Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi omillar


Download 309.98 Kb.
bet12/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

4.2.Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi omillar.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklari mustaqilligining ob’ektiv omillariga baho berishda quyidagi mezonlarni kiritish mumkin:
Markaziy bank kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki;
bank rahbarlarini tayinlash(saylash)dagi tartib va ularning faoliyat ko‘rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli;
Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda yoritilish darajasi;
Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘rnatilgan qonun bilan to‘xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo‘nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi;
mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini to‘g’ri va egri moliyalashtirishini tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning shakllari.
Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda davlatning ishtiroki omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini ko‘rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol oynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali to‘g’ridan-to‘g’ri davlatga tegishli bo‘lmasa ham, qonunchilikda ma’lum sharh (izoh) mavjud bo‘ladi. Agar mavjud bo‘lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi.
Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu bank xuddi hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda (Markaziy bankning 50 foiz kapitali Federatsiyaga, qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qqsha olish huquqiga egadirlar.
Pay (ulush) meros (vorislik) orqali qtishi yoki Moliya Vazirligi ruxsati bilan sotilishi mumkin. Shu orqali davlat bilvosita nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, Markaziy bankning funktsiya va vazifalari qonunda ko‘rsatilgan. Shu sababli ulush egalari yig’ilishi chegaralangan masalalarnigina echa oladi. Albatta, bu masalalar bankning iqtisodiy siyosati bilan to‘g’ridan-to‘g’ri bog’liq bo‘lmaydi.
Shunday qilib, mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning ishtiroki - ko‘proq Markaziy bank salohiyatiga va an’analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida AQShning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ko‘rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. Shunday bo‘lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a’zo-banklarning to‘liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo‘lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir.
Bu omilning tahlilidan kqrinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining tarkibidan qat’iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi.
Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o‘rtasidagi farq faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim tavsiya etishida namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda (Yaponiya, AQSh, Avstriya) bank rahbariyatiga xukumat tavsiya etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a’zolarini qonun boyicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko‘pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Daniya, Avstriya, Shveytsariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a’zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bqshatib bo‘lmaydi. Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo‘lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya).
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini ko‘rsatuvchi uchinchi omil, uning qonunda ko‘rsatilgan faoliyati darajasi va maqsadlari hisoblanadi. Bu omil bir tomondan, Markaziy bank faoliyatini erkinligiga chegara qqysa, boshqa tomondan, uning qonunda ko‘rsatilgan vakolatlarini aniqlaydi.
Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSh, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta’rifi qonunda qayd etilmagan yoki umumiy holda ko‘rsatilgan, xolos. Shunday bo‘lsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq bo‘lgan markaziy banklar bordir.
Shunday qilib, bu omilning ta’sirini faqat Markaziy bankning tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina kqrish mumkin. Markaziy bankning vazifa va maqsadlari qonunda aniqlanish omili shu sababli ikkinchi darajali rol qynaydi.
Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillardan biri, uning pul-kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun boyicha qanchalik darajada qrnatil-ganligidadir. Bu omil birinchi galda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy (aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo‘shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini belgilovchi asosiy ob’ektiv omillarga:
bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;
pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;
xukumatni Markaziy bank tomonidan kreditlash chegaralanganligining mavjudligi va qat’iyligini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi darajasini belgilashda hal qiluvchi rol oynamaydi va ular ikkilamchi omillar bo‘lib hisoblanadilar.
Yuqorida qayd etilganlar asosida xulosa qilish mumkinki, rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari o‘zlarini mustaqil ta’sir o‘tkaza oladigan institut sifatida ko‘rsatishlari zarur. Bu bir tomondan, ularga qonun asosida ruxsat etilgan vositalar yordamida iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshirish huquqini beradi, boshqa tomondan esa, Milliy bank va pul tizimi manfaatlarining ximoyachisi sifatida maydonga chiqadi.
Shu munosabat bilan Markaziy bankning iqtisodiyotni tartibga solish jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi mavqeini, shuningdek, mamlakat xukumati bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, uning pul-kredit tizimi va xukumat organlari o‘rtasida oddiy vositachi emasligini, balki ma’lumot, tadqiqot, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi markaz ekanligini alohida ta’kidlashni istardik.
Biroq, mamlakat pul-kredit sohasidagi Markaziy bankning mustaqillik darajasi masalasi hanuzgacha munozarali bo‘lib qolmoqda. Milliy pul birligi qadrini oshirish bilan bog’liq chora-tadbirlar faqatgina pul-kredit sohasiga tegishli emas, balki u yaxlit butun iqtisodiyotga ta’sir qtkazadi, bu esa har qanday darajadagi iqtisodiy siyosat bilan kelishishni va davlatning barqarorlashtirish dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi. Bundan tashqari, Markaziy bankning mustaqillik darajasi ko‘pgina makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling