Ijtimoiy iqtisodiy fanlar


    5-MAVZU: Milliy mafkurani o‘quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana08.07.2020
Hajmi0.72 Mb.
#123292
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy goya va manaviyat asoslari


 

50 

 

5-MAVZU: Milliy mafkurani o‘quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab 



pedagogining ma’suliyati. (2 soat seminar). 

Reja: 

 1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyasi. 

 2. Milliy g‘oya va iqtisodiy tamoyillar. 

 3. Millat va milliy g‘oya. 

 4. Milliy mafkuramizni insonlar qalbi va ongiga singdirish yo‘llari. 

           5. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot tushunchalarining  

            mohiyati – mazmuni. 

            6. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish – milliy  

            istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi.  

  7.Yoshlarda  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  faravon  hayot  qurish    tuyg‘usini              qaror 

toptirishda milliy g‘oyaning ahamiyati 

       Jihozlar:  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

“O‘zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida”,.  “O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida:  xavsizlikka 

tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyat kafolatlari”,  Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q.  

“Ozod va obod vatan, erkin  va farovon hayot  provard maqsadimiz”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas 

kuch” kitoblari, 2006-yil 25-avgustdagi 451-sonli qarori, 

 Yangi mavzu bayoni: 

XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri bo‘lib kirib keldi. Ana shu asrda keng qamrovli 

va jadal sur’atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, qarashlarini o‘zgartirishi, fikriga 

ta’sir qilishi mumkin. «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» degan qudratli targ‘ibot kuchlari 

kishini  hamma  yerda  va  har  kuni  qurshab  turadi.  Endilikda  xilma-xil  usullarda  olib  borilayotgan 

mafkuraviy  targ‘ibot  va  tashviqotning  asosiy  ob’ekti,  maqsadi  inson  qalbi  va  ongi  uchun  kurash 

maydoniga  qaratilmoqda.  Bu  kuchlarning  maqsadi  -  insonni  nimagadir  ishontirish,  nimagandir  undash, 

nimagadir og‘dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o‘z 

diniga  e’tiqod  qilishga  chaqiradi.  Xalqaro  maydonda  ba’zi  davlatlar  o‘zining  «katta  og‘a»  ekanini 

uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni bo‘lganidek, bu g‘oyaning ikkinchi tomoni teskari 

tomoni bo‘lishi ham mumkin. Agar o‘sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo‘lsa, uning 

zarari  haqida  odamlarni  kim  ogohlantiradi?  Agar  o‘sha  dindor,  din  chetda  qolib,  davlat  tuzumini 

ag‘darishga chaqirayotgan bo‘lsa, uning buzg‘un-chiliklarini kim gapirishi mumkin. Yoki jahonda «katta 

og‘a»larning qo‘lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Ana shu targ‘ibot 

va aksil targ‘ibotni kim amalga oshiradi?  

Inson qalbi va ongi uchun kurash jarayonida g‘oya va ong munosabati birinchidan, muayyan 

g‘oya inson tomonidan qabul qilinmasligi mumkin.  Ikkinchidan, muayyan g‘oya shaxs ongida faqat 



51 

 

axborot sifatida saqlanib qolishi, ya’ni keraksiz buyum kabi, inson ongining bir chetida «chang bosib» 



yotaverishi  mumkin.  Birinchi  holatda  g‘oya  inson  ongida  hyech  qanday  iz  qoldirmaydi,  ikkinchi 

holatda esa, u shaxs uchun hyech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi ijtimoiy ahamiyatga ega 

bo‘lmaydi  g‘oya  faqat  inson  qalbini  egallagan,  ma’naviy-ruhiy  holatining  uzviy  qismiga  aylangan 

taqdirdagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, faoliyat dasturiga aylanadi. Shuning 

uchun ham, bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning 

ongini egallash bo‘lib qolmoqda 

«Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar yer kurrasini bir necha bor 

yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - 

insonlarning  qalbi  va  ongini  egallash  uchun  uzluksiz  davom  etayotgan  mafkuraviy  kurashdir. 

Endilikda  yadro  maydonlarida  emas,  mafkura  maydonlarida  bo‘layotgan  kurashlar  ko‘p  narsani  hal 

qiladi. Bu achchiq haqiqatni hyech qachon unutmaslik lozim» degan edi Prezidentimiz Islom Karimov.  

Hozirgi  paytda  rivojlangan  davlatlar  qudratli  targ‘ibot  tizimiga  ega  bo‘lishga  intilmoqda. 

Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflayapti. Fransiya 

ham  o‘z  siyosatini  aholiga  tushuntirish  ishlariga  yiliga  100  million  frank  sarflamoqdi.  Bu  ma’lumot 

targ‘ibotlar  nafaqat  dinda,  biznesda  balki  siyosatda  ham,  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  ham  muhim 

ahamiyatga  ega.  Demak,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  ham  mafkuraviy  faoliyatdan  sira  voz 

kechmagan.  

Puxta  ishlab  chiqilgan  strategik  yo‘nalish  davlat  istiqbolini  belgilaydi.  O‘zbekistonning 

strategik  maqsadlari  Islom  Karimovning  qator  asarlarida,  jumladan,  «O‘zbekiston  XXI  asr 

bo‘sag‘asida...», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar 

sari insonlarni safarbar qilish, ularni g‘oyalar shaklida singdirish zaruratga aylanmoqda.  

Rivojlangan  mamlakatlarda  mafkuraning  targ‘iboti  «hukumat  siyosati-ning  tashviqoti» 

ko‘rinishida  amalga  oshiriladi.  Davlatning  bosh  islohotchi  ekanligi  ham  O‘zbekiston  hukumatining 

siyosatini maxsus targ‘ib qilishni talab etadi. Bunday targ‘ibot islohotlarni «mafkuraviy asosda ta’min-

lash»ga xizmat qiladi.  

Milliy  g‘oyani  O‘zbekistonning  mustaqil  taraqqiyot  strate-giyasini,  o‘zbek  xalqining  buyuk 

davlat  barpo  etish  borasidagi  maqsad-muddaolarini  hisobga  olgan  holda,  yoshlar  qalbi  va  ongiga 

singdirishning  muayyan  tizimi  va  ustuvor  yo‘nalishlari  mavjud.  Bunda  jamiyat  hayotining  barcha 

sohalarini  qamrab  olish,  ta’lim-tarbiya,  targ‘ibot  va  tashviqotning  samarali  usul  va  vositalaridan 

oqilona foydalanishni taqozo etiladi. 

O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zga-rishlar qilishni talab etadi. 

O‘tish  davrini  boshidan  kechirayotgan  har  qanday  davlat  yangi  zamon  kishisini  tarbiyalash  haqida 

jiddiy qayg‘urishi, tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham,  «komil inson» g‘oyasida e’tirof etilgan shaxs 


52 

 

mos  sifatlarini  fuqarolarda  qaror  toptirish  vazifasi  ko‘ndalang  turibdi.  «Fuqarolik  ahloqi»ni  bunday 



tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi. 

 Milliy  g‘oyani  yoshlar  ongiga  singdirishda  har  bir  ota-ona  o‘z  farzandining  maktabgacha 

tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va 

tarbiyaning  muhim  bosqichi  ekanini  anglab  yetishi  nihoyatda  muhim.  Bunda  oilaning  ta’lim 

muassasalari  tizimiga  izchil  uyg‘unlashuviga  erishish  zarur.  Bu  davrdagi  barcha  bevosita  ta’lim 

beruvchi  muassasalar  (maktablar,  litsey,  kasb-hunar  kollej-lari,  oliy  o‘quv  yurtlari)  mafkuraviy 

tarbiyaning  asosiy  o‘choqlaridir.  Ularning  barchasida  amalga  oshiriladigan  mafkuraviy  ta’lim 

jarayonida,  barcha  o‘quv  qo‘llanmalari  va  darsliklar,  qo‘shimcha  adabiyotlarda  quyidagi  omillar 

ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim:  

- Vatan tuyg‘usini shakllantirish;  

- ona tilimizga muhabbat uyg‘otish;  

- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;  

- ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash;  

- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;  

- mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va 

hokazo.  

Sotsiolog,  vrach,  psixolog,  radikal  freydizm  yo‘nalishi  vakali  Rayx  Vilgelm  (1897-1957) 

fikricha,  «ko‘r-ko‘rona  va  avtoritar  (diktaturaviy)  tarbiya  bois  yoshlar  ishonuvchan  bo‘lib  qoladilar 

hamda tanqidiy qobiliya-tidan mosuvo bo‘ladilar».  

Milliy  g‘oyani  inson  ongi  va  qalbiga  singdirish  targ‘ibot-tashviqot  orqali  amalga  oshiriladi. 

Targ‘ibot (uning o‘zak so‘zi,  «rag‘bat»)  - u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. 

«Tashviqot»  (tushunchasi  o‘zagi  «shavq»  so‘zidan  olingan)  -  u  kishida  biror  narsaga  shavq 

uyg‘otishga yo‘naltiriladi.  

Targ‘ibot («inson qalbining sozlovchilari») insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan.  

Targ‘ibot-tashviqotdan maqsad - bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan 

iborat.  Milliy  g‘oyani  halq  qalbi  va  ongiga  singdirish  muayyan  texnologiya  asosida  olib  borilganida 

tadbirlarning  ketma-ketligi,  miqyosi  va  me’yori,  davomiyligi  va  tamoyillari  singari  jihatlar  qamrab 

olinadi. 



         Milliy  g‘oyani  keng  jamoatchilik  ongiga,  e’tiqodiga  singdirishning  shart-sharoitlari  va 

yo‘llari. 

Milliy  istiqlol  mafkurasi-xalq  e’tiqodi  va  buyuk  kelajakka  ishonchini  orttirishning  ilmiy-

nazariy yo‘nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga, uning shart-sharoitlari, jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi 

omillarning xilma-xil ekanligini hisobga olish mumkin. Ayni paytda, bu jarayonning eng muhim jihati 

shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining  yo‘nalishiga nisbatan o‘z 


53 

 

munosabatini  aniqlab  olishi  zarur.  Insonning  mohiyatini  uning  ijtimoiy  ehtiyojlari  tizimi,  narsa  va 



hodisalarga  ongli  munosabati  tashkil  qiladi.  Aniqroq  qilib  aytganda,  ichki  botiniy  e’tiqodi,  orzu-

umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma’no-mazmunini belgilaydigan sifat ko‘rsatgichidir. Ularni shartli 

ravishda ilohiy va dunyoviy yo‘nalishlarga ajratish an’anasi mavjud. Xususan, ularni milliy g‘oyalarda 

namoyon  bo‘lishi  tarzida  olib  qarasak,  bu  sifatlar  insoniyat  mavjudligining  zaruriy  sharti  bo‘lib, 

dunyoviy  hamda  ilohiy  e’tiqodga  aylanishi,  faoliyat  motivi,  harakatlantiruvchi  mexanizmi  ham  shu 

ma’no-mazmunning xarakterini belgilaydi. Bu dunyo tuzilishining sir-sinoatlari, odamlarning ongi va 

tafakkurida  diniy  e’tiqod  bilan  birga  aql,  tajriba  asosiga  qo‘yilgan  dunyoviy  bilimlar  mujassamligi 

o‘zining ifodasini topib kelgan.  

Insonning  individual  g‘oyasi,  bir  tomondan,  ijtimoiy  borliqning  shaxs  hayoti  darajasida 

namoyon  bo‘lishi,  ikkinchi  tomondan,  uning  zaruriy  sharti,  kompanenti,  atributi  hisoblanadi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  shaxsning  individual  g‘oyalari  ijtimoiy  birliklarining  maqsadi,  orzu 

umidlari,  ishonch-e’tiqodi  doirasida  konkretlashib,  umuminsoniy  g‘oyalarning  tarkibiy  qismiga 

aylanadi.  Ya’ni,  shaxs  e’tiqodi,  ishonchiga  asoslangan  amaliy  faoliyati:  xalq,  millat,  ijtimoiy  tabaqa 

manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi. 

Turli ijtimoiy birliklarning o‘ziga xos individual ishonchi, e’tiqodiga aylangan g‘oyalar-millat 

manfaatlari,  ehtiyojlari  «chorrahasi»da  tutashib,  milliy  g‘oyani  va  ularni  amalga  oshirish  usullari 

hamda vositalari bo‘lgan mafkuralarni vujudga keltiradi. 

Milliy  g‘oya-muayyan  hududda  yashayotgan  turli  ijtimoiy  guruh  va  tabaqalarning,  millat  va 

elatlarning,  xilma-xil  diniy  e’tiqodli  kishilarning  manfaatlariga  mosligida,  ularning  dunyoviy  va 

ilohiylik xususiyatlari mutlaqo shartli hamda nisbiydir. Aniqroq qilib aytganda, milliy g‘oya xalqning 

ishonchi  va  e’tiqodini  ifodalaganligi  uchun,  ularning  mavjudligini  hamda  rivojlanish  istiqbollarini 

namoyon  qiladi.  Shu  nuqtai  nazardan,  milliy  g‘oya  jamiyatni  tashkil  qilgan  shaxslar,  individlar  va 

ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e’tiqod qilishidan, millati va 

irqidan,  ijtimoiy  maqsadidan  qat’iy  nazar,  ularning  manfaatlarini  integrasiyalashtiruvchi  hamda 

universallashtiruvchi  ijtimoiy  faoliyat  omili  hisoblanadi.  Jamiyatning  mafkurasi,  turli  ijtimoiy  ong 

shakllari va amaliyot  yo‘nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy-

ma’rifat,  adabiyot  va  san’at,  din,  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohalarida  integrasiyalashgan  komplaks-

sistemali faoliyatni taqozo qiladi.  

Bu vazifaning murakkabligi: 

Birinchidan,  uzoq  tarixiy  davrlarda  davom  etgan  mustamlakachilik  siyosati  xalqni  tarixiy 

xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo‘ygan edi. 

Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institusional tizimi 

xalq  ongida  mustamlakachilikka  nisbatan  «ko‘nikish  effektini»  vujudga  keltirib:  bo‘ysunuvchanlik, 

qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib ay 

tganda,  «uzoq  yillar  davomida  bu  tuzum 


54 

 

faqat  jamiyat  unga  zo‘rlab  bo‘ysundirilgani  uchungina  emas,  balki  jamiyat  zo‘rlik  yo‘li  bilan 



mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi». 

Uchinchidan,  yangi  vujudga  kelgan  mustaqil  davlatlar  ustidan  hukmronlik  qilishning 

mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g‘oyaviy 

emansipasiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqiyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.  

O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyin,  milliy  g‘oya  va  jamiyat  mafkurasini 

shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning bir-biri bilan bog‘liq ikki vazifasi kun 

tartibiga  qo‘yildi.  Ularni,  shartli  ravishda,  ijtimoiy-siyosiy  makon,  tarixiy  zamon  nuqtai  nazaridan 

ichki va tashqi yo‘nalishlarga ajratish maqsadga muvofiq.  

Mamlakatimizning  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o‘tishi,  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy, 

ma’naviy  hayotini  erkinlashtirmoqda.  Ma’lumki,  jamiyatni  tashkil  qilgan  ijtimoiy-siyosiy 

qatlamlarning  manfaatlaridagi  xilma-xillik  qonuniy  tarzda  ular  o‘rtasidagi  manfaatlar  xilma-xilligini 

namoyon  etish  bilan  birga  erkin  va  mushtarak  maqsadlarni  ham  keltirib  chiqaradi.  Johondagi 

rivojlangan  davlatlarning  tarixiy  tajribalari  shu  manfaatlar  mushtarakligini  o‘z  vaqtida,  oqilona  hal 

qilishning yo‘llarini, vositalarini topish jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi ekanligini va aksincha, 

mamlakatlarning  g‘oyaviy  ojizligi,  noshudligi  milliy  parokandalikka  olib  keldi,  xalqni  qullikka 

mahkum  qilishini  qayta-qayta  isbotlab  bergan.  Ana  shu  holatni  oldini  olishda  mamlakat  ichida 

xalqning milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodi ularni umummilliy maqsad yo‘lida jipslashtiradi. 

Shuning  uchun  ham  Prezidentimiz  I.A.Karimov  mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq, 

mamlakatimizda  yashayotgan  barcha  ijtimoiy-siyosiy  qatlamlarni,  tabaqalarni,  millat  va  elatlarni 

Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi-osoyishtaligi,  xalq  farovonligi  g‘oyasi  atrofida  jipslashtirishga  alohida 

e’tibor  berib  kelmoqda.  Bu  milliy  rivojlanishning  istiqbollarini  kafolatlaydi.  Buning  asosiy  omili, 

umumiy  nuqtasi-mamlakatimizda  yashayotgan  barcha  fuqarolarni:  millatidan,  irqidan,  diniy 

e’tiqodidan,  iqtisodiy  ahvolidan,  siyosiy  mavqyeidan,  qaysi  partiyalarga  mansubligidan  qat’iy  nazar, 

umummillat  manfaatlarini  ifodalaydigan  istiqlol  g‘oyalari  ularning  ishonch  va  e’tiqodidan  joy  olishi 

hamda  shu  g‘oya  asosida  birlashtirishdan  iborat.  Bu  vazifani  bajarish,  mamlakatimizda  demokratik, 

adolatli-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda.  

Bu  vazifalarni  bajarilishida  o‘tmish  jamiyatning  g‘oyaviy  stereotiplaridan  voz  kechish, 

mustobid  tizimning  soxta  tenglikka  asoslangan,  «qaychilab  tekislash»  siyosati  oqibatlarini  bartaraf 

qilish,  amalda  mafkurasizlashtirishdan  iborat  bo‘lgan  hukmron  siyosiy  mafkura  tazyiqining  kishilar 

ongida hadik,  shubha tarzida saqlanib qolishini siqib  chiqarish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. Ayniqsa, 

kishilarning  boqimandalik  kayfiyatini  batamom  yo‘qotish-g‘oyaviy-mafkuraviy  faoliyatning  tarkibiy 

qismidir. Ana shu asoratlardan qutilish milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan ichki 

omillardan  hisoblanadi.  Totalitarizm  tuzumining:  «Davlat  seni  boqyapti,  sen  davlatga  qul  bo‘lishing 

darkor»,  degan  tamoyili  g‘oyaviy  qaramlik  va  mafkuraviy  mahdudlikka  olib  kelgan.  Boqimanda 


55 

 

odamning fikr erkinligi, siyosiy faoliyati chegaralangan bo‘lib, xukmron mafkura nimani aytsa, shuni 



qiladigan passiv, loqayd, g‘oyaviy kaltabin kishilar qilib tarbiyalashga asoslangan edi.  

Milliy  g‘oya  va  jamiyat  mafkurasini  shakllantirishning  muhim  ichki  vazifalaridan  biri-

qurilayotgan  jamiyatning  munosib  g‘oyaviy-mafkuraviy  zaminini  yaratishdir.  Xalqimizda:  «Suv 

bo‘lmagan  joyda  qamish  o‘smaydi»,  degan  hikmatli  so‘zlar  mavjud.  Ma’lumki,  qamishni  o‘rib 

tashlasangiz  ham,  yoqib  yuborsangiz  ham,  biri  bir  o‘sib  chiqaveradi.  Uni  yo‘q  qilishning  yagona 

chorasi-suvni  quritishdir.  Shunga  ko‘ra,  milliy  taraqqiyotimiz  jarayoniga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi 

mumkin  bo‘lgan  g‘oyalarning  mamlakatimiz  hududiga  o‘tishi  va  ildiz  otishiga  imkoniyat  bermaslik 

uchun milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqod alohida ahamiyatga ega. Buning uchun milliy istiqlolimizga 

yot  bo‘lgan  g‘oyalarning  yurtimizga  kirib  kelishi,  Vatanga  e’tiqodi  sust,  imoni,  irodasi  bo‘sh 

kishilarning  ongini  tezroq  zabt  etadi.  Chunki,  g‘oyaviy  tarbiya  chora-tadbirlari-g‘oyaviy-mafkuraviy 

«infeksiya»ga  nisbatan  immunitetni  vujudga  keltirish,  uning  salbiy  oqibatlariga  qarshi  kurashishga 

ko‘ra  samaraliroqdir.  Buning  uchun  har  biri  nisbatan  mustaqil,  lekin  bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘liq 

bo‘lgan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotni milliy-ma’naviy negizlarimizga tayangan holda, 

unga mos tarzda qurilishi muhim ahamiyatga ega. 

O‘zbekistonning  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o‘tish  davridagi  ijtimoiy  vaziyatini  tahlil 

qiladigan bo‘lsak, bir tomondan, etnografik, demografik struturasi, diniy e’tiqodlar xilma-xilligi uning 

xalqining  hayot  tarzi  negizlarning  rang-barangligi  yagona  milliy  istiqlol  g‘oyalari  doirasida 

birlashtirishga xalaqit qilmasligi lozim. O‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy 

Vatan  tuyg‘usi,  xalq  farovonligi,  erkin  va  farovon  hayot  qurish,  millatlararo  totuvlik  bilan  uzviy 

bog‘liq  milliy  g‘oya  birlashtiradi.  Ikkinchi  tomondan,  agar  shunday  e’tiqod  va  ishonch  bo‘lmasa, 

aynan  shunday  ijtimoiy  muhit  xususiyati  g‘ayriinsoniy,  g‘ayrimilliy  g‘oyalarning  mamlakatimizga 

kirib kelishiga, ma’lum ma’noda qulay imkoniyatlar yaratish ehtimolini qoldiradi. 

Mamlakatning  bosqichma-bosqich  yangi  jamiyatga,  bozor  munosabatlariga  o‘tishi, 

iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish 

bilan  ta’minlash  muammolari,  agrar  sohadagi  islohatlarda  erishilayotgan  yutuqlar  nisbatan  sust 

kechayotganligi,  aytish  mumkinki,  yot  g‘oyalarga  nisbatan  kishilarning  ruhiy  barqarorligini  keltirib 

chiqaradi.  Shuning  uchun  ham  milliy  istiqlol  g‘oyasini  kishilar  ongiga,  hayot  tarziga  singdirishda 

iqtisodiy hayotdagi ijobiy o‘zgarishlarning salmog‘ini oshirish zarur.  

Mamlakatimizda  demokratik  jamiyat  qurish,  siyosiy  sohani  erkinlashtirish,  uning  qonuniy-

huquqiy  asoslarini  va  turmushga  tadbiq  etishning  mukammal  mexanizmlarini  yaratish  bir  tomondan 

milliy  istiqlol  g‘oyasining  ijtimoiy-siyosiy  hayotdagi  ifodasi  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  shu  asos-

milliy  g‘oyalarni  xalq  ishonchi  va  e’tiqodiga  aylantirish  va  hayotga  joriy  etishning  imkoniyati 

hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki, mamlakatdagi siyosiy partiya-lar, turli diniy konfessiyalar milliy 


56 

 

istiqlol  g‘oyasi  asosida  kishilarni  umumxalq  manfaatlari  yo‘lida  mushtarak  maqsadlarda  safarbar 



etishlari uchun imkoniyatlari mavjud. 

Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy 

taraqqiyot  uchun  ma’naviy  muhitni  yaratib  bermoqda.  Buyuk  ajdodlaramizning  ma’naviy  merosi 

g‘oyaviy  barkamollik  uchun  oziq  bo‘lmoqda,  lekin  shuni  ham  aytish  kerakki,  bizning  tariximizga 

mahliyo  bo‘lib,  kelajakni  unitishimizga  haqqimiz  yo‘q.  Tarixiy  tajribalardan  saboq  olish,  undan 

xulosalar  chiqarish  milliy  g‘oyani,  jamiyat  mafkurasi  sifatida  xalq  ishonchi  va  e’tiqodiga  aylantirish 

uchun zarur. Shuning uchun ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, 

bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni 

xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu 

milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz-poydevordir.            



 O‘zbekistonda  “Fuqaro  tarbiyasi”.  Milliy  g‘oya  va  O‘zbekiston  tajribasi  ko‘tarilgan 

masalaning  muhimligi  O‘zbekistonda  ham  bu  borada  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  tahlil  qilishga 

undaydi.  E’tibor  berib  qaraydigan  bo‘lsak,  bizda  «Fuqaro  tarbiyasi»  haqida  kam  gapiriladi.  Lekin 

bizda bu vazifa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan emas. O‘zbekistonda fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining 

ustuvor sohasi bo‘lib, asosan ikki yo‘nalishda:  

1) Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va 2) Milliy g‘oyani singdirish vositasida amalga 

oshirilmoqda.  Ko‘rinib  turibdiki,  bizda  ham  fuqaro  tarbiyasini  amalga  oshiruvchi  maskan  sifatida 

maktab  tanlangan.  Chunki  maktabda  bola  bilim  olishdan  tashqari  shaxs  sifatida  ham  shakllanadi. 

Demak, maorifga millat fuqarosini tarbiya-lashdek mas’uliyatli vazifa yuklangan. Maorif, xalq ta’limi 

yo‘li bilan komil inson qiyofasini yaratish zarur. 

Avvalo  har  jihatdan  faol  insonni  tarbiyalashga  e’tibor  qaratish,  g‘oyaviy  tarbiya  vositasida 

shaxsning  salohiyatini  maksimal  darajada  yuzaga  chiqarishga  erishish,  har  bir  bolaning  iqtidorini 

rivojlantirishga  urg‘u  berish  zarur.  Buning  uchun  insonni  passiv  ijrosilikdan  emas,  balki  faol 

tashabbuskorlikdan ko‘proq manfaatdor ekanligiga ishontirish kerak. O‘quv jarayonida bu vazifani hal 

qilish uchun ta’lim jarayonini «yodlash»dan xalos qilish va uni muammolarni hal qilishga yo‘naltirish 

zarur. Shaxsning ijodiy fikrlashini rivojlantirish ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi. G‘oyaviy 

tarbiyani  tashkil  qilishda  nazariy  fikrlarga  amaliy  shakllar  berish,  bilimlarni  harakatlarga  aylantirish 

muhim  sanaladi.  Buning  uchun  pragmatik  fikrlaydigan  shaxsni  tarbiyalash  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi. 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling