Ijtimoiy iqtisodiy fanlar
Milliy g‘oyaning milliy (asosiy) tamoyilari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy goya va manaviyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy g‘oyaning umuminsoniy tamoyillari.
Milliy g‘oyaning milliy (asosiy) tamoyilari. tamoyil tushunchasi deganda, avvalambor, biror bir ta’limotning eng muhim va teran xulosalari, qat’iy amal qiladigan qoida va talalar me’yorlarining ifodalaydi.
Milliy g‘oyaning ham milliy va ham umumbashariy (insoniy) tamoyillarini o‘zida mujassam etadi. Milliy g‘oya bir millatning milliy negizlariga tayanib rivojlanib, shakllanib borsada, shu bilan 57
birga insoniyat erishgan ilg‘or g‘oyalarga tayanadi va ularning ta’siri asosida boyib boradi. Shuning uchun ham milily g‘oya o‘zida umuminsoniy g‘oyalarni (tamoyillarni) mujassam etadi.
Milliy g‘oyaning asosiy (milliy) tamoyillarini keltiramiz va ularga qisqa izoh beramiz. a) Milliy g‘oya, milliy ong, milliy tafakkur va milliy o‘zlikni shakllantirishga yo‘naltiriganligi. Milliy g‘oya, milliy ong va milliy tafakkur mahmuli va uning shakllanishiga milliy o‘zlikning ham ta’siri katta bo‘lsada, (milliy g‘oya) uning bu uchlikning ravnaq topishiga ta’siri muhim va kattadir.
Milliy g‘oya, milliy on gav milliy tafakkurning oliy ko‘rinishidir (219-b, 2005). Milliy ong millatning o‘ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko‘rsatkich (218-b, 2005).
Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari, uning maqsadi va manfaatlari negizlarining milliy ongda namoyon bo‘lishi.
b) Millatning birlashtirishga qaratilganligi. Milliy g‘oyaning qudrati shundaki, u milliy manfaatlarni to‘laqonli ifodalashi bilan milliy hamjihatlikni mustahkam etadi (212-b, 2005).
v) Millatning manfaatlaari fodalashi. g) Ilg‘or milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishiga asos bo‘lishi.
Jamiyatda milliy g‘oyaning mavqyei oshib borishi bilan birgalikda urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning jonlanishi vakamol topishi ham kuzatiladi. Masalan, hozirgi kunda milliy istiqlol g‘oyasining jamiyat tizimidagi roli oshib borishi qadriyatlarimizning tiklanishi va kamol topishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Buni hayotimizning har jihatida ko‘rishimiz mumkin (janoza o‘qimoq, diniy bayram, Navro‘z bayrami kabilarni o‘tkazish va boshqalar).
d) Milliy g‘urur tuyg‘usi, milliy iftixor tuyg‘usi va milliy mas’uliyatning shakllanishi va mustamlakalanishiga zamin bo‘lishi. Milliy g‘oya shu tuyg‘ularini shakllantirishga yo‘naltiradi (220- b).
milliy g‘urur – har bir insonning millat vakili sifatida o‘z-o‘zini anglash natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy holat. Bu tuyg‘u o‘z avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma’naviy merosdan, o‘z millatining jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan hissasidan, o‘z Vatanining taraqqiyotda erishgan yutuqlardan, millatning o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-e’tiboridan ruhining ko‘tarilish hissiyotidir (219-b).
Milliy iftixor yutuqlaridan faxrlanish, shodlanish kayfiyati. Bu tuyg‘ular negizida milliy g‘oya turadi.Ko‘p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan tuyg‘usini (ruhiyati) shakllanishiga asos bo‘lish.
Milliy g‘oya – mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarida vatanparvarlik, unga egalik qilish, uning istiqboli oldida mas’ullik kabi hissiyotini shakllantirishga asos bo‘lish. 58
yo) Milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o‘zlashtirish va keyingi avlodga yetkazishning ma’naviy-ruhiy manbasi bo‘lishi. yoshlarimzda Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik ma’naviy, ruhiy salohiyatini shakllantirshga qaratilganligi.
- men kimman; - mening avlod-ajdodlarim kim;
- qaysi millatga mansubman; - mening ona zaminim qayerda kabi savollarni o‘ziga berish va uni javob topishni milliy g‘oyadan izlash.
z) Millatimizning mustaqil subyekt sifatida maqomini aks ettirish; i) millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma’naviy ruhiy manba bo‘lishi.
Millatning mustaqil bo‘lishi, uning o‘z taqdirini o‘zi hal etish imkoniyatiga ega bo‘lishida milliy g‘oya asosiy manba bo‘ladi.
k) millatimizning o‘zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elat vakillarining o‘z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga hurmat, ehtirom bilan qarash, yordam ko‘rsatish, hamkorlikni mustahkamlash va ular asosida yagona O‘zbekiston xalqi tuyg‘usining shakllanishiga manba bo‘lishi.
l) O‘zbekiston xalqiga milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish. m) Komil inson g‘oyasini shakllantirish milliy g‘oyaning muhim vazifasi hisoblanadi (119-b). Milliy g‘oyaning umuminsoniy tamoyillari.
Milliy g‘oya millatimizning manfaatlarini ifoda etsada, unda umuminsoniy tamoyillari ham uyg‘un holda o‘z aksini topadi.
Milliy g‘oyaning umuminsoniy tamoyillarining ayrimlarini quyidagilar tashkil qiladi: 1) – milliy mahdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan holi bo‘lish; 2) – urush olovini yoqish, o‘zga millatlarga zulm o‘tkazishdan holi bo‘lish; 3) – adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini o‘zida ifoda etishi; 4) – jahon xalqlari yaratgan sivilizasiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda ma’naviy-ruhiy omil bo‘lish; 5) – insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish vakurashish; 6) – diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining o‘zida ifodalash; 7) – inson haq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrligini himoya qilish; 8) – qonun ustuvorligini, millatlararo hamjhatlikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bo‘lishi; 9) – har millatning urf-odatlari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilg‘or tajribalarini o‘rganish; 59
– vayronkor va turli g‘arazli g‘oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g‘oyalar rivojlanishining omili bo‘lish Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish – milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi. Milliy g‘oya millat taraqqiyotini, uning barqarorligini ta’minlashning asosiy manbasidir. Milliy g‘oya tushunchasining mohiyat, mazmuni Prezident I.A.Karimov asarlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” konsepsiyasida ta’riflab berilgan bo‘lib, “Milliy g‘oya - inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir” 1 Boshqacha qilib aytganda milliy g‘oya - milliy ongni uyg‘otuvchi, millatning o‘zligini anglatuvchi, o‘ziga xoslikka, mentalitetga «qiyofa» baxsh etuvchi, milliy ruhiyat, g‘urur, iftixor, e’tiqod va mas’ullik tuyg‘ularini shakllantiruvchi fikrdir.
Milliy istiklol goyasi Vatan tuyg‘ulari bilan bevosita uyg‘unlikda mavjud bo‘lib, har bir millat vakilining o‘z Vatani farovonligi uchun fidoyilik ko‘rsatish muqaddas qadriyat bo‘lib hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, bugungi kunda izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan konseptual g‘oyalar Vatanimiz taraqqiyotining nazariy va amaliy manbaidir. Ana shu g‘oyalarga muvofiq bizning bosh strategik maqsadimiz – bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Milliy g‘oya hyech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan g‘oya hyech qachon milliy g‘oya bo‘la olmaydi. Milliy istiqlol g‘oyasining kuchi, qudrati va hayotiyligi shundan iboratki, uning bosh strategik maqsadi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdan iboratdir. Har birimiz o‘zimizning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyatimiz, halol mehnatimiz bilan o‘zimizdan keyingi avlodlarga ozod va obod Vatanni qoldirishimiz kelgusi avlodlar, nasl - nasablarimiz oldidagi burchimizdir. Xalqimiz tarixiy taraqiyotimiz davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi va bugungi kunda ham O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi bu ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat bo‘lib kelmoqda. Bu g‘oya xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida millatimizning azaliy orzu umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no mazmunini ifodalagan va bugungi kunda ham ifodalab kelmoqda. Inson muayyan makonda tug‘iladi, hayot kechiradi va shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan hisoblanadi. Dilida Vatan tuyg‘usi shakllanmagan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan zaminga mehr-muhabbat tuyg‘usi jo‘sh urmagan kishini chinakam inson deb bo‘lmaydi. Shu bilan birgalikda inson baxt-saodat uchun tug‘iladi va u ana shu baxt saodatga o‘zi tug‘ilib o‘sayotgan Vatanida erishini orzu qiladi. Xar bilan baxt-saodatni yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg‘un holatda qurishga intiladi, bu yo‘lda harakat qiladi, Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shuning uchun bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolari uchun “Ozod 60
Vatan”, “Obod Vatan”, “Erkin va farovon hayot” tushunchalari shu jihatlariga ko‘ra o‘ziga xos ma’no va mazmun kasb etib kelmoqda.
Ozod Vatan - o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish xuquqini to‘la ro‘yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqyeiga ega bo‘lgan mamlakatdir.
Obod Vatan- fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy- siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir. Erkin va farovon hayot - odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishlari jarayonini o‘zida ifodalovchi tushunchadir.
Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotganligi, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotganligi, xalqimizning ma’naviy boyib, ilm- ziyo salohiyati yuksalayotganligi Vatan ravnaqining asosi bo‘lib, bu o‘qzgarishlar jarayonining ustuvor xususiyati - xalqimizning bunyodkorlik faoliyatidir. Xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini to‘la yuzaga chiqarish, iqtisodiyotni ilg‘or texnologiyalar asosida modernizasiya qilish, yoshlarimizni sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasini hayotga tatbiq etish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning milliy mustaqilligi milliy ongning uyg‘onishiga, milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni , ma’naviyatni tiklab odamlarimiz qalbida milliy g‘urur va iftixor hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirishga zamin yaratdi. O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurishning strategik maqsadlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz” va boshqa asarlarida nazariy asoslab berilgan bo‘lib, bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iboratdir 1 - deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov. Bu rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot madellaridan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish; Mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta’minlanadigan demokratik rivojlanish yo‘lini izchil davom ettirish; Shu bilan birga xalkimizning asriy olijanob an’analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga doimo sodiq qolishimiz demakdir.
“Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz,-deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov,- milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. Lekin turli qarash va fikrga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o‘ziga xos maqsadlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oya- yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq
61
manfaati – barchamiz uchun birdek muqaddas bo‘lishi shart. Tom ma’noda mana shunday olijanob tuyg‘ular milliy g‘oya va milliy mafkuramizning ma’no-mazmuniga, mana shu yurtda yashaydigan har qaysi insonning hayot dasturiga aylanishiga erishish darkor”. Boy tarixiy merosimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz bo‘lib hisoblanuvchi Imom Buxoriy, Imom At Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abdulqosim Zamaxshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniylarning ijodida, qomusiy olimlar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug‘bek mutafakkir shoirlar - Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, ulug‘ sarkarda Amir Temur, Bobur, Abdullaxon ijodida va amaliy faoliyatlarida ham erkin va farovon jamiyat qurish g‘oyalari asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Sharq ma’naviy merosi va mutafakkirlarimiz ijodida insonparvar jamiyat qurish g‘oyasi tariximizning barcha davrlarida uzining dolzarbligini saqlab kelgan bo‘lib, bugungi kunda ham davlatimiz olib borayotgan siyosatda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Xalqimiz tarixida ozod Vatan, xalqparvar tuzum ideallari adolatli ish tutish, davlatni qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning xalq tomonidan qo‘llanishi kabi ijtimoiy muammolar Farididdin Attor, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jamollidin Rumiy, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Imom G‘azzoliy, Bedil va boshqa mutafakkirlar ijodida ilgari surilgan bo‘lib, mutafakkirlar insonparvar jamiyat qurish g‘oyasini odil shohga bog‘lab tushuntirishga harakat qilar edilar. Adolatga asoslangan erkin jamiyat g‘oyasi Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar ijodida, tasavvuf talimoti vakillari Xasan Basriy, Abdulla Ansoriy, Abulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xo‘ja Ahror Valiy, Mahdumi A’zam Kasoniy kabilarining asarlarida o‘zining ifodasini topgandir. Adolatga asoslangan, inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish to‘g‘risidagi g‘oyaning asoslari xalqimiz tarixida, eramizdan avvalgi VII asrda, qadimgi Xorazmda zardushtiylik talimoti va uning muqaddas kitobi “Avesto” ning paydo bo‘lishi bilan birga vujudga kelib, tarixiy taraqqiyot davomida doimo rivojlanib, taraqqiy etib borgan.
Abu Nasr Forobiy tomonidan ilgari surilgan fozil jamiyat haqidagi qarashlar bugungi kunda demokratiya deb nomlanayotgan qadriyatlar tizimiga ko‘p jihatdan mos keladi. Xususan, demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri bo‘lgan qonunlarni joriy qilish masalasiga Forobiy quyidagicha yondashadi. “Qonunning o‘zi o‘z holicha oliyjanob va yuqori martabali bo‘lishi kerak va uning nomidan hamda u (qonun) xaqda nimaiki gapirilsa ham mo‘tabar hisoblanishi lozim… Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur o‘rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o‘ziga foyda keltiradilar. Aks holda qonundan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi”.
Qonun mustahkam ruh va oqil idrok tarbiyasiga yo‘naltirilgandagina farovonlik tomon yetaklaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini ta’minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog‘atda yashashga imkon beruvchi, birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz
62
ko‘zlagan maqsadga xizmat qiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat qurish jarayoniga davlat siyosati darajasida o‘z e’tiborini qaratib kelmoqda. Mamlakatimizda farovon, ilg‘or jamiyat barpo etish - maqsad, amalga oshirilayotgan islohatlar-vosita bo‘lib, jamiyatimizda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, o‘z navbatida, islohotlar uchun shart sharoitdir.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini topdiki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri-barqarorlikdir. «Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish» qoidasi hozirda demokratik institutlarni joriy etishni jadallashtirish, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik eng avvalo jamoatchilik faolligiga asoslanishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyot, uning assoiy omillari va shartlari Islom Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida batafsil keltirilgan. Bu kitobda barqaror taraqqiyot shartlari ko‘rsatilgan bo‘lib, bular: a) ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi; b) davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini shakllantirish; v) demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish; g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfini shakllanishi; d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi. 1 Shunday qilib demokratiyani ta’minlash boshqaruv tizimini, fuqarolik tartibini, boshqaruvning qonuniyligi va ishonchliligini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik sharoitidagina amalga oshirilishi mumkin. O‘z navbatida demokratik taraqqiyot ozod va obod Vatan barpo etish yo‘lini ta’minlaydi.
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasi erkinlashtirish, erkin mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Erkin iktisodiy faoliyatga asoslangan bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan erkin va sog‘lom raqobat muhitida o‘rta mulkdorlar qatlami shakllanib boradi. Bu esa o‘z navbatida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishning ijtimoiy negizi hisoblanadi.
Umuminsoniy tamoyillarga asoslangan farovon hayot qurish g‘oyasi xalq hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat qilishini talab etadi.
Prezident Islom Karimovning “Biz hyech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz” degan chaqirig‘ining zaminida boy mazmun mavjud bo‘lib, bunda bugungi yutuqlarimizdan faxr tuyg‘usi ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga chorlov ham, mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonch ham o‘z ifodasini topgan. Mustaqillikdan so‘ng yoshlarni jismonan baquvvat, ma’nan barkamol, aqlan yuksak, ruhan uyg‘oq avlod qilib tarbiyalash millat g‘oyasi sifatida ilgari surildi. Inson Vatanni o‘ylasa, Vatani uchun qayg‘ursa, xalqining erkin va farovon hayotga erishishida ozgina bo‘lsada, o‘zining hissasini qo‘sha olsa, shuning o‘zi xaqiqiy vatanparvarlikdir. Erkin hayot-bu insonning o‘z ixtiyori, qobiliyatini erkin namoyon eta olishidir. Hayot erkin bo‘lgan joyda taraqqiyot bo‘ladi.
63
Shunda inson o‘z salohiyatini yuzaga chiqarib, uning salohiyatini taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Bu farovon hayotga erishishning muhim o‘lchovidir. Ana shunday hayotni yaratishni o‘zining oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1992- yil 8-10 - dekabr kunlari Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» deb nomlanib risola tarzida chop etilgan. Bu risolada O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammolari masalalari tahlil qilingan. Hayotimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarning ildizi xalqimizning ma’naviy uyg‘onishidir, - deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, - Ona tilimizning azaliy xaq-xuquqlari tiklangani, xaqiqiy o‘zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o‘rin olayotgani qadriyatlarimizning o‘z o‘rnini topayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respublikaning barcha fuqarolari va korxonalariga tashabbus hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun teng imkoniyatlar berilib, bozor munosabatlarini bosqichma- bosqich rivojlantirish ta’minlanmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish chora tadbirlari amalga oshirilib, O‘zbekistonda qaror topayotgan ochiq-oydinlik va teng xuquqli sheriklik qoidalariga asoslangan tashqi siyosatni xalqaro jamoatchilik va eng katta moliyaviy, bank tuzilmalari faol qullab-quvvatlanmoqdalar.
O‘zbekiston xorijiy sarmoyalarni boy imkoniyatlari bilangina emas, balki: -avvalambor, respublikada ijtimoiy –siyosiy vaziyatning barqarorligi; - iqtisodiy taraqqiyot istiqbollarining aniq ravshanligi; - respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning izchilligi; - xorijiy sarmoyalar to‘g‘risidagi qonunlarning imtiyozli shartlari bilan ham o‘ziga jalb etmoqda. O‘zbekistonda barqaror va halol bozor iqtisodiyotiga , ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik xuquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etiladi. Hozir yashab turganlarning qismatigina emas, bizdan keyin shu yerda yashaydigan avlodlarimizning taqdiri ham biz qanday davlat qurishimizga bog‘liqdir. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lib, biz quradigan bu jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, xuquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini; insonning ma’naviy – axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak. 1992-yil 8 dekabrda qabul qilingan asosiy qonun, O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasida xam inson xuquqlari va davlat mustaqilligi g‘oyalariga sadoqat, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish, demokratiya va qonuniylikni hurmatlash, xalqaro huquqning jahonda e’tirof etilgan qoidalarini tan olish, O‘zbekiston fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, insonparvar xuquqiy jamiyat barpo etish va nihoyat, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni kafolatlash kabi olijanob maqsadlar o‘z ifodasini topgan edi.
O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining eng maqbul yo‘lini ishlab chiqar ekan , avvalo mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishga e’tibor berdi. Prezident fikricha, O‘zbekistonda 64
bunyod etiladigan jamiyat barcha “izm” lardan xoli bo‘lishi va u qanday nomlanishidan qat’iy nazar, adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim edi. “Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli, jamiyatni bunyod etish bosh vazifadir”, - deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini davom ettirib, u “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, xuquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlardan qa’tiy nazar fuqarolarning xuquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir”, - degan qoidani ilgari suradi. Bu mustaqillikdan keyin qat’iy qilib o‘rtaga tashlangan davlat siyosati edi. Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” risolasida “O‘zbekiston o‘zi uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning xuquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin, - deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.
Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo‘q. Demokratik jamiyatning xalqaro miqiyosda e’tirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning o‘z hohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchillikning ko‘pchillikka bo‘ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o‘tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdek, O‘zbekiston demokratik, fuqarolik jamiyat qurishda xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma’naviy merosimiz ildizlariga, milliy xususiyatlarimiz va boy an’analarimizga tayanish yo‘lini tutdi. O‘zbekiston demokratiya rivojining jahon tajribasi bilan Sharq xalqlari, xususan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va xo‘jalik ana’nalarini uyg‘unlashtirish yo‘lidan bormoqda.
O‘zbekiston shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurish yo‘lini tanladi. Adolat va xaqiqatga intilish azaldan xalqimizning muhim fazilatlaridan biri bo‘lib kelgan. Adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va bahoning asosi bo‘lgan. Adolat va haqiqat goyasi davlatimizning, qonunchilik faoliyatimizning bosh yo‘nalishi, demokratik jamiyat qurilishining asosi qilib olindi. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish, hayotimizning boshqa hamma jabhalari adolat va haqiqatga tayanadi. Ijtimoiy, mulkiy jarayonlar tubdan o‘zgarayotgan paytda davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga – oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishga yo‘l qo‘ymaslik yo‘lini tanladi. 65
Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va ehtiyojlarini to‘la namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga keltirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning o‘ziga – jamiyatdagi o‘rni, mehnat qilish istagiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda O‘zbekiston davlati halol mehnat qilayotgan har bir kishiga o‘z oilasini boqish, bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, o‘zining va qarindosh-urug‘larining qadr-qimmatini himoya qilish uchun barobar imkoniyatlar vujudga keltirish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston davlati fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy hayot tarzini erkin tanlab olishini kafolatlaydi. O‘zbekiston demokratik islohatlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqda. Buning ma’nosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rivojlanib boradi. “Fuqarolik jamiyati” va “Jamiyat” tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat bu kishilar umumiyligi, davlatning butun belgilarini ham o‘z ichiga oladigan birligi. Fuqarolik jamiyati- bu jamiyatning bir qismi, hokimiyatning davlat organlari va boshqaruvidan tashqari qismi. Fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta’siri va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizning fuqarolik jamiyati qurilishi yo‘lidan borayotganligini mustaqillik yillarida vujudga kelgan siyosiy partiyalar va harakatlar, mazmunan yangilangan ko‘plab jamoat tashkilotlarining tashkil topganligi va ularning faoliyati yaqqol ko‘rsatmoqda. Fuqarolik jamiyati, - deb yozadi Islom Karimov – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini- o‘zi kamol toptirishga mone’lik qilmaydi, aksincha yordam beradi.
Bugun jamiyatni demokratik asosda batamom yangilash imkoniga ega bo‘lgan O‘zbekiston uni kafolatlashning eng asosiy me’yoriy, huquqiy hujjati- Konstitusiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi dunyo miqyosida eng mukammal demokratik konstitutsiyalar safidan o‘rin egalladi. Konstitusiya fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni oqilona hal etishda siyosiy jihatdan rasmiylashtirdi. Konstitusiyaviy me’yorlar va qonunlarning ustuvorligi, inson manfaatini ko‘zlab ish yuritilishi mamlakatda barqarorlikning huquqiy jihatdan ta’minlanishi, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy omilidir.
Konstitusiyani ishlab chiqish va uni qabul qilishning o‘zi eng zamonaviy demokratik asosda sodir bo‘ldi. Uning har bir bobi va bandi bir necha bor qayta ko‘rildi. Xalqaro darajadagi ekspertlar maslahati inobatga olindi, barcha mehnat jamoalari va hududlar umumxalq muhokamasidan o‘tdi. Shu bois, qabul qilingandan buyon uning biron-bir bandi o‘z kuchini yo‘qotmadi. Bu esa Konstitutsiyamizning jahon tajribasi, barcha mamlakatlarning konstitutsiyaviy amaliyoti, hamda eng muhimi, xalqimizning ming yillik demokratik ana’lari va negizlarining e’tiborga olinganligining yaqqol isbotidir. 66
O‘zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o‘tishning uchta bosqichini bosib o‘tdi. Ularning har birining xususiyati Prezident Islom Karimov tomonidan ko‘rsatib berildi. Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarini “chuqurlashtirish” (1996 yil) “erkinlashtirish” (1999 yil), “Chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish” (2003 yil) kabi g‘oyalarda belgilab bergan.
Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan tushuncha bo‘lib, siyosiy partiyalar kasaba uyushmalari, kooperativlar, ishbilarmonlar uyushmalari va boshqalar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etadi. O‘zbekistonda “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi amaliyotga tatbiq etilmoqda. Fuqarolik jamiyati qanchalik taraqqiy topgan bo‘lsa, davlatdagi birdamlik barqarorlik va uyg‘unlik shunchalik mustahkam bo‘ladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling