11-mavzu.O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi, boshka kredit muassasalari va bank tizimini isloh qilish strategiyasi
Reja:
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining tarkibi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish bosqichlari.
Nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi va uning asosiy yo‘nalishlari.
11.1.O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining tarkibi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish dasturiga mos keladi. O‘tgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; B. ning soni va ular ko‘rsatadigan xizmat turlari ko‘paydi.
1995 — 96 y. larda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O‘zRning “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (1995 y. 21 dek.) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini to‘ldiribgina qolmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. O‘zRning “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” 1996 yil 25 apr. dagi yangi Qonuni esa tijorat Banklar faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Shuningdek, 2019 yilda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning (2019 yil 5-noyabr. O‘RQ-580-son) hamda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning (2019 yil 11-noyabr. O‘RQ-582-son) yangi tahrirda qabul qilinishi respublika hududida bank tizimini optimal boshqarish va rivojlanish tendensiyasining yangi bosqichini yangi darajaga ko‘tarish uchun asos bo‘ldi.
Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan Banklar, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy Banklar tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan Banklarni tuzish yo‘li bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan Banklarning tashkil etilishi bozorga yo‘naltirilgan bank tizimini yaratish yo‘lidagi zaruriy va tabiiy bosqich bo‘ldi.
Bugungi kunda Respublika hududida 32 ta tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritib kelmoqda16:
Do'stlaringiz bilan baham: |