini hisoblashda zanjirli bog’lanish usulini qo’llash).
Quyida "Andijonsut" aktsionerlik jamiyatining yuqorida keltirilgan ma’lumotlari asosida har bir omilning ishlab chiqarish dastagi samarisiga ta’sirini tahlil qilib chiqamiz.
Sotish bahosini 10% (bir donasi 602,86 ming so’mgacha) oshishi sotishlar hajmini 633 003 ming so’mgacha, marjinal daromadning 188 907 ming so’mgacha (633 003 – 444 096) va foydaning 114 862 ming so’m (188 907 – 74 045)gacha oshishiga olib keladi. Bunda birgina hisob-kitobda marjinal daromad ham 125,1 ming so’mdan (131 358 ming so’m : 1050 dona) 179,9 ming so’mgacha (188 907 ming so’m : 1050 dona) oshadi. Bunday tartibda doimiy xarajatlarni qoplash uchun sotishlarning kichik hajmi talab etiladi: zararsizlik nuqtasi 411 donani (74045 ming so’m : 179,9 so’m), korxona chidamliligining marjinal zahirasi esa 639 dona (1050 dona - 411 dona) yoki 61% gacha ortadi. Natijada korxona 57 549 ming so’m (114 862 – 57313) miqdorida qo’shimcha foyda oladi. Bunda ishlab chiqarish dastagining samarasi 2,29 dan 1,64 birlikkacha (188907 : 114862) pasayadi.
O’zgaruvchan xarajatlarning 10%ga pasayishi (444096 ming so’mdan 399686,4 ming so’mgacha) marjinal daromadni 175767,6 ming so’mgacha (575454 – 399686,4) va foydaning 101722,6 ming so’mgacha (175767,6 – 74045) ortishiga olib keladi. Buning natijasida zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) 238854,8 ming so’mgacha [74045 : (175767,6 : 575454)] ortadi, miqdor ko’rinishida bu 227 dona (238854,8 : 1050)ni tashkil etadi. Binobarin, korxona chidamliligini marjinal zahirasi 336599,2 ming so’m (575454 – 238854,8)ni yoki 614 dona (336599,2 ming so’m : 548,05 ming so’m)ni tashkil etadi. Bunday sharoitda korxonadagi ishlab chiqarish dastagi samarasi 1,7 birlikgacha (175767,6 : 101722,6) pasayadi. Doimiy xarajatlarnipg 10%ga pasayishi davrida (74045 ming so’mdan 66640,5 ming so’mgacha) korxona foydasi 64717,5 ming so’mgacha (575454 – 444096 – 66640,5) ortadi. Bunday sharoitda zararsizlik nuqtasi pul ifodasida 289741,3 ming so’m [66640,5 : (131358 : 575454)], hajm ko’rinishida esa 528 donani (289741,3 : 548,05) tashkil etadi. Bunda korxonada chidamlilikning marjinal zahirasi 285712,7 ming so’m (575454 – 289741,3) yoki 521 dona (285712,7 : 548,05)ni tashkil etadi. Binobarin, doimiy xarajatlarning 10% ga pasayishi natijasida ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,03 birlikni (131358 : 64717,5) tashkil etadi va dastlabki darajasiga nisbatan 0,26 birlikka (2,29 – 2,03) pasayadi.
Ushbu hisob-kitoblar tahlili shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarish dastagi samarasining o’zgarishida korxona xarajatlari umumiy summasidagi doimiy xarajatlar hissasining o’zgarishi muhim o’rin tutadi.
Shuningdek, sotishlar hajmining o’zgarishi foydaning doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga nisbati turlicha bo’lgan korxonalarda bir xilda bo’lmasligi mumkin. Bunda korxona xarajatlarining umumiy summasidagi doimiy xarajatlarning solishtirma og’irligi qancha past bo’lsa, korxona tushumi o’zgarishi suratlariga nisbatan foyda hajmi shunchalik o’sadi.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmining namoyon bo’lishi bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqarish dastagining ijobiy samarasiga korxona mahsulot ishlab chiqarishning zararsiz nuqtasini bartaraf etgandan keyingina erishish mumkin. Bunda korxona o’zining avvalgi doimiy xarajatlarini qoplash uchun marjinal daromadning etarli miqdorini belgilaydi.
2. Sotish hajmining bundan keyingi ortib borishi va zararsizlik nuqtasidan uzoqlasha borishi bilan ishlab chiqarish dastagi samarasi pasaya boradi. Sotish hajmi o’sishining har bir keyingi foizi foyda summasining o’sishini ta’minlaydi.
3. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmi teskari yo’nalishga ham ega, yani, sotish hajmining pasayishida korxona foydasi hajmi ham kamayib boradi.
4. Ishlab chiqarish dastagi va korxona foydasi o’rtasida teskari bog’liklik mavjud, korxona foydasi qancha yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish dastagi samarasi shuncha past bo’ladi va uning teskarisi ham kuzatiladi.
5. Ishlab chiqarish dastagi samarasi faqat qisqa muddatda yuzaga keladi, ya’ni, korxona doimiy xarajatlari qisqa vaqt oralig’idagina o’zgarishsiz qoladi. Sotish hajmining ortishi jarayonida doimiy xarajatlar summasining navbatdagi o’zgarishi ro’y berishi bilanoq korxona zararsizlikning yangi nuqtasini belgilashi va unga o’zining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishi lozim.
Korxona tovar bozorining sotish hajmi pasayishi mumkinligini belgilab beruvchi noqulay kon’yunkturada, shuningdek, korxona iqtisodiy faoliyatining ilk bosqichlarida zararsizlik nuqtasi bartaraf etilmaganda, doimiy xarajatlarni pasaytirish uchun chora-tadbirlar ko’riladi. Shuningdek, tovar bozorining qulay kon’yunkturasida va chidamlilikni ma’lum marjinal zahirasi mavjudligida doimiy xarajatlarni iqtisod qilishni amalga oshirishga bo’lgan talablar ancha pasayishi mumkin. Bunday sharoitlarda korxona asosiy ishlab chiqarish vositalarini qayta jihozlashi va yangilashi, peal investitsiyalar hajmini ancha kengaytirishi lozim. Zarurat tug’ilganda har bir korxona doimiy xarajatlar summasi va hajmini pasaytirish uchun etarli darajada resurslarga ega bo’lishi zarur. Ushbu resurslar tarkibiga tovar bozorining noqulay kon’yunkturasida ustama xarajatlar (boshqarish xarajatlari)ni imkon darajada qisqartirish, amortizatsiya ajratmalarini kamaytirish maqsadida nomoddiy aktivlar va asbob-uskunalarning foydalanilmayotgan qismini sotish, asosiy vositalarni sotib olmasdan ularni operativ lizing shartnomasi asosida olish, kommunal xizmatlar hajmini qisqartirish va h.k.lar kiradi.
O’zgaruvchan xarajatlarni tejashning asosiy zahiralari qatoriga quyidagilar kiritiladi: xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hisobiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari sonini kamaytirish, tovar bozorining noqulay kon’yunkturasi sharoitida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zahiralari hajmini qisqartirish, xomashyo va materiallarni etkazib berishning korxona uchun qulay sharoitlarini yaratish va boshqalar.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni aniq maqsadga yo’naltirish va boshqarish, beqaror bozor sharoitida ular o’rtasidagi o’zaro nisbatni tezkor o’zgartirib borish hamda korxona foydasini oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, CVP-tahlili korxona rahbarlariga o’zgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashga, ishbilarmonlik tavakkalchiligini pasaytirish imkonini yaratadi. Uni universal formulasini qo’llash orqali o’tkaziladigan tahlil sifatini oshirishga erishiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling