Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
-mavzu. Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
5-mavzu. Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Reja: Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning funksiyalari. Tijorat banklarining turlari. Tijorat banklarining tashkiliy va funksional tuzilishi. 5.1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari va ularning funksiyalari. Ba’zi adabiyotlarda «bank-bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi. Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki «korxona» emas, balki «maxsus korxona» deb qarash zarur. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi. Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadilar. Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‘lib depozit va qo‘yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo‘yilmalar jalb qilingan qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi. Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini jalb qilish uchun, qarz hajmiga qarab ma’lum summani foizlar shaklida to‘lash kerak. Bo‘lmasa mablag‘ qo‘yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni boshqa shakllariga o‘tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag‘ qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga to‘lanadigan foizlar) ko‘proq qiziqtiradi. Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz shaklida to‘lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor munosabatlari sub’ektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank bu holda barcha mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. Bu ikkita foiz stavkalari o‘rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda u “marja” nomi bilan yuritiladi. SHunday qilib, marja - bu jalb qilinuvchi va joylashtirila- digan qarz va ssuda foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir. Banklar mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish yo‘li bilan barcha pul mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning sub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud: -birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni boshqa sub’ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar. -ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul mablag‘larini hisob varaqlariga qo‘yish va jamg‘arma o‘tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat’iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladilar. Qat’iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‘rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki banklar o‘z kreditorlari oldida olgan majburiyatlarini to‘liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o‘z aktivlari va passivlarining qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq risklarni o‘z aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-580-son), O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-582-son) va boshqa qonun, me’yoriy hujjatlardan iborat. YUqorida keltirilgan qonun hujjatlarida Respublika hududida bank tizimining davlat tomonidan nazorat qilinishi, boshqarilishi, bank tushunchalariga va ularning operatsiyalariga ta’riflar keltirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 124-moddasida O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan.9 O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida bank tizimiga oid quyidagi asosiy tushunchalarga ta’riflar berilgan: bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs; banklar guruhi — moliya institutlarining yuridik shaxs bo‘lmagan birlashmasi bo‘lib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi; bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi; bankning barqaror moliyaviy holati — bankning moliyaviy oqimlar mutanosibligini, to‘lov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun mablag‘larning etarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati; bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — bankning aksiyalariga o‘zi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) shaxs; muhim ahamiyatga ega xodimlar — bankning boshqaruv a’zolari bo‘lmagan, lavozimi bank faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradigan xodimlari; mo‘ljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror; oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs bo‘lgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs; prudensial nazorat — bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat; regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali; tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank; chet el banki — chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, uning qonun hujjatlariga muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs; hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish.10 O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar ochish, faoliyat yuritish va tugatishga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini nazorat qiluvchi Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Majlis palatarlari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari, Farmonlari va boshqa qonun va qonun osti hujjatlari bank sohasiga doir bo‘lgan huquqiy va me’yoriy hujjatlar tarkibiga kiritish mumkin. Bundan tashqari Respublika bank tizimini boshqarish va nazorat qilish maqsadida Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha jismoniy va yuridik shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir. Tijorat banklari aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda Markaziy bankda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiradi. Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish taqiqlanadi. Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga olib qo‘yiladi. Tijorat banklarini litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat: Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling