Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Muammo turi
Muammoning kelib chiqish sabablari Muammoning yechish yo‘llari (amaliy harakatlar) 1. “3x4” texnologiyasi Texnologiya o‘quvchilarni aniq bir muammoni yakka holda fikrlab hal etish, yechimini topish, g‘oyalar orasidan muhimini tanlay bilish, bir necha muhim fikrni umumlashtirish, ular asosida muammo yuzasidan aniq tushuncha hosil qilish va o‘z fikrlarini ma’qullay olishga o‘rgatadi. U o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, jamoa bo‘lib ishlash, fikrlarni jamlab, nazariy va amaliy tushunchalar hosil qilish, jamoaga o‘z fikrini o‘tkazish, o‘z fikrini ma’qullash, muammoni yechish va mavzuga umumiy tushuncha berishda o‘rganilgan barcha mavzular bo‘yicha egallangan bilimlarni amalda qo‘llashga yordam beradi. Texnologiya yordamida o‘quvchilar topshiriqlarni dastlab individual, so‘ngra kichik guruhlar tartibida yozma shaklda bajaradi. Izoh: 1. Guruhlar sonining to‘rtta bo‘lishi texnologiya samaradorligi ta’minlaydi. Bunda mashg‘ulot zerikarli bo‘lmaydi. Agar guruhlar soni 4 tadan ortiq bo‘lsa, guruhlarni ikkita katta guruhlarga ajratish mumkin. 2. Tarqatmali materialda ko‘rsatilgan mavzu bo‘yicha 3 ta tayanch tushuncha (so‘z, so‘z birikmasi yoki 3 ta gap) yozish talab etiladi. 3. Dastlabki topshiriq bajarilgach, guruhlar soat mili yo‘nalishi bo‘yicha o‘z joylarini o‘zgartiradi (1-guruh 2-guruhning, 2-guruh 3-guruhning, 3-guruh 4- guruhning, 4-guruh 1-guruhning o‘rnini egallaydi). Bu holat har bir guruh o‘zining dastlabki o‘rniga yetib kelgunga qadar davom etadi. 4. Guruhlarning taqdimotidan so‘ng har bir o‘quvchi ham individual ravishda o‘zining mualliflik ishini namoyish qilishi mumkin. «Qarorlar shajarasi» («Qarorlar qabul qilish texnologiyasi») metodi «Qarorlar shajarasi» metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh yoki sinf tahsil oluvchilari ishtirokida qo‘llaniladigan «Qarorlar shajarasi» bir necha o‘n nafar tahsil oluvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da tahsil oluvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida tahsil oluvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to‘ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar) : «Qarorlar shajarasi» metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi: 1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 2. O‘qituvchi tahsil oluvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilishi, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 3. Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. МУАММО 1 ҒОЯ 2 ҒОЯ 3 ҒОЯ Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling