Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
Ta’minlanmagan qog'ozpullar (1931 -1945yy.)
Birinchi jahon urushidan keyin amaldagi oltin standarti pul tizimi o‘zining hususiyatini yo‘qotib, davlatlar klassik oltin standartini saqlab qolish maqsadida turli choralarni qo‘lladi. Lekin yigirmanchi asrning 30 yillarida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida yuzaga kelgan moliyaviy tartibsizliklar oqibatida muomalada oltin standartini amal qilishini butunlay to‘xtadi., savdo va valyuta Mamlakatlar iqtisodiyotidagi inqiroz taboro chuqurlashib, ishsizlik darajasi ortib bormoqda edi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida turli valyuta cheklovlarini o‘rnatish, milliy valyutalarni devalvatsiyalashustidan nazoratni kuchaytirish orqali o‘zaro iqtisodiy va moliyaviy urush olib borishdi. Iqtisodiyotda to‘g’ri va egri suzib yuruvchi valyuta kurslari yuzaga keldi12. Xalqaro savdo va investitsiyalarni to‘xtab qolishi natijasida o‘zaro savdoni amalga oshirish uchun xukumatlar ishtirokida tuzilgan bitimga ko‘ra tovarlar barter qilindi. AQSh davlat kotibi Kordell Xoll ushbu holatga izoh berib, “Ikkinchi jahon urushining asosiy sababi 30 yillarda yuzaga kelgan moliyaviy va iqtisodiy kelishmovchiliklar” - deya ta’kidlagan edi.13 AQShda oltin standartini amal qilishi Evropaga nisbatan ikki yilga cho‘zildi. 1933 - 1934 yillarda AQShning, “turg’unlikni oldini oladi” - degan teskari siyosati tufayli oltin standarti amaliyotda to‘xtatildi. Amerika fuqarolariga mamlakatda (shu jumladan xorijda) oltinni ishlatish, olib yurish man etildi va dollarli hisob - kitoblarni oltin bilan so‘ndirish ta’qiqlandi. Lekin, 1934 yildan keyin ham AQShda oltin standartining o‘ziga xos yangi shakli amal qildi. Unga asosan qadrsizlangan dollar 1/35 untsiya oltinga tenglashtirilib, oltin bilan chet el hukumatlari va banklar talablari qondirilgan. Dollarning oltinga oz bo‘lsada bog’liqligi va Evropadagi tartibsizliklar hisobiga AQShga kirayotgan oltin hajmi yanada ortdi. Milton Fridman va Chikago maktabi vakillarining qarashlarida iqtisodiy va siyosiy kamchiliklar mavjudligini 1930 yillardagi iqtisodiy tartibsizliklar ko‘rsatib berdi. Fridman va uning izdoshlari - erkin bozor sharoitida qanday taklif bilan chiqishdi? Ularning qarashlari bo‘yicha dastlab oltin standartidan voz kechish va milliy valyutani chiqarish vakolati davlat ixtiyorida bo‘lishi lozim edi. Ya’ni, davlat tomonidan chiqarilgan ta’minlanmagan qog’oz pullar, qonuniy to‘lov vositasini bajarishiga erishish nazariyasini ilgari surilgan. Shundan co‘ng dastlab davlat qog’oz pullarni muomalaga chiqarishi va boshqa valyuta kurslariga nisbatan tebranishiga imkon berish kerak. Bunda inflyatsiya darajasini belgilangan me’yorda bo‘lishini davlat tomonidan nazorati ta’minlanishi lozim edi. Lekin 1930 yillardagi jahon iqtisodiyotidagi tartibsizliklarni kelib chiqishi, aynan mamlakatlar pul tizimini izdan chiqishi bilan bog’liq edi. Shunday qilib, 30 yillarning ta’minlanmagan qog’oz pullariga asoslangan pul tizimining ayanchli tajribasi va uni oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy tanglik shuni ko‘rsatdiki, ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi va kapital oqimini yo‘lga qo‘yish maqsadida AQSh o‘z oldiga jahon pul tizimini qayta tiklash vazifasini qo‘ydi. Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 -1968 yy.) Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu - Xemshir shtatining Bretton - Vuds shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul oyida AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan Bretton - Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan farqli jihatlari ko‘p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu pul tizimi ham kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklarni kelib chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi. Bretton - Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amaldagi farqi shunda ediki, uning asosini ikki “tayanch valyuta”(funt va dollar) emas, balki yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 untsiya oltingan tenglashtirilgan. Shu bilan birga, amaldagi tizimni 20 yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari, amerika fuqarolari dollardagi hisob - kitoblarni oltin bilan so‘ndirish imkoniyatining yo‘qligi va dollardagi hisob - kitob qilish huquqi xorijiy davlatlar va banklarga berilganligini e’tirof etish lozim. Ya’ni, jahon pulini (oltin) dollar bilan so‘ndirish vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton - Vuds tizimi ham 1920 yillarni oltindeviz standarti kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi. AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat xukumatlari talab qilish huquqiga ega bo‘lgan oltin tashkil etgani holda, muomalada ta’minlanmagan dollarlar mavjud bo‘lgan. Boshqa davlatlarda moliyaviy piramidaning asosini, valyuta zaxirasi sifatida saqlanayotgan dollar tashkil etgani holda, muomalada ta’minlanmagan milliy valyutalar amal qilgan. Bunday moliyaviy piramidani tashkil etish uchun AQShda etarlicha imkoniyatlar mavjud edi. Chunki, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh da to‘plangan juda katta miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll.), ularga moliyaviy piramida qurish imkonini bergan. Bretton - Vuds tizimi amaliyotga joriy qilinishi bilan Evropa davlatlari valyutalarining dollarga nisbatan kursi oshirildi. Masalan, Buyuk Britaniya funt sterling kursi urushgacha bo‘lgan vaqtdagi qiymatga, ya’ni 4,86 dollarga tenglashtirildi. Funtning sotib olish qobiliyatiga nisbatan qaralganda esa, uning qiymati pastroq bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, 1945 yilda dollar kursi sun’iy pasaytirilishi va boshqa davlatlar valyutalarining kursi dollarga nisbatan sun’iy oshirilishi natijasida “dollar tanqisligi” yuzaga keldi. AQShdan tashqarida yuzaga kelgan “dollar tanqisiligi”ni oldini olish maqsadida Amerika hukumati tomonidan Evropa mamlakatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Boshqacha qilib aytganda, Evropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun’iy pasaytirilishi natijasida AQSh to‘lov balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan. Bretton - Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq bo‘ldiki, ushbu tizim doirasida dollar inflyatsiyasini oshirilishi javobgarlikka olib kelmas edi. Shu nuqtai nazardan, urushdan keyingi davrda inflyatsiyani rag’batlantirilishi AQShda davlat siyosatiga aylandi. 1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo oqimi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQShda pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida, aksariyat Evropa mamlakatlari (G’arbiy Germaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Italiya)ning valyutalari yanada mustahkamlandi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan Buyuk Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish maqsadida funtni 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Evropa va Yaponiyada ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to‘lov balansida kamomadni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Inflyatsiyani cheklashda oltin tanga standartining klassik yondoshuvchanligi o‘zining xususiyatini butunlay to‘xtatishi bilan birga, Bretton - Vuds tizimining qoidalari G’arb davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini ko‘paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni talab etgan. Shu tariqa 1950 - 1960 yillarga kelib, G’arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiya dollar zaxirasini oshirib borish siyosati samarasiz ekanligi hamda yangi tizim tashkil etilganda dollar kursi sun’iy baholanganligidan sarosimaga tushdi. Chunki dollarning sotib olish qobiliyatining tushishi, G’arb davlatlarida dollarga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirdi. Bretton - Vuds tizimi Evropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun “tuzoq” sifatida qaraldi va qarama - qarshiliklar ortdi. Frantsiya nomidan Oltindeviz standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga qarshi fikrlar bilan davlat moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak Ryueff chiqdi. Amerika siyosatchilari va iqtisodchilari yuzaga kelgan qarshiliklarga e’tibor bermay, Evropa dollarni “tayanch valyuta” sifatida qabul qilganligini ta’kidladi. Ularning fikriga ko‘ra, Evropa aynan Bretton - Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy tanglikdan chiqish muammosini hal etgan. Davlatlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan boshqa mamlakatlarda dollarning inflyatsiya darajasi ortishidan qat’iy nazar, AQSh yanada pul taklifini oshirish huquqiga ega edi. Evropada oltinning bir untsiyasi uchun 35 dollarga teng bo‘lgan miqdori saqlanib qolingan edi. 1950 yillarda Evropada dollar massasini ortib ketishi, uning oltinga va evropaning “qattiq” valyutalariga nisbatan qadrsizlanishiga hamda Amerikadan oltinni chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida AQShning oltin zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi. Evropa mamlakatlari hukumatlari va Markaziy banklarining dollarni oltin bilan so‘ndirish talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton - Vuds tizimining izdan chiqish xavfi tug’ilgan edi. Lekin, Evropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy holat ham AQShni pul taklifini oshirishdan qaytarmadi. Shu tariqa 60 yillarning oxirida Evropada 80 mlrd dollardan ortiq “evrodollar” nomini olgan pullar paydo bo‘ldi. Evropada muomalada bo‘lgan dollarni oltin bilan so‘ndirish talabini to‘xtatish maqsadida AQSh siyosiy bosim o‘tkaza boshladi. 1930 yilda oltindeviz standartining inqirozga yuz tutishida ham Buyuk Britaniya va Frantsiya o‘rtasida shunday vaziyat yuzaga kelgan. Ta’kidlash joizki, iqtisodiy qonunlarni aylanib o‘tish, AQSh inflyatsiyani hisobga olmagani kabi, mamlakatda ijtimoiy - iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika tomonidan taklif etilgan “abadiy va buzilmas” Bretton - Vuds tizimi emirila boshladi. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling