Ijtimoiy iqtisodiy fanlar


Taraqqiyot  taqdirini  ma’naviy


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana08.07.2020
Hajmi0.72 Mb.
#123292
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy goya va manaviyat asoslari


Taraqqiyot  taqdirini  ma’naviy 

jihatdan  yetuk  odamlar  hal  qiladi. 

Texnikaviy 

bilim, 

murakkab 

texnologiyani 

egallash 

qobiliyati 

ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil 

tafakkur  bilan  birga  borishi  kerak. 

Aqliy  zakovat  va  ruhiy-ma’naviy 

salohiyat  -  ma’rifatli  insonning  ikki 

qanotidir. 

Islom 

Karimov. 

(“O’zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va 

iqtisodiy 

istiqbolining 

asosiy 

tamoyillari” asaridan) 

Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Farobiy yozganidek, ta’lim-tarbiya 

ishini  boshlashdan  avval  tarbiyalanuvchilarning  shaxsiy  xislatlarini  o’rganish 

lozim.  

 


19 

 

jamiyatshunos  olimlari  faylasuflar,  ta’lim-tarbiya  tizimida  milliy  modelining  asosiy  xususiyatlarini 



tahlil  etayotganda  ko‘proq  uning  milliy  tarbiyadagi  o‘rni  hamda  ahamiyatini  ochib  berishga  harakat 

qilishmoqda.  

Jumladan,  taniqli  faylasuf,  akademik  E.Y.Yusupov  mazkur  modelning  milliy  tarbiyaning 

quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarini ko‘rsatgan edi: 

  milliy tarbiyada, yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirish; 

  yoshlarga milliy meros va qadriyatlarni o‘rgatish; 

  inson omilini shakllantirish; 

  kishilarni halol mehnat qilishga, ishbilarmonlik va tadbirkorlikka o‘rgatish; 

  yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini tarbiyalash

  ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlash.  

Olimning  fikricha,  milliy  tarbiyaning  bu  xususiyatlari  zamonaviy  ta’lim  tizimi  bilan 

uyg‘unlasha  olishi  bilan  bir  qatorda  milliy  an’analarimiz,  qadriyatlarimiz  bilan  bog‘lansagina  ijobiy 

samara beradi.  

Tarbiya  muammolari,  deb  xulosa  qiladi  E.Yusupov,  insoniyat  tarixining  barcha  davrlaridagi 

g‘oyalar, mafkuralar tizimidan ham katta o‘rin olgan. Insonning ongi, e’tiqodi uchun bo‘lgan kurashlar 

ham  yoshlarga  tarbiyaviy  yo‘llar  orqali  ta’sir  etish  shaklida  namoyon  bo‘ladi.  Shu  sababli  ham 

jismoniy  sog‘lom,  ma’naviy  barkamol  insonni  tarbiyalash  O‘zbekiston  milliy  istiqlol  mafkurasining 

asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qolmoqda

6

.  


Ma’lumki, milliy ta’lim-tarbiya modelning bosh maqsadi komil insonni tarbiyalashdir. Ushbu 

masalada  ham  respublikamiz  olimlari  o‘ziga  xos  konsepsiyalarni  ilgari  surishmoqda.  Jumladan, 

faylasuf olim J.Tulenov, ma’naviy barkamol inson aql-idrok asosida harakat qiladi. Vataniga, xalqi va 

millatiga  sodiq  bo‘lish  ham  madaniyatlilik,  ma’naviylik,  barkamollik,  axloqiy  poklik  belgilaridan 

hisoblanadi

7

  -  degan  fikrni  ilgari  suradi.  Ulfat 



Mahkamov  esa,  odamlardagi  yaxshilik  qilish, 

rostgo‘ylik,  hayoli  bo‘lish  kabi  eng  ulug‘  fazilatlar 

birlashsagina,  u  komil  inson  bo‘lib  yetishishini 

ta’kidlaydi

8

.  


Nozar  To‘rayev,  Mansur  Oltinovlar  «Yuqori 

malakali  mutaxassis  olim,  me’mor,  san’atkor,  harbiy 

xodim  bo‘lish  barkamollikni  anglatmaydi,  inson 

kamolotga  yetish  uchun  zarur  hayot  maktabini 

                                                 

6

 Erkin YUsupov, O‘tkir Yusupov. Oila – ma’naviyat bulog’i. Toshkent, 2003, 18-bet.  



7

 J.Tulenov, Z. G‘ofurov. Falsafa. Oliy o‘quv yurtlari uchun. T. , “O‘qituvchi”, 1997, 294-bet.  

8

 Qarang. U.Mahkamov. Axloq-odob saboqlari. T. , “Fan”, 1994, 72-bet.  



Biz  komil  inson  tarbiyasini 

davlat  siyosatining  ustuvor  sohasi 

deb  e’lon  qilganmiz.  Komil  inson 

deganda,  biz,  avvalo,  ongi  yuksak, 

mustaqil  fikrlay  oladigan,  xulq-

atvori 

bilan 

ozgalarga 

ibrat 

bo’ladigan 

bilimli, 

ma’rifatli 

kishilarni 

tushunamiz. 

Islom 

Karimov.  (“Tarixiy  xotirasiz  kelajak 

yoq” asaridan). 

20 

 

o‘tashi,  iymon-e’tiqod  yo‘liga  kirish  talab  etiladi»,



9

  deb  ta’kidlaydilar.  Falsafa  fanlari  doktori 

M.Xolmatova  esa  komillikning  shakllantirishda  ko‘proq  o‘zimizga  mos  sharqona  madaniy-ma’naviy 

an’analar,  uning  o‘ziga  xosligi,  afzalliklariga  oid  adabiyotlarni  chop  etish,  targ‘ib  qilish  maqsadga 

muvofiqdir – degan fikrga tayanadi.  

Avvalgi mavzularda aytilgan mulohazalar va komil inson haqidagi olimlarimiz bildirgan fikr va 

qarashlarga tayanib, shunday xulosa qilish mumkinki, komil inson tushunchasiga hali mukammal ta’rif 

berilib,  uning  mohiyati  to‘la  va  uzil  kesil  yoritilmagan.  Zero,  xalqimiz  tilida  «beayib  Parvardigor», 

«Xom  sut  emgan  banda»,  «Har  to‘kisda  bir  ayib»,  degan  hikmatlar  yuradiki,  bu  ma’lum  ma’noda 

«Komillik  –  faqat  Allohga  xos»  degan  aqidani  esga  olishga  ham  undaydi.  Bu  bilan  biz  komil  inson 

g‘oyasi amalda bo‘lmagan gap degan xulosadan yiroqmiz. Balki, komillikka erishish o‘ta murakkab va 

mas’uliyatli  jarayon  ekanligini  bu  jarayonda  inson  fitratini  tuzatmoq  uchun  avvalo,  baloi-nafsni, 

xudbinlikni, munofiqlikni, egoizmni, kishilardagi loqaydlikni bartaraf etish zarurligini, bu esa jo‘n ish 

emasligini ta’kidlamoqchimiz, xalos.  

Zotan,  inson  mavjud  ekan,  u  xato  qilishga  moyilligi,  agar  uning  ma’rifati  sayoz,  ma’naviyati 

past bo‘lsa, bu hatto fojeaga aylanishi muqarrar. Ana shunday illatlarga mubtalo kishilardan ko‘pchilik 

o‘zini  olib  qochadi,  ularga  yaxshi  odamlarni  ibratini  singdirish,  jamoa  mahalla-ko‘yni  ta’sirini 

o‘tkazish ham qiyin kechadi. Shuning uchun ham Hazrat A.Navoiy: 

El qochsa birovdin, el yomoni bil oni,  

Ahvolidan idbor nishoni bil oni 

Fe’l ichra ulus baloyi jon bil oni 

Olam elining yomon-yomoni bil oni, deb bejiz yozmagan.  

Umumlashtirib aytganda, komil inson tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.  

Komil inson shunday insondirki, u avvalo  dinu-diyonatini  mustahkam  tutgan, muayyan  g‘oya 

va maslakni e’tiqod darajasiga ko‘targan, o‘zidagi qusurlarni ilm-ma’rifat ne’matlari asosida bartaraf 

eta olgan, nafs va xoyu-havasni irodasiga tayanib boshqara olgan kishidir.  

Bizda qadimdan  Ma’rifatli inson tushunchasi ancha keng ma’noni anglatgan. Unutmasligimiz 

kerakki,  ma’rifat  xalqimiz,  millatimiz  qonidadir.  An’anaviy  sharqona  qarashga  ko‘ra  ma’rifatlilik  –

bilim,    ma’naviyat  va  go‘zal  ahloq  degani  hamdir.  Xalqimiz  bilimli,  komil  inson  deganda  aynan 

shunday odamlarni ko‘z oldiga keltiradi. Milliy meodelimizda komil inson g‘oyasiga, uni tarbiyalash 

masalalasiga alohida e’tibor berilganligi ham ayni ana shu haqiqat bilan bog‘liqdir.  

Ertangi  kunimiz,  hayotimizning  farovonligi,  zamondan  orqada  qolmaslik,  taraqqiy  topgan 

davlatlardan va xalqlardan kam bo‘lmaslik, bir so‘z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu 

niyatlarimizning  amalga  oshirilishida,  birinchi  navbatda,  bizning  o‘rnimizga  kelayotgan  yosh 

avlodimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga bog‘liqdir.  

                                                 

9

 M. Xolmatova. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi. T. , “O‘zbekiston”, 2000, 174-bet.  



21 

 

Ma’lumki,  tarbiya  -  inson  shaxsi,  ma’naviy  qiyofasini  shakllantirishga  qaratilgan  tadbirlar 



tizimidir.  Ta’lim  esa  axloqli,  odobli  shaxsga  hunar  o‘rgatish,  bilim  berishdir.  Inson  shaxsini 

shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog‘langan jarayondir.  

 

 

 



 

 

 



Inson shaxsi shakllanishida tarbiya ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Umuman aytganda, tarbiya 

ta’lim  berish  jarayonining  barcha  ma’rifiy  majmuasini  ham  vazifasini  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Har 

qanday ta’lim, tarbiya bilan uyg‘unlashgandagina yetuk ma’naviyatga zamin bo‘ladi.  

Tarbiya,  xususan  milliy  tarbiya  xaqida  so‘z  borganda,  bu  tushunchaning  mohiyati  ustida 

alohida  to‘xtab  o‘tish  lozim.  Tarbiya  so‘zi  asli  arabcha  bo‘lib,  “Parvarish  qilish,  ta’lim  berish, 

o‘rgatish”  degan  ma’noni  anglatadi.  Tarbiyachi  esa  yuqoridagi  maqsadlarni  amalga  oshiruvchi 

shaxsdir.  Mukammal  tarbiya  berish  ma’naviy  kamolotning  barcha  jabhalarini  rivojlantirish  uchun 

sub’ektiv  omil  bo‘lib,  unga  asos  ham  yaratadi  Shuning  uchun  hamma  davrlarda  ham  tarbiyachilar 

yoshlarni  axloqi  va  odobi,  iymoni  va  vijdoni,  bilimi  hamda  malakasini  davr  talablari  va  ehtiyojlari 

bilan  uyg‘unlashtirib  shakllantirishga  harakat  qilganlar.  Shunga  ko‘ra,  “har  qanday  tarbiya  jarayoni 

oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir

10

.  



Sog‘lom  g‘oyaviy  tarbiya  –  yuksak  dunyoqarash  va  e’tiqod  tarbiyasini  ham  anglatadi.  Shu 

o‘rinda  tarbiya  hamda  ta’lim  beruvchining  shaxsiy  sifati  hamda  o‘z  ishiga  fidoyiligi  bu  masalada 

g‘oyat muhim ekanligini unitmaslik kerak.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                 



10

 Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish, omillari va vositalari. T. , «Ijod dunyosi» nashriyot uyi. 2002 yil, 7-

bet.  

“Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-

biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga 

boylangan jon ila tan kabidir. Chunki dars oluvchi – tarbiya oluvchi, amal 

qiluvchi demakid”. 

                                                                                       Abdulla Avloniy 

 

 

“Shayxning (tarbiyachining) muridini tarbiyalash kaliti - yerdan ungan 

ne’matning yaxshi hosil bermog’i uchun dehqon uning atrofini begona o’tlar, 

tikanlardan tozalagani kabi bir hol”

1



G‘azzoliy 

 


22 

 

Olimlarning ta’kidlashicha, informatsion  yoki  psixologik  xurujlar ikki muhim ob’ektga zarba 



berishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu, birinchidan, kompyuterlar va ma’lumotlar tizimidir, chunki bugun 

hayotni  axborot  texnologiyalarisiz,  Internetsiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Ikkinchidan  -  har  birimizning 

individual  ongimiz  hamda  barchamizga  xos  bo‘lgan  va  biz  amal  qiladigan  ijtimoiy  xatti-harakat 

normalariga ta’sir alohida e’tiborga olinadi.  

Ma’lumotlar  asri  bo‘lgan  XXI  asrda  psixologik  urush  va  informatsion  xurujlar  ham  ayrim 

geosiyosiy  kuchlar  qo‘lida  o‘z  gegemonligini  o‘tkazishning  o‘ziga  yarasha  ta’sir  vositasi  bo‘lib 

bormoqda.  Ular  aksariyat  xollarda  yoshlar  auditoriyasiga  qaratilgan,  chunki  bunday  urushning 

mohiyati  raqibni  oson  yo‘l  bilan,  qarshiliksiz  yengishdir.  Ya’ni,  ma’lumotlar  oqimi  shunday 

yetakziladiki,  ma’lumotni  qabul  qiluvchi  shaxs  qarshilik  ko‘rsatish  bema’ni  ish  ekanligiga  ishonib 

qoladi.  Bundan  tashqari,  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  ataylab  qarama-qarshi  xarakterdagi 

ma’lumotlar poyma-poy beriladiki, bu ham oxir-oqibat odamlarning ma’naviy idroki susayishiga olib 

keladi.  Demak,  bu  xarakatlarning  barchasi  tinglovchi,  tomoshabin  yoki  o‘quvchining  fikrini 

o‘zgartirishga qaratilgandir.  

Dunyoqarashimizga  hamoxang  tarzda  shakllanib  borayotgan  amaliy  hatti-harakatlarimizda 

yangiliklar  shu  qadar  ko‘pki,  ularni  oxirgi  paytda  ijtimoiy  innovatsiyalar  tushunchasi  orqali 

izohlamoqdamiz.  

Ijtimoiy  innovatsiyalar  -  bu  inson  aqli  va  kuchi,  ma’naviy  dunyosini  mutanosibligi  sharoitida 

uning  mohiyatini  saqlash,  himoya  qilish,  takomillashtirish,  samaradorligiga  erishish  yo‘llarini 

ko‘rsatuvchi qarashlar majmui bo‘lib, u bugungi kunda har birimizning turli tashqi va ichki ma’naviy 

tazyiqlardan himoyalanishimizning kafolatlarini belgilaydi.  

Shu  ma’noda  globalizatsiya  sharoitida  milliy  ta’lim-tarbiyaning  texnologik  xususiyatlarini 

belgilashda quyidagilarni e’tibordan qochirmaslik lozim: 

1. Munosib turmush kechirishga bo‘lgan 

intilishning  unga  erishishga  olib  keluvchi  aniq 

maqsad-muddaolar,  maslaklar,  fikrlash  tarzi 

bilan  uyg‘unligi.  Ya’ni,  bugungi  iqtisodiy 

islohotlarning  aniq  samarasi  har  bir  oila,  shaxs 

manfaatiga 

mutanosibligini 

ta’minlashning 

milliy  g‘oyaga  bevosita  bog‘liq  jihatlarini  har 

bir  fuqaro  ongiga  yetkazish.  Aniqroq  aytadigan 

bo‘lsak,  mamlakatimiz  har  bir  fuqarosi  halol 

mehnat  qilmagan  inson  ma’naviy-axloqiy 

kamolotga erishishi mumkin emasligini, farovon 

Maqsadlarimizga 

erishish, 

yangi,  

demokratik  jamiyat  qurish  islohotlarning 

taqdiri  qanday  intelektual  kuchlarga 

egaligimizga, yoshlarimiz qanday madaniy 

va  professional  saviyaga  erishganligiga, 

qanday 

ideallarga 

e’tiqod  qilishiga, 

ma’naviy  jihatdan  qanchalik  boyishiga 

bog’liqdir.  Shu  bois  aholining  ma’lumot 

olish 

imkoniyatini 

oshirish, 

milliy 

tiklanish  g’oyasini  amalga  oshirishga 

qodir  yangi  avlodni  tarbiyalash  eng 

muhim  vazifalarimizdan  biridir...  Islom 

Karimov. 

(“Ozbekiston 

iqtisodiy 

islohotlarni 

chuqurlashtirish 

yo’lida” 

asaridan). 


23 

 

hayotga  erisha  olmasligi  g‘oyasini  anglab  yetishiga  ko‘maklashish  zarur.  Barcha  ezguliklarning 



boshlanishi  tinimsiz  izlanish,  ilm  o‘rganish,  ya’ni,  mehnat  ekanligi  bizlarga  ajdodlarimizdan  qolgan 

meros ekanligini unutmasligimiz darkor. 

2.  Jamiyatdagi  tub  islohotlar,  global  o‘zgarishlar  har  bir  fuqaroni  bir  qarashda  noaniqlik, 

anglashilmovchilik  vaziyatiga  solishi  muqarrar.  Shunda  unga  milliy  g‘oya  kerak  bo‘ladi,  ya’ni, 

millatning manfaatini ifodalovchi g‘oya aniq bilim, tafakkurga tayanib oqilona ish ko‘rishga, tavakkal 

qilmaslikka,  hayotda  qoqilmaslikka  undaydi.  Chunki  noaniqliklar,  mavhumliklar  inson  qalbidagi 

xatarning  belgisini  bildirsa,  uning  aksi  bo‘lmish  milliy  manfaatga  mos  harakatlar  xavfsizlikning 

kafolatlari ramzi sifatida odamni yashashga, o‘z layoqati va iste’dodini to‘la namoyon etishga zamin 

yaratadi. 

3.    Milliy  g‘oya  har  bir  fuqaroga  jamiyat  normalari,  u  ishlab  chiqqan  qonunlar  doirasida 

yashashga,  o‘ziga  ravo  ko‘rmagan  narsani  birovlarga  ham  ravo  ko‘rmay  yashashga  qrgatadi.  Shu 

ma’noda  milliy  g‘oyamiz  har  bir  inson  manfaatini  xalq  va  millat  manfaati  bilan  shu  qadar 

uyg‘unlashtiradiki,  bu  xolat  huquqiy  ongning  shakllanganlik  darajasida  belgilanadi.  Biz  qurayotgan 

erkin jamiyat,  huquqiy davlat har bir fuqaroning  maqsad-muddaolariga mosl bo‘lib,  uning istiqbolini 

qonunan kafolatlaydi.  

4.  Mustaqillik  va  erkinlik,  qonuniy  kafolatlar  odamlarni  turli  vaziyatlarda  nostandart  qarorlar 

chiqarishga,  o‘z  fikr-mulohazalarini  erkin,  mustaqil  bayon  etishga  imkon  beradiki,  bu  o‘z  navbatida 

milliy mafkuraning takomiliga xizmat qilsa-da, ikkinchi tomondan, ijtimoiy fikrda ayrim evrilishlarday 

idrok  etilishi  mumkin.  Shunday  vaziyatlarda  ham  xalq  ongiga  milliy  g‘oyaning  singishi  turli 

vaziyatlarda  odamlarning  bir-birlarini  tushunishlariga,  milliy  birlikka,  hamjihatlikni  ta’minlashga 

xizmat qiladi. Xurfikrlilik va noyob qobiliyatlar istiqlol mafkurasini yanada boyitadi, mustahkamlaydi. 

5.  Jamiyat  miqyosida  turli  ziddiyatlar,  inqirozlar  ro‘y  berayotgan  bir  sharoitda  aholi  ongiga 

milliy g‘oyani singdirishning eng ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqish mushkul ish. Chunki omma, 

birinchi  navbatda  ta’lim  bilan  qamrab  olingan  aholi,  yoshlar  axborot  oqimining  barcha  jabhalaridan 

xoxlagan  paytda,  xohlagancha  ma’lumotlarni  olishi  mumkin  va  unga  o‘z  munosabatini  bildirishga 

xaqli.  Lekin  biz  tutadigan  yo‘l,  millatni  millat,  xalqni    xalq  qilish  yo‘li  kengmiqyosli    ta’sirlar 

sharoitida o‘ta e’tiqodli, sobit irodali yoshlarni tarbiyalash va ular ongiga eng ezgu g‘oyalarni singdira 

olishdan  iboratdir.  Shuning  uchun  Yurtboshimiz,  tarbiya,  muallim  hamda  murabbiyning  ta’lim 

tizimidagi o’rnini atroflicha tahlil etib shunday degan edi: «Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim 

berish,  ularning  ma’lumotini  oshirish  kabi  paysalga  solib  bo’lmaydigan  dolzarb  masalaga  duch 

kelmoqdamiz.  Mening  fikrimcha,  «Ta’lim-tarbiya  tizimini  o’zgartirishdagi  asosiy  muammo  ham  shu 

yerda,  o’qituvchi  bolalarimizga  zamonaviy  bilim  bersin,  deb  talab  qilamiz.  Ammo  zamonaviy  bilim 

berish  shu  bilan  birga,  o‘qituvchi  va  murabbiylarning  hayotiy  talablarini  qondirish,  ularni 

rag‘batlantirish, ularni o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Albatta bu masalani 



24 

 

birdaniga  yechish  qiyin,  lekin  uni  yechmasdan  turib  kelajak  avlodning  tarbiyasi  to‘g‘risida 



gapirishning  o‘zi  mutloqo  nomaqbuldir»

11

.  Zero,  biz  yangi  asrda  va  yangi  bir  sivilizatsiya  davrida 



yashayapmiz.  Bu  sivilizatsiyada  mehnat  qilib,  o‘zining  ustida  tinmay  ishlaydigan,  uzluksiz  ta’lim 

oladigan,  doimiy  ravishda  o‘z  bilim  ehtiyojlarini  qondirib,  olgan  bilimlarini  oilasi,  xalqi  va  davlati 

rivojlanishiga  sarf  qila  oladigan  shaxsgina  munosib  o‘rinni  egallashi  mumkin.  Shuning  uchun  ham 

Milliy modelimizda uzluksiz ta’limga katta ahamiyat berilgan. Chunki, jamiyatimiz o‘z oldiga qo‘ygan 

oliy maqsad – kelajagi buyuk O‘zbekistonni, ozod, obod Vatanni yaratish va umuman, islohotlarning 

taqdiri  oxir-oqibatda  bugun  shakllanayotgan  avlodning  dunyoqarashiga,  ijtimoiy  mo‘ljalliga 

zamonaviy ilm-fan va kasblarni egallashiga, amaliy tashkilotchiligiga bevosita bog‘liq.  

Bizning davrimizda muayyan e’tiqod, aniq umid va ezgu niyatlarga ega, o‘z mavqei, huquqini 

anglagan bilimdon, o‘z vatani burchiga sadoqatli fuqarosiz ijtimoiy taraqqiyot mumkin emas.

 

XXI asr 



yoshlari  turli-tuman  mafkuralar  tajovuzi  kuchayib  borayotgan  sharoitda  yashamoqdalar.  Bunday 

vaziyatda  pedagogika  fani  yoshlarimizda  har  qanday  yot  mafkuraviy  ta’sirga  qarshi  muayyan 

munosabatni hamma joyda har doim namoyon bo‘lishini ta’minlashga qodir bo‘lmog‘i kerak. Ushbu 

o‘ta  muhim  ijtimoiy-pedagogik  muammo  yechilmas  ekan,  kelajakda  yoshlarimizning  yot  mafkuralar 

ta’siriga qarshi javob qaytara olmasliklari tabiiydir. Bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.   

Mafkuraviy  tarbiya  o‘quvchining  ma’naviy,  ma’rifiy,  siyosiy,  iqtisodiy  bilimlarini  oddiygina 

qabul qilib olishinigina emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetishini, bu bilimlardan zamonaviy 

ijtimoiy  hodisalarga  mafkuraviy  kurashlar  voqeligidan  kelib  chiqib,  munosabat  bildirish 

ko‘nikmalarini  shakllantirishga  o‘rgatishni  ko‘zda  tutadi.  Bu  ko‘nikmalar  o`quvchi    dunyoqarashini, 

bilimlarini milliy istiqlol g‘oyasi – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy 

hamkorlik,  millatlararo  totuvlik,  dinlararo  bag‘rikenglik  (tolerantlik)  nuqtai  nazaridan  sekin-asta 

boyitib  borish  bilan  ta’minlanadi.    Shuning  uchun  yosh  avlodni  tarbiyalashda  uning  dunyoqarashi, 

bilim  darajasi,  madaniy  va  siyosiy  saviyasi,  xulq-atvori  umuminsoniy  qadriyatlarga  va  qonun-

qoidalarga  mos  kelishi  eng  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki,  inson  mavqei  jamiyat  taraqqiyoti  bilan 

bevosita  bog‘liq  bo‘lib,  shaxs  kamolining  asosiy  manbai  jamiyatda,  uning  faoliyati  bilan  bog‘liq 

ijtimoiy va oilaviy-maishiy munosabatlar tuzumida ekanligini tarix tajribasi tasdiqlab bergan.  

Inson  mohiyati  masalasini,  uning  jamiyatda  tutgan  o‘rnini,  shaxsning  dunyosini  ifodalovchi 

o‘zaro  uzviy  bog‘langan  e’tiqod  (iymon),  huquq,  burch,  diyonat  (vijdon),  adolat,  halollik  kabi 

qadriyatlar orqali to‘g‘ri idrok qilishi mumkin. Aslida har bir fuqaro hayotdagi o‘rnini, mavqeini o‘z 

jamiyati, vatani, tevarak-atrofidagi muhim (oila, mehnat jamoasi, mahalla va h.k.) oldidagi burchi va 

mas’uliyatini  ichki  his-tuyg‘ulari,  vijdoni  orqali  chuqur  tushunib  olsa,  mustaqil  fikri  bo‘lsa  ijtimoiy 

taraqqiyotning muhim  omiliga aylanadi.  Shunday  qilib,  mustaqil fikrlash - shaxsning bevosita o‘ziga 

                                                 

11

 Barkamol avlod orzusi. T. , «SHarq» nashriyot matbaa konserni Bosh tahririyati. T. , 1999 yil, 12-bet 



25 

 

bog‘liq  bo‘lgan,  uni  tashqi  muhitning  turli  ta’sirlariga  nisbatan  fikr-o‘ylari  vositasida  munosabatda 



bo‘lib, kerak bo‘lsa, unga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.  

Mustaqil fikrning yo‘qligi, afsuski, ayrim toifalar, xususan oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga 

tortilmagan  yoshlar,  ayollar  o‘rtasida  uchrab 

turadi. 


Bunday 

holatda 


odamlarning 

buzg‘unchi  g‘oyalar  ta’siriga,  yot  mafkuralar 

girdobiga  tushib  qolish  xavfi  ortib  boradi. 

Shaxsning  fikrga  qarshi  fikr  bilan,  g‘oyaga 

qarshi  g‘oya  bilan,  jaholatga  qarshi  ma’rifat 

bilan  qarshilik  ko‘rsata  olish  imkoniyati 

torayadi.  Bu,  aytish  mumkinki,  yoshlarni 

mafkuraviy  nuqtai  nazardan  tarbiyalashdagi 

eng katta muammolardan biridir.  

Hozirgi 


murakkab 

davrda 


biz 

fuqarolarimizning,  ayniqsa,  yoshlarning  dunyoqarashi  va  ongi  qanday  bo‘lishiga  befarq  qaray 

olmaymiz,  kelajakda  ham  har  tomonlama  kamol  topgan,  bilimdon  va  ishbilarmon,  real  hayotni  va 

qonun-qoidalarni  to‘g‘ri  idrok  qila  oladigan,  ongli  va  faol,  o‘z  burchiga  sadoqatli  erkin  shaxsni 

tarbiyalashimiz zarur. Erkin shaxs yashash maqsadini va o‘z mavqeini to‘g‘ri aniqlab olishga, xurofiy 

tasavvurlardan  ozod  holda  aql-idroki,  kuch-g‘ayrati  va  vijdoniga  tayanib,  halol  mehnat  va  faoliyati 

bilan turmush sharoitini yaxshilashga intiladigan bo‘lishi zarur.  

Biz o‘z madaniyatimiz va bizni o‘rab turgan ijtimoiy borliqning hosilasi ekanmiz, vaziyatlarga 

bog‘liqmiz  va  boshqalarning  bizga  ko‘rsatayotgan  ta’sirlari  komida  bo‘lamiz.  Ayrim  yoshlarning 

jaholat  va diniy aqidaparastlikka berilishi,  o‘zi  to‘la anglamagan xolda turli  xil buzg‘unchi  g‘oya va 

da’vatlariga  qo‘shilib  ketishi,  terrorizmning  manfur  xarakatlariga,  jinoyatga  sabab  bo‘lgan  ko‘plab 

voqealarga  bosh  qo‘shishi  aynan  shunday  vaziyat 

xukmida amalga oshganligi ma’lum. Shuning uchun 

asosiy  vazifa  –  har  bir  odamni,  u  vaziyatdan  ham 

ko‘ra  o‘zining  shaxsiy  dunyoqarashi  va  e’tiqodini, 

sog‘lom  qarashlarini  u  yoki  bu  tahdidli  va  tahlikali 

yoki  konfliktli  vaziyatlarga  qarshi  qo‘ya  oladigan 

qilib tarbiyalash kerak.  

Demak,  shaxsiy  fikr  katta  ahamiyatga  ega. 

Odamlarning  turli  ijtimoiy  vaziyatlarda  o‘zlarini 

turlicha 

tutishlari, 

aslida 

ularning 



turlicha 

o‘ylashlaridan  kelib  chiqadi,  o‘ylash,  fikrlash,  sovuq  mulohaza  yuritish  san’ati  milliy  mafkura 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling