Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
TARIX DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Qarama -qarshi munosabat» metodi
«Zakovatli zukko» metodi
Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda tahsil oluvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. «Zakovatli zukko» metodi tahsil oluvchilarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan tahsil oluvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida tahsil oluvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballarning belgilanishi tahsil oluvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Metod tahsil oluvchilar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin. «Qarama-qarshi munosabat» metodi Metod o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: – mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi; – ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi; – tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi; – jadval yaratilib, uning 1ustuniga muhim bo‘lgan, 2ustuniga muhim bo‘lmagan tushunchalar yoziladi; – kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuvlar muhokama qilinadi; – jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi. Tahsil oluvchilar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga quyidagi jadvallarni taqdim etish maqsadga muvofiqdir: 1. Yakka tartibda ishlash jarayonida foydalanish uchun: Mavzuning ahamiyati № Muhim tushunchalar № Muhim bo‘lmagan tushunchalar 2. Jamoa asosida ishlash jarayoni uchun: Mavzuning ahamiyati № Jamiyatning ijtimoiy (iqtisodiy, madaniy) hayotidagi roli (o‘rni) Shaxs hayotidagi roli (o‘rni) Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling