Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maksadi va
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
10-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maksadi va
funksiyalari. Reja: 1. Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika. 2. Xalqaro valyuta jamg’armasi. 3. Jahon banki. 4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki. 10.1.Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika. Xalqaro valyuta - kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘z ichiga ko‘plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo‘lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya - kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo moliyaviy masalalarni muhokama etish, moliya - kredit siyosati bo‘yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug’ullanadi. Yana boshqalari axborot yig’ish, muhim valyuta - kredit va moliya muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy - tadqiqot ishlarini amalga oshiradi. Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy institutlari deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib borayotganligidir (quyidagi rasmga qarang). Bu institutlarning asosiy maqsadi - xalqaro va mahalliy ijtimoiy - iqtisodiy doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama - qarshiliklarni bartaraf etish, yumshatish hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgandir. Dunyoda global ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro moliyaviy institutlar tarkibiga, BMTning hayrxoxligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog’liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi. BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi - iqtisodiy kengash - Evropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg’armalar bu tashkilotlarni to‘ldirib turadi. «Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda tuzilgan Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik Evropa to‘lov ittifoqining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan (1950 - 1958 yillar), 1960 yilda esa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR15, Parij) almashtirilgan. Hozirda bu tashkilot o‘z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga - tashkilotga a’zo mamlakatarda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish, moliyaviy barqarorlikka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion qarama - qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish kabilar kiradi IXRT ramkasida 100 ga yaqin qo‘mita faoliyat kursatadi. Ularning tarkibiga Noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash gruppasi (FATF) ham kiradi. Bu tashkilot 1989 yilda tashkil etilgan va IXRTga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikda noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi. IXRTning maqsadi - erkin savdoga, yosh davlatlarning rivojlanishiga, a’zo mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga ko‘maklashashishdir. IXRT - o‘ziga xos klub bo‘lib, yiliga 2 marta sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashish va iqtisodiy siyosatni muvofiklashtirish, valyuta - kredit va moliya siyosatni samaradorligini oshirish, ilmiy - tadqiqot ishlarini tashkil etish, jahon iqtisodiyotining ekonometrik andozalari asosida halqaro qiyoslash va bashoratlarni ishlab chiqish borasida yig’ilib turadi. Kreditor mamlakatlarning Parij klubi - rivojlangan mamlakatlarning norasmiy tashkilotidir. Bu erda mamlakatlarning davlat qarzlari bo‘yicha to‘lov muddatlarini boshqarish muammolari muhokama kilinadi. Bir tomonlama moratoriyadan qochish maqsadida (to‘lovni uzaytirish) kreditorlar tashqi qarzlarni qayta ko‘rib chiqish shartlari xaqida qarzdorlar bilan «yuzma - yuz» bitimlar olib boradi. Klub faoliyati 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Argentina kreditorlari Parijga qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to‘g’ri keladi. Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik moliyaviy institutlardan kuzatuvchilar ishtirok etishadi va ko‘pincha tashqi qarzlarning joriy yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan qismi ko‘rib chiqiladi. Xususiy bank - kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 yildan faoliyatini boshlagan bo‘lib, qarzdor mamlakatlarning xususiy tashqi qarzlarini tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi. 1970 - yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy - iqtisodiy muammolar dastlab “ettilik”, keyinchalik Rossiiya Federtsiyasi qo‘shilgandan so‘ng “sakkizlik”, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo‘shilgandan keyin “o‘nlik” davlat va hukumat rahbarlari darajasida hal etilishi yo‘lga qo‘yildi. “O‘nlik” mamlakatlar rahbarlari yig’ilishida asosiy e’tibor xalqaro valyuta - kredit masalalariga qaratiladi va “har kim o‘zi uchun”, ya’ni markazga intilish tendentsiyalariga qarama - qarshi bo‘lgan halqaro hamkorlik va liberalizm tamoyillari asosida ish ko‘rishga intiladi. Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob - kitoblar (HHKB, 1930 yil) bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan. Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon valyuta tizimining amal qilish tamoyillarini ishlab chiqish, halqaro valyuta - kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug’ullansada, ularni tashkil etilishining tub sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy mustaqillikni joriy etish, ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolarni minatqa va xalqaro darajada echish masalalariga qaratilgan. Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga quyidagi omillarni keltirish mumkin. Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasida kuchlarni umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuritish. Davlatlararo valyuta va moliya - kredit siyosatini tartibga solish yuzasidan xalqaro andozalarni yaratish va amaliyotga joriy etish. Hamkorlikda jahon valyuta va moliya - kredit siyosati yuzasidan strategik taktikani ishlab chiqish. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling