Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Tijorat banklarining aktiv-passiv operatsiyalari


Download 309.98 Kb.
bet19/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

6.2.Tijorat banklarining aktiv-passiv operatsiyalari.
Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo`ladi. Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biron bir boshqa resurs bilan birgalikda bevosita yoki bilvosita pul oqimini taminlashi zarur. Bank aktivlari, bankning aktiv amalyoti natijasida shakllanadi, ya`ni bank balansini likvid xolda ushlab turib, o`z va jalb qilgan mablag`larini foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini taminlaydi. Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadning asosiy qismini oladi.
“Aktiv” so‘zi lotincha “activus” so‘zidan olingan bo‘lib “faol, ta’sirchan, ishchan” ma’nosini bildiradi.
Bankaktivlari-bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd pul mablag’lar, qarzga berilgan mablag’lar, binolar va asbob- uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari bankda nomoddiy aktivlar ham mavjudbo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadilar. Bank aktivlari tarkibining to‘g’ribelgilab olinishi va ulardan maqsadli foydalanishi banklarning samarali faoliyat olib borishiga asos hisoblanadi. Tijoratbanklari faoliyatida uningaktivlari va ular bilan bog’liq aktiv operatsiyalarining risklik darajasini aniqlash bu jarayonni boshqarib borish muhim o‘rin tutadi. Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog’I tushuniladi.
Tijoratbanklariaktivlariniasosanto‘rtkategoriyaga bo‘libo‘rganish mumkin:
-kassadagi pulmablag’larivaulargatenglashtirilgan mablag’lar;
-investitsiya vaqimmatli qog’ozlar;
-ssudalar;
-binolarvaasbob-uskunalar.
Bank aktivlarining eng asosiy qismini:
-ssudalar, yani bank kreditlari tashkil qiladi -19.9 %dan to 82.3%gacha;
-ikkinchi o`rinda investitsiya va qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan operatsiyalar tashkil qiladi -2.1 foizdan 23.9 foizgacha;
-Uchinchi o`rinda kassadagi naqd pullar- 0.2 foizddan 12.9 foizgacha;
-boshqa turdagi aktivlar, yani asosiy fondlarga qo`yilmalardan tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha 0.2 foizdan to 7.8 foizgachani tashkil qiladi.
Kassadagi pul mablag’lari – bankning kassasidagi saqlanayotgan va bank kunlik hisob raqamlar bo‘yicha naqd pul berishga,pulni maydalab berishga,naqd pul shaklida kreditla rberishga,bank xarajati uchun haq to‘lashga,xizmatchilargaish haqi berishga va boshqa xarajatlarga ishlatish uchun zarur bo‘lgan qog’oz pullar va tangalar hisoblanadi. Shuning uchun ham bank mijozning talabini qondirish uchun beriladigan qog’oz pullarga va tangalarga ega bo‘lishi kerak. Ushbu kassadagi naqd pullarning qoldig’iga bir nechta omillar ta’sir qiladi,
Jumladan: mavsumiylik, bankning hududiy joylashishi va boshqalar. Odatda jahon amaliyotida bank aktivlarning naqd pul bo‘limiga, kassadagi naqd pullar, majburiy zahiralar fondiga ajratmalar, vakillik banklarga joylashtirilgan depozitlar hamda inkassatsiya qilinayotgan naqd pullar qo‘shiladi, chunki bumablag’lar birinchi talab qilinganda naqd pulga aylanadi. Shuning uchun ham bu mablag’larni bankda “birinchimudofaa chizig’i” deb atashadi, chunki mijoz tasodifan o‘z depozitini yoki kredit so‘rab kelganda aynan shu mablag’lardan foydalaniladi.
Bizning fikrimizcha, tijorat banklarining kassali aktivlariga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a) Kassali aktivlarning likvidlilik darajasi nisbatan juda yuqori bo‘lganligi sababli ularning daromadlilik darajasi sezilarli darajada pastdir.
Tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullar xalqaro bank amaliyotida daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, tijorat banklarining Markaziy bankdagi «Nostro» vaqillik hisobvaraqlarining qoldiqlari ham daromad keltirmaydi, chunki dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida markaziy banklar mazkur hisobvaraqlarining qoldiqlariga foiz to‘lamaydi.
Tijorat banklarining kassali aktivlarining tarkibida ularning boshqa banklardagi
«Nostro» vaqillik hisobvaraqlarining qoldiqlari bank uchun sezilarli harajatni yuzaga keltiradi, chunki boshqa banklar «Nostro» vaqillik hisobvaraqlarini yuritganligi uchun komission to‘lov oladilar. Inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’lariga kelsaq, ularning daromadlilik darajasi juda past bo‘lib, bu holat undiriladigan komission to‘lov stavkasining past ekanligi bilan izohlanadi.
b) Kassali aktivlar moliya bozorlari rivojlanmagan mamlakatlarda tijorat banklari balansining likvidliligini ta’minlash imkonini beradigan yagona aktivlar guruhi hisoblanadi.
Rivojlanag’tgan mamlakatlarning ko‘pchiligida moliya bozorlari zaif rivojlangan bo‘lib, bu holat tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanmaganligi tijorat banklari aktivlarining bir qismini yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar hisobidan shakllantirish imkonini bermaydi.
v) Kassali aktivlar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga, moliya bozorlarining segmentlaridagi o‘zgarishlarga nisbatan sezilarli darajada ta’sirchan bo‘lgan aktivlar hisoblanadi.
Tijorat banklari aktivlarining likvidlilik darajasiga ko‘ra ikkinchi guruhini ularning qimmatli qog’ozlarga qilgan investitsiyalari egallaydi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning bank amaliyotida hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablari, fikrimizcha, quyidagilardan iboratdir:
a) Hukumatning qimmatli qog’ozlari yuqori likvidlilik xususiyatiga ega. Chunki ularga nisbatan qimmatli qog’ozlar bozorida doimiy harakterga ega bo‘lgan barqaror talab mavjud. Bu esa, hukumatning qimmatli qog’ozlari hisobidan tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash imkonini beradi.
b) Hukumatning qimmatli qog’ozlari qat’iy belgilangan foizda bankka daromad keltiradi. Demak, ular bankning foizli daromadlari hajmini oshirish imkonini beradi, bu esa, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning zaruriy shartidir.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, rivojlangan xorijiy davlatlarda tijorat banklari qimmatli qog’ozlar portfelida veksellar bilan bog’liq aktivlar yuqori salmoqni egallaydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, tijorat veksellari indossament orqali bir sub’ektdan ikkinchi sub’ektga uzatilish xususiyatiga ega. Bu esa, ularni to‘lov vositasi sifatidagi rolini oshishiga olib keladi. Ikkinchidan, tijorat banklari vekselni o‘zlarida diskont stavkasi bo‘yicha hisobga olish yo‘li bilan real daromad oladilar. Bundan tashqari, tijorat banklari hisobga olingan veksellarni Markaziy bankka qayta hisobga oldirish yo‘li bilan Markaziy bank kreditlarini olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Hissali ishtirok shaklidagi bank investitsiyalari Germaniya va Yaponiya tijorat banklari amaliyotida keng rivojlangan. Ushbu mamlakatlarning tijorat banklari mijozlarining ustav kapitalida ishtirok etish yo‘li bilan ular faoliyatini boshqarish jarayonlariga ta’sir etishni o‘z faoliyatlarining ustivor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydilar. Ayni vaqtda, shuni e’tirof etish lozimki, investitsiyalar ichida risk darajasi eng yuqori bo‘lgan investitsiya shakli hissali ishtirok shaklidagi investitsiya hisoblanadi. Chunki oddiy aktsiyalarga dividend sof foyda hisobidan to‘lanadi. Sof foyda esa barcha harajatlar moliyalashtilgandan so‘ng hosil bo‘ladi.
Demak, rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklarida qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning asosiy qismi hukumatning va korporatsiyalarning tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalariga to‘g’ri keladi. O‘zbekiston Respublikasida esa buning teskarisidir.
Qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarni daromadlilik darajasiga ko‘ra ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin:

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling