Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqilligi


Download 309.98 Kb.
bet13/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

4.3.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqilligi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqilligi qonunchilikda o‘z ifodasini topgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 124-moddasida O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan.7 Ya’ni davlatning asosiy qonunida Respublika hudududa bank tizimi Markaziy bank tomonidann boshqarilishi belgilangan va ushbu tartib boshqa qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunida (O‘RQ-582-son) Markaziy bankning tashkiliy shakli, boshqaruvi va o‘z faoliyati doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqilligi belgilangan.
Mazkur qonunning 3-moddasida8 Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, u davlatning mutlaq mulkidir va o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiririshi belgilangan bo‘lib, bu uning moliyaviy jihatdan mustaqilligini belgilangan.
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida qarorlar qabul qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqilligi belgilangan.
Qonunning 3-moddasida “Markaziy bank davlatning majburiyatlari yuzasidan, davlat esa Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, agar ularning o‘zi bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa yoki qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi”, deb ko‘rsatilgan bo‘lib, bu Markaziy bankning asosiy maqsadlarini amalga oshirishda eng optimal qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Chunki Markaziy bank inflyatsion targetlash jarayonida yoki narxlar barqarorligini nazorat qilish jarayonida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari oldida majburiyat mavjud bo‘lmasligi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quidagi faoliyat turlari bilan shugu’llanish taqiqlangan:
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga (bundan o‘z tasarrufidagi tashkilotlar mustasno);
tijorat faoliyatini amalga oshirishga;
uchinchi shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berishga;
banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas (bundan valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta’minlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno).
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, boshqa davlat organlariga va tashkilotlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining taqchilligini moliyalashtirish uchun kreditlar yoki moliyaviy yordam bermaydi.
Markaziy bank o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi va faqatgina Davlatning Oliy organi Oliy Majlisining Senatiga hisobdor sanaladi.
Markaziy bank boshqaruvi tom ma’noda “kollegial” tarzda tayinlanadi. Markaziy bank boshqaruvi to‘qqiz nafar kishidan iborat bo‘ladi. Markaziy bank raisi Markaziy bank boshqaruvining raisi bo‘ladi. Markaziy bank boshqaruvining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga Markaziy bank raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil a’zosi kiradi.
Markaziy bank boshqaruvining mustaqil a’zolari Markaziy bank raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bank mustaqilligi uning boshqaruv Raisini ishdan chetlatish tartibida ham o‘z aksini topishi ya’ni lavozimdan ozod qilish vakolati kimlarga va qanday tartibda berilganligiga ham bog’liq. Qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisini lavozimidan ozod qilishning aniq holatlari keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasida Markaziy bank raisini egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi uchun mumkin bo‘lgan asoslar keltirilgan.
Jumladan:
vakolat muddati tugaganda;
egallab turgan lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida sabablari ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra;
o‘ziga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z xizmat vazifalarini bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda;
egallab turgan lavozimiga munosib bo‘lmagan xatti-harakatlar sodir etganda, shu jumladan ushbu Qonunni qo‘pol ravishda buzganda va Markaziy bank manfaatlariga jiddiy zarar etkazganda.


Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling