Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining tarkibi
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
2.3.O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining tarkibi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish dasturiga mos keladi. O‘tgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; B. ning soni va ular ko‘rsatadigan xizmat turlari ko‘paydi. 1995 — 96 y. larda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O‘zRning “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (1995 y. 21 dek.) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini to‘ldiribgina qolmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. O‘zRning “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” 1996 yil 25 apr. dagi yangi Qonuni esa tijorat Banklar faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Shuningdek, 2019 yilda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning (2019 yil 5-noyabr. O‘RQ-580-son) hamda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning (2019 yil 11-noyabr. O‘RQ-582-son) yangi tahrirda qabul qilinishi respublika hududida bank tizimini optimal boshqarish va rivojlanish tendensiyasining yangi bosqichini yangi darajaga ko‘tarish uchun asos bo‘ldi. Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan Banklar, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy Banklar tashkil etadi. Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan Banklarni tuzish yo‘li bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan Banklarning tashkil etilishi bozorga yo‘naltirilgan bank tizimini yaratish yo‘lidagi zaruriy va tabiiy bosqich bo‘ldi. Bugungi kunda Respublika hududida 32 ta tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritib kelmoqda5: 1-jadval. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari.
Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling