Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Kreditor – kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funksiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi.
Kreditor – kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi. Kreditor bo‘sh turgan mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar hisoblanadi. Bunday subyektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beriladigan pul mablag’larini o‘z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar evaziga shakllantiradi. Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag’larni kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali real sektorning zarur bo‘lgan bo‘g’inlariga joylashtiradi. Bu jarayon vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag’lardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Kredit oluvchi – kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etuvchi shaxs. Kredit oluvchi sifatida aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar qatnashishi mumkin. Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy foydani aniq foiz ko‘rinishida undirsa, qarz oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash, shuningdek
ishlab chiqarishni kengaytirish orqali ko‘zlagan iqtisodiy foydasiga erishadi. Kreditning mohiyati uning funksiyalarida yanayam aniqroq namoyon bo‘ladi. Kreditning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha usulda va miqdorda keltirilgan. Ayrim adabiyotlarda kreditning funksiyalari ikkita deyilsa, boshqalarida beshta funksiyadan iborat deyilgan. Iqtisodchi olimlarning fikrlariga tayangan holda quyida kreditning funksiyalari keltirilgan: qayta taqsimlash funksiyasi; muomala jarayonini tezlashtirish; pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish; pul kapitalini jamg’arish va markazlashuvini jadallashtirish; Kreditning funksiyalari ichida qayta taqsimlash funksiyasi asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali ssuda kapitali iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida, qaytarish sharti asosida joylashtiriladi. Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funksiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Kapital to`planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to`planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo`jalik yurituvchi subyektning o`z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta hajmdagi mablag`ga ega bo`lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag`lar bilan ta`minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag`lar bilan ta`minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi. Muomalaga to`lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to`lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashqi bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o`rin tutadi. Kreditning asosiy tamoyillari: Kredit munosabatlari ma`lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega: Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling