Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


litsenziya berish haqidagi


Download 309.98 Kb.
bet27/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

litsenziya berish haqidagi ariza;

  • mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;

  • mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;

  • mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati. Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi:

    o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari; investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar; banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi. Jumladan:

      • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

      • mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini hamda moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarini belgilaydi;

      • mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;

      • mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

      • mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;

      • mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi.

    Download 309.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling