Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va moliyaviy iste’mol


Download 309.98 Kb.
bet29/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va moliyaviy iste’mol krediti;

  • jismoniy shaxslarning solidar (umumiy javobgarlik) guruhi uchun mikroqarz;

  • yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun mikrokredit.

    Mikrokredit tashkilotlarining mikromoliyaviy xizmatlaridan foydalanish uchun quyidagilar zarur bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini, tadbirkorlik faoliyatini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari mavjud bo‘lishi hamda olinadigan qarz summasining ta’minoti likvidlik darajasiga qarab, qarz miqdorining 80-120 foizini tashkil qilish kerak. Mikrokreditning ta’minot turi sifatida transport vositalari va zargarlik buyumlari, guruh a’zolari kafilligi hamda sug‘urta tashkilotlari va banklarning kafolati.
    Tadbirkorlik sub’ektlarni moliyalashtirishda mikrokredit tashkilotlarining eng muhim xususiyati guruh kafolati ostida kreditlashdir. Guruhiy kafolat ostida kreditlashning afzalligi kredit guruh a’zolarining javobgarligi asosida garovsiz taqdim etilishi va garov bo‘libguruh kafolati xizmat qilishidir. Guruh tomonidan qilingan bosim kreditni o‘z vaqtida qaytarishga imkon beradi. SHuningdek, kreditni qaytarish uchun guruh a’zolaridan majburiy ajratmalar shakllantirilishi mumkin.
    Mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarning solidar guruhiga qo‘yiladigan talabalar quyidagilardan iborat:

      • guruh a’zolarining soni 3 kishidan kam bo‘lmasligi;

      • guruh a’zolari bir-birini kamida 1 yil mobaynida tanigan hamda mikroqarz yuzasidan kafillik berishga tayyor bo‘lishi;

      • guruh a’zolarining o‘zaro qarindosh bo‘lmasligi;

      • mikroqarzni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatining mavjud bo‘lishi.

    Ta’kidlash joizki, mikrokredit tashkilotlari bilan mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va ishonch, ikki tomonlama manfaatdorlik asosida barpo etiladi. Ikkinchi yoki undan ortiq bosqichlarda ishlagan mijozlar uchun kredit summasining oshirilishi va muddatlarining uzaytirilishi kabi qo‘shimcha imtiyozlar ko‘zda tutiladi.
    Tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokredit tashkilotlari tomonidan faol moliyalashtirish, o‘z navbatida, ularning soni, ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati, ustav kapitali, resurslari, aktivlariga ham bog‘liq bo‘ladi.


    Download 309.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling