Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Xalqaro valyuta jamg’armasi
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
10.2.Xalqaro valyuta jamg’armasi
Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) jamg’armaga a’zo mamlakatlarning valyuta - kredit munosabatlarini tartibga solish va ularning to‘lov balansi defitsetini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o‘rta va uzoq muddatga kredit berish bilan shug’ullanadi. Jamg’arma BMTning rasmiy ixtisoslashgan muassasi statusiga ega. U dunyo valyutasining institutsional asosi sifatida faoliyat yuritadi. XVJ BMTning 1944 yil 1 - 22 iyulda AQShning Bretton - Vudse shahrida o‘tkazilgan xalqaro valyuta - moliya munosabatlariga bag’ishlangan konferentsiyasida ta’sis etilgan. Konferentsiya XVJning Kelishuv moddalarini qabul qildi. Ushbu hujjat 1945 yil 27 dekabrdan kuchga kirdi. Jamg’arma o‘z faoliyatini 39 a’zo - mamlakat bilan 1946 yil mayda boshladi, valyuta opertsiyalari faoliyati bo‘yicha operatsiyalari 1947 yil 1 martdan kuchga kirdi. Sobiq ittifoq Bretton - Vudse konferentsiyasida ishtirok etdi, biroq Janub va G’arb o‘rtasidagi “sovuq urush” tufayli jamg’arma kelishuvlarini ratifikatsiya qilmadi. XVJga a’zo mamlakatlar soni 2004 yilda 184 taga etdi. Jamg’armaning bosh ofisi Vashingtonda joylashgan, shu bilan birga Bryussel, Parij, Jeneva va Tokioda ofislari, Nyu Yorkda BMT huzurida vakolatxonasi mavjud. XVJning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: “valyuta - moliya doirasida xalqaro hamkorlikni rag’batlantirish”; a’zo - mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, bandlilikning yuqori darajasini ta’minlash va aholining real daromadini oshirish maqsadida “xalqaro savdoni kengaytirish va uning muvozanatligini ta’minlashga yordam berish”; “valyutaning barqarorligini ta’minlash, a’zo - mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlari bilan bog’liq masalalarni hal etish” va raqobatbardosh muhitni ta’minlash maqsadida milliy valyutaning barqarorligini tushib ketishining oldini olish; a’zo - mamlakatlar to‘lov balansidagi salbiy qoldiqni bartaraf etish maqsadida kreditlar berish; a’zo - mamlaktlar o‘rtasida hisob - kitoblarni tashkil etishga yordam berish, shuningdek valyuta cheklovlariga barham berish. XVJning maxsus hisob - kitob valyutasi hisoblangan SDR (Spetsialnix prav zaimstvovaniya, Maxsus ayirboshlash huquqi)ning rasmiy kursi SDR savatchasiga kirtilgan valyutalar asosida aniqlanadi. 10.3.Jahon banki Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning bo‘limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) va Investitsion munozaralarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markazi (IMXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o‘z tarkibiga oladi. JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o‘tish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya oqimlarini rag’batlantirish bilan shug’ullanadi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan birgalikda Bretton - Vudseda 1944 yil 1 - 22 iyulda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyada tashkil topgan bo‘lib, faoliyatini 1946 yil iyuldan boshlagan. XTTBning resurslari ikkita manba: birinchisi, aktsiyadorlarning kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan; ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida aktsiyalarni joylashtirish orqali (95 foizga yaqini) shakllantiriladi. Tashkiliy jihatdan XTTB aktsiyadorlik jamiyati tamoyili asosida tashkil etilgan. XTTBda aktsiyadorlarni ovoz berish soni ularning ustav kapitalidagi ulushi doirasida aniqlanadi. XTTBda asosiy ovoz berish huquqi AQShga (16,8%) tegishli, bu AQShga bankda qabul qilinayotgan qarorlarga veto qo‘yish huquqini ta’minlaydi, qarorlarni qabul qilinishi uchun umumiy aktsiyadorlarning 85 foizi ovoz berishi lozim bo‘ladi. Ovozlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Yaponiya (8%) turadi, shuningdek Germaniya (4,6%), Buyuk Britaniya va Frantsiya (4,4% dan) mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega. XTTBning boshqaruv organi Boshqaruv kengashi va Direktor (ijrochi organ)dan iborat bo‘lib, Boshqaruv kengashi tarkibi unga a’zo mamlakatlar moliya vaziri yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. Boshqaruv kengashi har yili bir marta yig’ilib tegishli qarorlarni Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan kelishgan holda qabul qiladi. Bank siyosiy o‘yinlardan holi emas, u tashkil topgandan buyon amerika fuqarosi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarib kelinmoqda. XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a’zo bo‘lgan bo‘lsa, 2004 yil iyun oyida ularning soni 184 taga etgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion loyihalarni kreditlashga qaratilgan. XTTBning 1950 - 60 yillarga qadar asosiy maqsadi a’zo - mamlakatlarning xalq xo‘jaligini tiklashga qaratilgan bo‘lib, 1960 yillardan so‘ng ijtimoiy loyihalarni kreditlash masalasi birinchi darajaga ko‘tarildi. Buning asosiy sababi ko‘pchilik mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sura’tlari barqaror ko‘rsatikichga ega bo‘lsada, boy va kambag’allar o‘rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud bo‘lib, bu esa o‘z navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lar edi. Shu bois, XTTB o‘z kreditining asosiy qismini aynan shu muammolarni hal qilishga yo‘naltira boshladi. XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda takomillashtirib o‘zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 1990 yillardan keyin yuz bergan moliyaviy - iqtisodiy inqirozlarni bo‘lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid ostiga olindi. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, XTTB va XRA boshqaruv tartibi bir xil va ular bitta bank prezidenti tomonidan boshqariladi. XTTBning moliyaviy resurslari muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo‘lsa, XRAning resurs manbasi a’zo - mamlakatlarning badallari va XTTBning foydasi hisoblanadi. XRA 20, 25 va 40 yil muddatga, 10 yillik imtiyoz davri bilan kreditlar beradi. Berilgan kreditlar bo‘yicha foizlar hisoblanmaydi, biroq juda yuqori bo‘lmagan 0,75 foiz miqdorida komission to‘lovlar undiriladi. Aholi jon boshiga to‘g’ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam bo‘lgan mamlakatlar XRAning kreditiga da’vogarlik qilishi mumkin. Dunyo bo‘yicha bunday mamlakatlar soni taxminan 81 tani (2008 yil) tashkil etib, ushbu mamlakatlarda 2,5 mlrddan ortiq aholi yashaydi. XRAning kreditlari asosan ta’lim, sog’liqni saqlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirladi. Unga XTTBga a’zo - mamlakatlar kirishga haqli bo‘lib, lekin ko‘pchilik mamlakatlar bu imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning uchun XTTBga a’zo bo‘lgan 184 ta mamlakatdan faqat 164 tasi uning a’zosi hisoblandi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 tashkil etilgan. U XTTB va XRAga nisbatan boshqa strategik siyosatni amalga oshiradi. XMK asosan xususiy sohani kreditlash bilan shug’ullanib, uning kreditlari bo‘yicha XTTB va XRAdan farqli o‘laroq, davlat kafolati talab etilmaydi. XMK berayotgan kreditlar asosan loyiha summasining 25 foizidan ortmaydi. Kreditlarning muddati asosan 7 - 8 yil va eng yuqorisi 15 yilgacha berilishi mumkin. XMKning moliyaviy resurslari xalqaro moliya bozorlaridan qimmatli qog’ozlarni joylashtirish asosida shakllantiriladi. , Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi (IXKA) rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g’ridan - to‘g’ri investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. IXKA a’zo - mamlakatlarga kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklardan, ya’ni investitsiya mulklarini eksproportsiya qilish, siyosiy kataklizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish, hukumat qarori natijasida kontrakt shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini kafolatlaydi. Odatda investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo‘yicha muammolar vujudga kelganda ularning 90 foizi IXKA tomonidan qoplab beriladi. IXKA o‘zining kafolatlash faoliyatini milliy sug’urta kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etadi. Investitsion munozaralarni tartibga solish bo‘yicha xalqaro markazi (IMXM) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, investitsion nizolarni arbitraj yordamida, xalqaro huquq mexanizmlari asosida tartibga solish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadi. Shu bois ham ko‘plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar shartida IXKAning arbitraj yordamida hal etishga havola qilinadi. Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling