Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Download 309.98 Kb.
bet4/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

1.3.Tijorat banklari.
Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya’ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari - bo‘sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta’minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
Bozor munosabatlariga utish bilan iqtisodiyotga kup ukladlik shakllanishi tijorat banklarini tashkil etishga turtki buldi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan birinchi navbatda bank ishini tashkil etish mazmuni o‘zgartirishga kirishildi. Ko‘p tomli instruksiyalar o‘rniga bank ishlarini yuritish metodik ko‘rsatmalari tayyorlandi, kreditlashni kredit shartnomasi asosida amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Tijorat banklari xo‘jalik tashkiloti kabi korxonaning alohida shakli hisoblanadi. Mutsaqil ravishda xo‘jalik faoliyati yuritib o‘zlarining konkret natijalaridan hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan manfaatdordir.
Jamiyatning ijtimoiy bazasini ifoda etib, tijorat banklari iqtisodiyotni boshkarishda tizim sifatida katnashib, Markaziy bankning pul, kredit va foizlar soxasidagi siyosatini tadbik etuvchi sifatida faoliyat kursatadi.
Tijorat banklarini rivojlanishi tor ma’noda bo‘lsa xam ijtimoiy maxsulotning jami summasiga teng bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan fikirlarimizni tahlil etadigan bo‘lsak, tijorat banklarining moxiyatini ularning milliy iqtisodiyotda bajaradigan roli va funksiyalari ochib beradi.
Pul, kredit va iqtisodiy kategoriyalar esa moxiyatini oshishida asos bo‘lib xizmat kiladi. Bu kategoriyalarining harakatida banklar qatnashadi, ya’ni banklar pul muomalasini aniqlaydi, kredit milliy iqtisodiyotni kreditlovchi sifatida, kredit esa foiz siyosatini amalga oshiradi.
Banklar korxonalar sifatida o‘z funksiyasini ko‘pchilik qismi ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va ist’emol bilan.
Bozor munosabatlariga o‘tish bilan tijorat banklari o‘z manfaatlari doirasida bo‘sh pul resurslarini harakatga keltiruvchi infratuzilmasining muhim tarkibiy kismiga aylanadi.
Banklarning ikki pog’onali tizimi paydo bo‘lishi pul muomalasi barqarorligini ta’minlash zaruratining oqibati bo‘ldi, iqtisodiyotning "sog’lomligi" ko‘p jixatdan ana shunga bog’liqedi. Pul aylanishini umumilliy darajada tartibga solish huquqini olgan banklar keyinchalik yoki tula davlat banklariga yoxud davlat bilan mutsaxkam boglik bulgan banklarga aylanadi bu esa ularga davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkonini beradi.
Banklarning bajaradigan operatsiyalariga karab emissiya va tijorat banklariga bulinadi. “Banklarning eng muhim vazifalaridan biri bu “pulni yaratish ”. Pulni yaratish bu pulni “ishlab chitsarish ” bilan cheklanmasdan, buning urniga bank rezervlaridan “tomchilanma” usulida xam pulni kupaytirish mumkin”,- deydi xorijlik olim Stefan D.Simpson. 4
Har kanday mamlakatda emissiya banklari kredit tizimining markazi hisoblanadi, ularga davlat banknotalar chiqarish, emissiya uchun monopoliyalik huquqini beradi. Ular boshka banklarni kreditlaydi va shu ma’noda banklarning banki sanaladi.Bizning mamlakatimizda kredit tizimining markazi, emissiya banki va banklarning bankiO‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi.
Tijorat banklari bank tizimining kuyi bo‘lib, mijozlarga tijorat tomoyillarida kredit, xisob-kitob xizmatlari kursatish yuzasidan bevosita vazifalarini bajaradigan Mutsaqil bank muassasa tarmoklaridan tarkib topgan. Tijorat banklari amalda uz mijozining xo‘jalik faoliyati xizmati bilan boglik kredit, xisob-kitob va moliya operatsiyalarini barcha turlarini bajaradi.


Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling