Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Tijorat banklari passiv operatsiyalarining balansda joylashishi


Download 309.98 Kb.
bet55/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

13.3.Tijorat banklari passiv operatsiyalarining balansda joylashishi.

Bank passivlari balansda quyidagi ko‘rinishda joylashadi





Ko‘rsatkichlar




Majburiyatlar

1

Talab qilib olinguncha depozitlar

2

Jamg‘arma depozitlar

3

Muddatli depozitlar

4

Depozit sertifikatlari

5

Hukumat hisobvaraqlari

6

Hamma depozitlar

7

MBga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar

8

Hukumatga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar

9

Boshqa banklarga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar

10

REPO va boshqa qarz mablag‘lari

11

Soliq majburiyatlari

12

Boshqa majburiyatlar

13

CHiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlar

14

Hamma majburiyatlar

15

Oddiy aksiyalar

16

Imtiyozli aksiyalar

17

Kapital zaxiralar

18

Qayta baholash zahiralari

19

Taqsimlanmagan foyda




Jami o‘z mablag‘lari






Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.


Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi.
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi.
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subektlari singari o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni rusurslariga ega bo‘lishlari lozim.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi.Bank resurslarini ikki kata guruhga bo‘lish mumkin.
Bular:

  • banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablaqlardir.Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi- bu jalb qilingan depozitlar ,

  • boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurslardir.Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi,ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi.

Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil qiladi.Bank boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining etarli darajasi miqdorini ko‘rsatishi lozim.
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining banka sari oqimini ta’minlaydi.Undan tashqarii bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi,kreditlar berish salohiyati to‘lovlar amalga oshiriladi,banklarning daromadlari vujudga keltirilad. Bank resurslari tarkibida bankning o‘z resurslari alohida o‘rin tutadi. O‘z resurslari ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Bank o‘z mablag‘i va o‘z kapitali tushunchalari farq qiladi. «O‘z mablag‘i» tushunchasi keng ma’noli, u ыz ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni ya’ni bankning ustav, rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini oladi.
Bankning o‘z kapitali - bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag‘laridan farqli o‘laroq, bevosita bankning o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o‘z kapitali aylanma mablag‘larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortig‘ foizni tashkil qiladi.


Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling