Ijtimoiy iqtisodiy fanlar


Milliy  g‘oyaning  milliy  (asosiy)  tamoyilari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana08.07.2020
Hajmi0.72 Mb.
#123292
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy goya va manaviyat asoslari


     Milliy  g‘oyaning  milliy  (asosiy)  tamoyilari.  tamoyil  tushunchasi  deganda,  avvalambor,  biror  bir 

ta’limotning  eng  muhim  va  teran  xulosalari,  qat’iy  amal  qiladigan  qoida  va  talalar  me’yorlarining 

ifodalaydi. 

 

Milliy  g‘oyaning  ham  milliy  va  ham  umumbashariy  (insoniy)  tamoyillarini  o‘zida  mujassam 



etadi.  Milliy g‘oya bir millatning milliy negizlariga tayanib rivojlanib, shakllanib borsada, shu bilan 

57 

 

birga insoniyat  erishgan  ilg‘or  g‘oyalarga tayanadi  va ularning ta’siri asosida boyib boradi.  Shuning 



uchun ham milily g‘oya o‘zida umuminsoniy g‘oyalarni (tamoyillarni) mujassam etadi. 

 

Milliy g‘oyaning asosiy (milliy) tamoyillarini keltiramiz va ularga qisqa izoh beramiz. 



 

a) Milliy g‘oya, milliy ong, milliy tafakkur va milliy o‘zlikni shakllantirishga yo‘naltiriganligi. 

Milliy  g‘oya,  milliy  ong  va  milliy  tafakkur  mahmuli  va  uning  shakllanishiga  milliy  o‘zlikning  ham 

ta’siri katta bo‘lsada, (milliy g‘oya) uning bu uchlikning ravnaq topishiga ta’siri muhim va kattadir. 

 

Milliy g‘oya, milliy on gav milliy tafakkurning oliy ko‘rinishidir (219-b, 2005). 



 

Milliy ong millatning o‘ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko‘rsatkich (218-b, 2005). 

 

Milliy  tafakkur  millat  hayot  tarzi,  xususiyatlari,  uning  maqsadi  va  manfaatlari  negizlarining 



milliy ongda namoyon bo‘lishi. 

 

b) Millatning birlashtirishga qaratilganligi.  



 

Milliy  g‘oyaning  qudrati  shundaki,  u  milliy  manfaatlarni  to‘laqonli  ifodalashi  bilan  milliy 

hamjihatlikni mustahkam etadi (212-b, 2005). 

 

v) Millatning manfaatlaari fodalashi. 



 

g)  Ilg‘or  milliy  urf-odatlar,  an’analar  va  qadriyatlarning  mustahkamlanishi  va  rivojlanishiga 

asos bo‘lishi. 

 

Jamiyatda  milliy  g‘oyaning  mavqyei  oshib  borishi  bilan  birgalikda  urf-odatlar,  an’analar  va 



qadriyatlarning  jonlanishi  vakamol  topishi  ham  kuzatiladi.  Masalan,  hozirgi  kunda  milliy  istiqlol 

g‘oyasining  jamiyat  tizimidagi  roli  oshib  borishi  qadriyatlarimizning  tiklanishi  va  kamol  topishiga 

ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Buni  hayotimizning  har  jihatida  ko‘rishimiz  mumkin  (janoza  o‘qimoq,  diniy 

bayram, Navro‘z bayrami kabilarni o‘tkazish va boshqalar). 

 

d)  Milliy  g‘urur  tuyg‘usi,  milliy  iftixor  tuyg‘usi  va  milliy  mas’uliyatning  shakllanishi  va 



mustamlakalanishiga zamin bo‘lishi. Milliy g‘oya shu tuyg‘ularini shakllantirishga yo‘naltiradi (220-

b).  


milliy  g‘urur  –  har  bir  insonning  millat  vakili  sifatida  o‘z-o‘zini  anglash  natijasida  sodir 

bo‘ladigan ichki ruhiy holat. Bu tuyg‘u o‘z avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma’naviy 

merosdan,  o‘z  millatining  jahon  sivilizasiyasiga  qo‘shgan  hissasidan,  o‘z  Vatanining  taraqqiyotda 

erishgan  yutuqlardan,  millatning  o‘zga  millatlar  oldidagi  qadr-qimmati,  obro‘-e’tiboridan  ruhining 

ko‘tarilish hissiyotidir (219-b). 

 

Milliy iftixor yutuqlaridan faxrlanish, shodlanish kayfiyati. Bu tuyg‘ular negizida milliy g‘oya 

turadi.Ko‘p  millatli  mamlakatimiz  aholisida  yagona  Vatan  tuyg‘usini  (ruhiyati)  shakllanishiga  asos 

bo‘lish. 

 

Milliy  g‘oya  –  mamlakatimizda  yashayotgan  barcha  millat  va  elat  vakillarida  vatanparvarlik, 



unga egalik qilish, uning istiqboli oldida mas’ullik kabi hissiyotini shakllantirishga asos bo‘lish. 

58 

 

 



yo)  Milliy  meros,  tarixiy  xotirani  asrash,  o‘zlashtirish  va  keyingi  avlodga  yetkazishning 

ma’naviy-ruhiy  manbasi  bo‘lishi.  yoshlarimzda  Vatanparvarlik,  millatparvarlik,  xalqparvarlik  va 

umuminsoniylik ma’naviy, ruhiy salohiyatini shakllantirshga qaratilganligi. 

 

- men kimman; 



 

- mening avlod-ajdodlarim kim; 

 

- qaysi millatga mansubman



 

-  mening  ona  zaminim  qayerda  kabi  savollarni  o‘ziga  berish  va  uni  javob  topishni  milliy 

g‘oyadan izlash. 

 

z) Millatimizning mustaqil subyekt sifatida maqomini aks ettirish; 



 

i) millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma’naviy ruhiy manba bo‘lishi.  

 

Millatning  mustaqil  bo‘lishi,  uning  o‘z  taqdirini  o‘zi  hal  etish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishida 



milliy g‘oya asosiy manba bo‘ladi.  

 

k)  millatimizning  o‘zi  bilan  yonma-yon  yashayotgan  millat  va  elat  vakillarining  o‘z  atrofiga 



uyushtirish,  ular  bilan  tinch-totuv  yashash,  ularga  hurmat,  ehtirom  bilan  qarash,  yordam  ko‘rsatish, 

hamkorlikni  mustahkamlash  va  ular  asosida  yagona  O‘zbekiston  xalqi  tuyg‘usining  shakllanishiga 

manba bo‘lishi. 

 

l) O‘zbekiston xalqiga milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish. 



 

m) Komil inson g‘oyasini shakllantirish milliy g‘oyaning muhim vazifasi hisoblanadi (119-b). 



Milliy g‘oyaning umuminsoniy tamoyillari. 

 

Milliy  g‘oya  millatimizning  manfaatlarini  ifoda  etsada,  unda  umuminsoniy  tamoyillari  ham 



uyg‘un holda o‘z aksini topadi. 

 

Milliy g‘oyaning umuminsoniy tamoyillarining ayrimlarini quyidagilar tashkil qiladi: 



1)  – milliy mahdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan holi bo‘lish; 

2)  – urush olovini yoqish, o‘zga millatlarga zulm o‘tkazishdan holi bo‘lish; 

3)  – adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini o‘zida ifoda etishi; 

4)  –  jahon  xalqlari  yaratgan  sivilizasiya  yutuqlarini  asrash  va  keyingi  avlodga  yetkazishda 

ma’naviy-ruhiy omil bo‘lish; 

5)  –  insoniyatga  xavf  solayotgan  global  muammolarning  tahdidini  keng  tashviqot  qilish 

vakurashish; 

6)  – diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining o‘zida ifodalash

7)  – inson haq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrligini himoya qilish; 

8)  – qonun ustuvorligini, millatlararo  hamjhatlikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish 

va mustahkamlashga asos bo‘lishi; 

9)  – har millatning urf-odatlari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilg‘or tajribalarini o‘rganish; 



59 

 

– vayronkor va turli g‘arazli g‘oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g‘oyalar rivojlanishining 



omili bo‘lish  

  Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish – milliy 

istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi. 

Milliy  g‘oya  millat  taraqqiyotini,  uning  barqarorligini    ta’minlashning  asosiy  manbasidir. 

Milliy  g‘oya  tushunchasining    mohiyat,    mazmuni  Prezident  I.A.Karimov  asarlari  bo‘yicha  ishlab 

chiqilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va  tamoyillar”  konsepsiyasida  ta’riflab berilgan 

bo‘lib,  “Milliy g‘oya - inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni  ezgu  maqsad  

sari    yetaklaydigan    fikrlar  majmuidir”

1

    Boshqacha  qilib  aytganda    milliy  g‘oya    -    milliy    ongni  



uyg‘otuvchi, millatning  o‘zligini   anglatuvchi,  o‘ziga xoslikka, mentalitetga «qiyofa» baxsh etuvchi, 

milliy  ruhiyat, g‘urur, iftixor, e’tiqod va  mas’ullik  tuyg‘ularini  shakllantiruvchi  fikrdir. 

 

 Milliy  istiklol  goyasi  Vatan    tuyg‘ulari    bilan  bevosita    uyg‘unlikda  mavjud  bo‘lib,    har    bir 



millat    vakilining    o‘z  Vatani    farovonligi  uchun    fidoyilik    ko‘rsatish  muqaddas  qadriyat  bo‘lib 

hisoblanadi.  

 

 Mustaqillik yillarida  Prezident Islom Karimov  tomonidan  ishlab chiqilgan, bugungi   kunda 



izchillik bilan hayotga  tatbiq etilayotgan konseptual g‘oyalar Vatanimiz taraqqiyotining   nazariy  va 

amaliy    manbaidir.    Ana  shu    g‘oyalarga  muvofiq  bizning  bosh  strategik  maqsadimiz  –  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin  demokratik  jamiyat  barpo  etishdir.  Milliy  g‘oya  hyech  qachon 

Vatandan  tashqarida    ildiz    otmaydi  va  rivojlanmaydi.    Vatanning    ravnaqiga  xizmat  qilmaydigan 

g‘oya  hyech  qachon  milliy  g‘oya  bo‘la  olmaydi.  Milliy  istiqlol  g‘oyasining  kuchi,    qudrati  va  

hayotiyligi shundan iboratki,  uning bosh  strategik maqsadi – Ozod va obod Vatan, erkin  va  farovon 

hayot    qurishdan  iboratdir.  Har    birimiz  o‘zimizning  yaratuvchilik,  bunyodkorlik  faoliyatimiz,  halol 

mehnatimiz    bilan  o‘zimizdan  keyingi  avlodlarga  ozod  va    obod    Vatanni    qoldirishimiz    kelgusi 

avlodlar, nasl - nasablarimiz oldidagi   burchimizdir.  Xalqimiz tarixiy  taraqiyotimiz  davomida ozod 

va obod  Vatan, erkin  va farovon hayot orzusida yashab keldi va bugungi  kunda  ham  O‘zbekiston 

xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi  asosiy maqsadi bu ozod va obod  Vatan, erkin va farovon  hayot 

barpo  etishdan  iborat  bo‘lib  kelmoqda.    Bu  g‘oya    xalqimizning    tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida  

millatimizning azaliy  orzu  umidlarini,  intilishlarini, bunyodkorlik  faoliyatining ma’no mazmunini 

ifodalagan  va  bugungi  kunda    ham    ifodalab  kelmoqda.  Inson    muayyan    makonda  tug‘iladi,  hayot 

kechiradi va shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan hisoblanadi. Dilida Vatan tuyg‘usi 

shakllanmagan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan zaminga mehr-muhabbat tuyg‘usi jo‘sh urmagan kishini chinakam 

inson  deb  bo‘lmaydi.  Shu  bilan  birgalikda  inson  baxt-saodat  uchun  tug‘iladi  va  u  ana  shu  baxt 

saodatga  o‘zi  tug‘ilib  o‘sayotgan  Vatanida  erishini  orzu  qiladi.  Xar  bilan  baxt-saodatni  yurt  rivoji, 

uning  ozod  va  obodligi  bilan  uyg‘un  holatda  qurishga  intiladi,  bu  yo‘lda  harakat  qiladi,  Vatan 

ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shuning uchun bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolari uchun “Ozod 



60 

 

Vatan”, “Obod Vatan”, “Erkin va farovon hayot” tushunchalari shu jihatlariga ko‘ra o‘ziga xos ma’no 



va mazmun kasb etib kelmoqda. 

 

Ozod  Vatan  -  o‘z  taqdirini  o‘zi  mustaqil  hal  etish  xuquqini  to‘la  ro‘yobga  chiqara  olgan 



millatning  yashash  makoni  bo‘lib,  jahon  hamjamiyatida  o‘z  o‘rniga,  nufuziga  va  mavqyeiga  ega 

bo‘lgan mamlakatdir. 

 

Obod Vatan- fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-



siyosiy xavfsizlikda  farovon hayot qurish ishtiyoqida  yashayotgan hududdir. Erkin va farovon hayot - 

odamlarning  yuqori  darajadagi  moddiy  va  ma’naviy  ne’matlarga  erkin  tarzda,  o‘zlarining  bor 

qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishlari jarayonini o‘zida ifodalovchi tushunchadir. 

 

Bugungi  kunda  jamiyatimizda  tadbirkorlik,  erkin  iqtisodiy  faoliyat  keng  rivojlanayotganligi, 



davlatimizning  iqtisodiy  qudrati  ortayotganligi,  xalqimizning  ma’naviy  boyib,  ilm-  ziyo  salohiyati  

yuksalayotganligi  Vatan ravnaqining asosi bo‘lib, bu o‘qzgarishlar jarayonining  ustuvor xususiyati  - 

xalqimizning  bunyodkorlik  faoliyatidir.  Xalqimizning  bunyodkorlik  salohiyatini  to‘la  yuzaga 

chiqarish,  iqtisodiyotni  ilg‘or  texnologiyalar  asosida  modernizasiya  qilish,  yoshlarimizni  sog‘lom  va 

barkamol  qilib  voyaga  yetkazish  milliy  istiqlol  mafkurasining  bosh  g‘oyasini  hayotga  tatbiq  etish 

jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

O‘zbekistonning milliy mustaqilligi milliy ongning uyg‘onishiga, milliy qadriyatlar, madaniyat 



va an’analarni , ma’naviyatni tiklab odamlarimiz  qalbida milliy g‘urur va iftixor hamda vatanparvarlik  

tuyg‘ularini kamol toptirishga  zamin yaratdi.  O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurishning  strategik 

maqsadlari    O‘zbekiston  Prezidenti    Islom  Karimovning    “Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon 

hayot-pirovard  maqsadimiz”  va  boshqa  asarlarida    nazariy  asoslab  berilgan  bo‘lib,  bizning  bosh 

strategik    maqsadimiz  qat’iy  va  o‘zgarmas  bo‘lib,  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin  demokratik  

davlat  barpo  etish,  fuqarolik  jamiyatining  mustahkam  poydevorini  shakllantirishdan  iboratdir

1

  -  deb 



ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov.  Bu rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot madellaridan 

ko‘r-ko‘rona  nusxa  ko‘chirmagan  holda,  ularga  xos  yuksak    hayot  darajasi  va  sifatiga  erishish; 

Mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonning  barcha huquq va erkinliklari 

kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta’minlanadigan  demokratik rivojlanish yo‘lini izchil davom 

ettirish;  Shu  bilan  birga  xalkimizning  asriy  olijanob  an’analariga,  muqaddas  dinimizning 

insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga  doimo sodiq qolishimiz demakdir. 

 

“Bu  sohadagi  eng  asosiy  vazifamiz,-deb  ta’kidlaydi  Prezident  Islom  Karimov,-  milliy 



qadriyatlarimizni  tiklash,  o‘zligimizni  anglash,  milliy  g‘oya  va  mafkurani  shakllantirish,  muqaddas 

dinimizning  ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan 

ezgu  ishlarimizni  izchillik  bilan    davom  ettirish,  ularni  yangi  bosqichga  ko‘tarish  va  ta’sirchanligini 

kuchaytirishdir.  Lekin  turli  qarash  va  fikrga  ega  bo‘lgan  ijtimoiy  qatlamlar,  siyosiy  kuch  va 

harakatlarning  o‘ziga  xos  maqsadlarini  uyg‘unlashtiruvchi  g‘oya-  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq 


61 

 

manfaati  –  barchamiz  uchun  birdek  muqaddas  bo‘lishi  shart.  Tom  ma’noda  mana  shunday  olijanob 



tuyg‘ular milliy g‘oya va milliy mafkuramizning ma’no-mazmuniga, mana shu yurtda yashaydigan har 

qaysi  insonning  hayot  dasturiga    aylanishiga  erishish  darkor”.  Boy  tarixiy  merosimiz,  ma’naviy 

qadriyatlarimiz bo‘lib hisoblanuvchi Imom Buxoriy, Imom At Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin 

Kubro, Abdulqosim Zamaxshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniylarning ijodida, qomusiy olimlar Abu Nasr 

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug‘bek mutafakkir shoirlar  - Yusuf  Xos Hojib, 

Alisher Navoiy, ulug‘ sarkarda Amir Temur, Bobur, Abdullaxon ijodida va amaliy faoliyatlarida  ham 

erkin va farovon jamiyat qurish g‘oyalari asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Sharq ma’naviy merosi  va 

mutafakkirlarimiz ijodida insonparvar jamiyat qurish g‘oyasi tariximizning barcha  davrlarida uzining 

dolzarbligini saqlab kelgan bo‘lib, bugungi kunda ham davlatimiz  olib borayotgan siyosatda muhim 

ahamiyat kasb etib kelmoqda. 

 

Xalqimiz tarixida ozod Vatan, xalqparvar tuzum ideallari adolatli ish tutish,  davlatni qonunlar 



orqali  boshqarish,  qabul  qilinayotgan  tadbirlarning  xalq  tomonidan  qo‘llanishi  kabi  ijtimoiy 

muammolar  Farididdin  Attor,  Abduraxmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy,  Jamollidin  Rumiy,  Bahovuddin 

Naqshbandiy,  Najmiddin  Kubro,  Imom  G‘azzoliy,  Bedil  va  boshqa  mutafakkirlar    ijodida  ilgari 

surilgan bo‘lib, mutafakkirlar insonparvar jamiyat qurish g‘oyasini odil shohga bog‘lab tushuntirishga 

harakat  qilar  edilar.    Adolatga  asoslangan  erkin  jamiyat  g‘oyasi  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayhon 

Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar ijodida, tasavvuf talimoti vakillari Xasan Basriy, 

Abdulla Ansoriy, Abulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abduraxmon  Jomiy, Alisher Navoiy, 

Xo‘ja  Ahror  Valiy,  Mahdumi  A’zam  Kasoniy  kabilarining  asarlarida  o‘zining  ifodasini  topgandir. 

Adolatga asoslangan, inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo  etish to‘g‘risidagi g‘oyaning 

asoslari  xalqimiz  tarixida,  eramizdan  avvalgi  VII  asrda,  qadimgi  Xorazmda  zardushtiylik  talimoti  va 

uning  muqaddas  kitobi  “Avesto”  ning  paydo  bo‘lishi  bilan  birga  vujudga  kelib,  tarixiy  taraqqiyot 

davomida doimo rivojlanib, taraqqiy etib borgan.  

 

Abu  Nasr  Forobiy  tomonidan  ilgari  surilgan  fozil  jamiyat  haqidagi  qarashlar  bugungi  kunda 



demokratiya  deb  nomlanayotgan  qadriyatlar  tizimiga  ko‘p  jihatdan  mos  keladi.  Xususan, 

demokratiyaning  asosiy  mezonlaridan  biri  bo‘lgan  qonunlarni    joriy  qilish  masalasiga  Forobiy 

quyidagicha yondashadi. “Qonunning o‘zi o‘z holicha oliyjanob va yuqori martabali bo‘lishi kerak  va 

uning  nomidan    hamda  u  (qonun)  xaqda  nimaiki  gapirilsa  ham  mo‘tabar  hisoblanishi  lozim…  Xalq 

qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur o‘rganishi zarur, chunki ular  keyinchalik xalqning  o‘ziga 

foyda keltiradilar. Aks holda  qonundan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi”. 

  

Qonun  mustahkam  ruh  va  oqil  idrok    tarbiyasiga  yo‘naltirilgandagina    farovonlik  tomon 



yetaklaydi.  Bugungi  kunda  O‘zbekistonda  barpo  etilayotgan  jamiyatning  oliy  maqsadlaridan  biri 

insonlarning farovon hayotini ta’minlashdir. Jamiyatni boshqarishda  odamlarni farog‘atda yashashga 

imkon    beruvchi,  birdamlikka  yetaklovchi,  intizomni  shakllantiruvchi  qonunlarni  yaratish  ayni  biz 


62 

 

ko‘zlagan  maqsadga  xizmat  qiladi.    Bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi    Prezidenti  Islom 



Karimov    milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga    tayangan  holda  ozod  va  obod  Vatan,  demokratik 

jamiyat  qurish jarayoniga  davlat siyosati darajasida  o‘z e’tiborini qaratib kelmoqda. Mamlakatimizda 

farovon,  ilg‘or  jamiyat    barpo  etish  -  maqsad,  amalga  oshirilayotgan  islohatlar-vosita  bo‘lib, 

jamiyatimizda  hukm  surayotgan  ijtimoiy-siyosiy    barqarorlik,  o‘z  navbatida,  islohotlar  uchun    shart 

sharoitdir. 

 

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa  aniq isbotini topdiki, ozod va farovon 



hayotni    barpo  etishning  asosiy  omillaridan  biri-barqarorlikdir.  «Kuchli  davlatdan  kuchli  jamiyatga 

o‘tish»  qoidasi  hozirda    demokratik  institutlarni    joriy  etishni  jadallashtirish,  jamiyatdagi  ijtimoiy  

barqarorlik  eng avvalo jamoatchilik  faolligiga asoslanishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistondagi 

barqaror  taraqqiyot,  uning  assoiy  omillari  va  shartlari  Islom  Karimovning  “O‘zbekiston  XXI  asr 

bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari”  kitobida    batafsil 

keltirilgan. Bu kitobda barqaror taraqqiyot shartlari ko‘rsatilgan bo‘lib,  bular: a) ma’naviy qadriyatlar 

va    milliy  o‘zlikni  anglashning  tiklanishi;  b)  davlatchilikni  shakllantirish    va  mudofaa  qobiliyatini 

shakllantirish;  v)  demokratik  institutlarni  va  fuqarolik    jamiyati  asoslarini  shakllantirish;    g)  bozor 

munosabatlarining qaror  topishi va mulkdorlar sinfini shakllanishi; d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi 

ijtimoiy  faolligining  ortishi.

1

  Shunday  qilib  demokratiyani  ta’minlash  boshqaruv  tizimini,  fuqarolik 



tartibini,  boshqaruvning  qonuniyligi    va  ishonchliligini  ifodalovchi    ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik  

sharoitidagina amalga oshirilishi mumkin. O‘z navbatida  demokratik  taraqqiyot ozod va obod Vatan 

barpo etish  yo‘lini ta’minlaydi. 

 

Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  qurish    g‘oyasi    erkinlashtirish,  erkin  mehnat 



faoliyati  va tadbirkorlikni  rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Erkin iktisodiy faoliyatga 

asoslangan bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan erkin  va sog‘lom raqobat muhitida o‘rta mulkdorlar 

qatlami    shakllanib  boradi.  Bu  esa  o‘z  navbatida,  ozod  va  obod    Vatan,    erkin  va  farovon  hayot  

qurishning ijtimoiy negizi  hisoblanadi. 

 

Umuminsoniy  tamoyillarga  asoslangan  farovon  hayot  qurish  g‘oyasi    xalq  hukumatga  emas, 



hukumat xalqqa xizmat qilishini talab etadi. 

 

Prezident  Islom  Karimovning  “Biz  hyech  kimdan  kam  emasmiz  va  kam  bo‘lmaymiz”  degan 



chaqirig‘ining zaminida  boy mazmun  mavjud bo‘lib,  bunda bugungi  yutuqlarimizdan faxr tuyg‘usi 

ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga  chorlov ham,  mamlakatimizning buyuk kelajagiga  ishonch ham 

o‘z  ifodasini  topgan.  Mustaqillikdan  so‘ng  yoshlarni  jismonan  baquvvat,  ma’nan  barkamol,  aqlan 

yuksak,    ruhan  uyg‘oq  avlod  qilib  tarbiyalash    millat  g‘oyasi  sifatida    ilgari  surildi.  Inson  Vatanni 

o‘ylasa,  Vatani  uchun  qayg‘ursa,  xalqining  erkin  va  farovon  hayotga  erishishida  ozgina  bo‘lsada, 

o‘zining hissasini qo‘sha olsa,  shuning o‘zi xaqiqiy vatanparvarlikdir. Erkin hayot-bu insonning o‘z 

ixtiyori,  qobiliyatini  erkin  namoyon  eta  olishidir.  Hayot  erkin  bo‘lgan  joyda    taraqqiyot  bo‘ladi. 


63 

 

Shunda  inson  o‘z  salohiyatini  yuzaga  chiqarib,    uning  salohiyatini  taraqqiyotning  muhim  omiliga 



aylanadi.  Bu  farovon  hayotga  erishishning  muhim  o‘lchovidir.  Ana  shunday  hayotni  yaratishni 

o‘zining oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo‘ladilar. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1992- yil 8-10 - dekabr kunlari Oliy 



Kengashning  o‘n  birinchi  sessiyasida    so‘zlagan  nutqi  «O‘zbekiston  kelajagi  buyuk  davlat»  deb 

nomlanib risola tarzida chop etilgan. Bu risolada O‘zbekiston Respublikasi  taraqqiyotining iqtisodiy, 

ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  muammolari  masalalari  tahlil  qilingan.  Hayotimizda  bo‘layotgan 

o‘zgarishlarning  ildizi  xalqimizning  ma’naviy  uyg‘onishidir,  -  deb  ta’kidlaydi  Prezident  Islom 

Karimov,  -  Ona  tilimizning  azaliy    xaq-xuquqlari  tiklangani,  xaqiqiy  o‘zbekona  urf-odatlarimizning 

hayotdan o‘rin olayotgani qadriyatlarimizning o‘z o‘rnini topayotgani ham  odamlar kayfiyatiga ijobiy 

ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Respublikaning  barcha  fuqarolari  va  korxonalariga  tashabbus  hamda 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  teng  imkoniyatlar  berilib,    bozor  munosabatlarini  bosqichma-

bosqich  rivojlantirish  ta’minlanmoqda.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  chora  tadbirlari 

amalga  oshirilib,    O‘zbekistonda  qaror  topayotgan  ochiq-oydinlik    va  teng  xuquqli    sheriklik 

qoidalariga  asoslangan tashqi siyosatni  xalqaro jamoatchilik  va eng katta moliyaviy, bank tuzilmalari 

faol qullab-quvvatlanmoqdalar. 

 

O‘zbekiston xorijiy sarmoyalarni  boy imkoniyatlari bilangina emas, balki: 



 

-avvalambor,  respublikada  ijtimoiy  –siyosiy    vaziyatning  barqarorligi;  -  iqtisodiy    taraqqiyot 

istiqbollarining    aniq  ravshanligi;    -  respublikada  o‘tkazilayotgan  iqtisodiy  islohatlarning  izchilligi;  -

xorijiy  sarmoyalar  to‘g‘risidagi  qonunlarning    imtiyozli  shartlari  bilan  ham  o‘ziga  jalb  etmoqda. 

O‘zbekistonda barqaror va halol  bozor iqtisodiyotiga , ochiq tashqi siyosatga  asoslangan demokratik  

xuquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etiladi. Hozir yashab turganlarning qismatigina emas, bizdan 

keyin  shu  yerda    yashaydigan  avlodlarimizning  taqdiri  ham    biz  qanday  davlat  qurishimizga  

bog‘liqdir. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lib, biz quradigan bu jamiyat O‘zbekiston xalqining 

munosib turmushini, xuquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz  va madaniyatimiz  

qayta  tiklanishini;    insonning  ma’naviy  –  axloqiy  barkamolligini  ta’minlashi  kerak.  1992-yil  8 

dekabrda  qabul  qilingan    asosiy  qonun,  O‘zbekiston  Respublikasi  konstitusiyasida    xam  inson 

xuquqlari    va  davlat  mustaqilligi  g‘oyalariga  sadoqat,  hozirgi  va  kelajak  avlodlar    oldidagi  yuksak 

mas’uliyatni  anglash,  o‘zbek  davlatchiligining  tarixiy  tajribasiga  tayanish,  demokratiya  va 

qonuniylikni hurmatlash, xalqaro huquqning  jahonda e’tirof etilgan qoidalarini tan olish, O‘zbekiston 

fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash, insonparvar xuquqiy jamiyat  barpo etish va 

nihoyat,  fuqarolar  tinchligi  va  milliy  hamjihatlikni  kafolatlash  kabi  olijanob  maqsadlar  o‘z  ifodasini 

topgan edi. 

 

O‘zbekiston  o‘z  taraqqiyotining  eng  maqbul  yo‘lini  ishlab  chiqar  ekan  ,  avvalo  mamlakatda  



yaratilajak  jamiyat    qanday  mazmun  kasb  etishga  e’tibor  berdi.  Prezident  fikricha,  O‘zbekistonda 

64 

 

bunyod etiladigan jamiyat barcha  “izm” lardan  xoli bo‘lishi va u qanday nomlanishidan qat’iy nazar, 



adolatli,  xalqchil,  insonparvar  jamiyat  bo‘lmog‘i  lozim  edi.  “Respublikada  sobitqadamlik  bilan  

xalqchil, adolatli, jamiyatni bunyod etish bosh vazifadir”, - deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini  

davom ettirib, u “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, xuquqiy davlatdir. Bu 

insonparvarlik    qoidalariga    asoslangan,  millati,  dini,  ijtimoiy  ahvoli,  siyosiy    e’tiqodlardan  qa’tiy 

nazar  fuqarolarning  xuquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlab  beradigan  davlatdir.  Xalq  davlat 

hokimiyatining manbaidir”, - degan qoidani ilgari suradi. Bu mustaqillikdan keyin qat’iy qilib o‘rtaga 

tashlangan  davlat  siyosati  edi.  Prezident  Islom  Karimov  “O‘zbekiston  -  bozor  munosabatlariga 

o‘tishning  o‘ziga  xos  yo‘li”  risolasida  “O‘zbekiston  o‘zi  uchun  tanlab  olgan  yo‘l  ijtimoiy  sohaga 

yo‘naltirilgan,  respublikaning  manfaatlariga,  shart-sharoitlari  va  xususiyatlariga  eng  ko‘p    darajada 

mos  keladigan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishga  qaratilgandir.  Ayni  mana  shunday  yo‘l 

O‘zbekiston  xalqining    munosib  turmushini,  uning  xuquqlari  va  erkinliklarini    kafolatlashi,  milliy 

an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida  ma’naviy axloqiy kamol topishini 

ta’minlashi mumkin, - deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi. 

 

Demokratik  jamiyat  qurish  bobida    hamma  davlat  uchun  tayyor    qolip  va  andozalar  yo‘q. 



Demokratik  jamiyatning  xalqaro  miqiyosda    e’tirof  etilgan  bir  qator  tamoyillari  bor.  Chunonchi,  

insonning  o‘z  hohish-irodasini  erkin  bildirishi  va  uni  amalga  oshirishi;  ozchillikning  ko‘pchillikka 

bo‘ysunishi;  davlat  va  jamiyat  boshqaruvida    qonun  ustivorligi;    davlat  asosiy  organlarining    saylab 

qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar.  O‘zbekiston demokratik jamiyat 

qurishda    jahon  xalqlari    tajribasi  sinovidan  o‘tgan  ana  shu  tamoyillarga    asoslandi.  Shuningdek, 

O‘zbekiston  demokratik,    fuqarolik  jamiyat  qurishda    xalqimizning  necha  ming  yillik  tarixiy  va 

ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy  davlatchiligimiz negizlariga, ma’naviy merosimiz ildizlariga, 

milliy  xususiyatlarimiz  va  boy  an’analarimizga  tayanish  yo‘lini  tutdi.  O‘zbekiston  demokratiya  

rivojining  jahon tajribasi bilan Sharq xalqlari, xususan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan  ijtimoiy-siyosiy, 

ma’naviy va xo‘jalik ana’nalarini uyg‘unlashtirish yo‘lidan bormoqda. 

 

O‘zbekiston  shunchaki  demokratik  jamiyat  emas,  demokratik    odil  jamiyat  qurish    yo‘lini 



tanladi. Adolat va xaqiqatga intilish  azaldan xalqimizning  muhim fazilatlaridan  biri  bo‘lib kelgan. 

Adolat  g‘oyasi  mansabdor  shaxslarga  qo‘yiladigan  talab  va  bahoning    asosi  bo‘lgan.    Adolat  va 

haqiqat  goyasi    davlatimizning,  qonunchilik  faoliyatimizning  bosh  yo‘nalishi,  demokratik  jamiyat 

qurilishining asosi qilib olindi. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va 

soliq, tabiatni muhofaza qilish, hayotimizning boshqa hamma jabhalari  adolat va haqiqatga tayanadi. 

Ijtimoiy, mulkiy jarayonlar tubdan o‘zgarayotgan paytda davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga  – 

oshib-toshib  ketgan  boylaru  kambag‘al-qashshoqlarga  bo‘linib  ketishga  yo‘l  qo‘ymaslik    yo‘lini 

tanladi. 



65 

 

 



 Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun  avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va 

ehtiyojlarini to‘la namoyon etish  va amalga oshirishlari  uchun zarur dastlabki  imkoniyatlar  yaratish 

lozim  deb  ta’kidlaydi.  Mamlakatimizda  bunday  imkoniyatlarni  vujudga  keltirish,  uning  huquqiy 

mexanizmini yaratishga  katta e’tibor berilmoqda.  Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina  

har  bir  insonning  taqdiri,  turmushi  uning  o‘ziga  –  jamiyatdagi  o‘rni,  mehnat  qilish    istagiga  bog‘liq 

bo‘ladi. Ayni paytda O‘zbekiston davlati  halol mehnat qilayotgan har bir kishiga o‘z oilasini boqish, 

bilim  olish,  tibbiy  xizmatdan    foydalanish,  o‘zining  va  qarindosh-urug‘larining  qadr-qimmatini  

himoya qilish  uchun   barobar imkoniyatlar vujudga keltirish  yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston davlati  

fuqarolarning    siyosiy-ijtimoiy  va  ma’naviy    hayot  tarzini  erkin  tanlab  olishini  kafolatlaydi.  

O‘zbekiston  demokratik  islohatlarni  amalga  oshirar  ekan,  fuqarolik  jamiyati  qurishga  intilmoqda. 

Buning  ma’nosi  shuki,  boshqaruvning  turli  xil  vazifalari    bevosita  xalqqa  topshiriladi,  o‘zini-o‘zi 

boshqarish  organlari    rivojlanib  boradi.  “Fuqarolik  jamiyati”  va  “Jamiyat”  tushunchalari    aynan  bir 

narsa  emas.  Jamiyat  bu  kishilar  umumiyligi,  davlatning  butun  belgilarini  ham  o‘z  ichiga  oladigan 

birligi. Fuqarolik jamiyati- bu jamiyatning bir qismi, hokimiyatning davlat organlari va boshqaruvidan 

tashqari qismi. Fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga 

birlashish darajasi,  siyosiy  va jamoat tashkilotlarining  ta’siri va  taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. 

 

Mamlakatimizning  fuqarolik  jamiyati  qurilishi  yo‘lidan  borayotganligini  mustaqillik  yillarida  



vujudga  kelgan  siyosiy  partiyalar  va  harakatlar,  mazmunan  yangilangan  ko‘plab  jamoat 

tashkilotlarining  tashkil  topganligi  va  ularning  faoliyati    yaqqol  ko‘rsatmoqda.  Fuqarolik  jamiyati,  - 

deb  yozadi Islom Karimov – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun  ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini-

o‘zi kamol toptirishga mone’lik qilmaydi, aksincha yordam beradi. 

 

Bugun jamiyatni demokratik asosda  batamom yangilash  imkoniga ega bo‘lgan  O‘zbekiston 



uni  kafolatlashning      eng  asosiy  me’yoriy,  huquqiy  hujjati-  Konstitusiyasiga  ega.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitusiyasi  dunyo  miqyosida  eng  mukammal    demokratik  konstitutsiyalar  safidan 

o‘rin egalladi. Konstitusiya fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni oqilona hal 

etishda siyosiy jihatdan rasmiylashtirdi. Konstitusiyaviy me’yorlar va qonunlarning ustuvorligi, inson 

manfaatini  ko‘zlab  ish  yuritilishi  mamlakatda  barqarorlikning  huquqiy  jihatdan  ta’minlanishi, 

fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy omilidir. 

 

Konstitusiyani  ishlab  chiqish  va  uni  qabul  qilishning  o‘zi  eng  zamonaviy  demokratik  asosda 



sodir bo‘ldi.  Uning har bir bobi  va bandi  bir necha bor qayta ko‘rildi.  Xalqaro darajadagi  ekspertlar 

maslahati inobatga olindi, barcha mehnat jamoalari va hududlar umumxalq muhokamasidan o‘tdi. Shu 

bois,  qabul  qilingandan  buyon  uning  biron-bir  bandi  o‘z  kuchini  yo‘qotmadi.  Bu  esa 

Konstitutsiyamizning  jahon  tajribasi,  barcha  mamlakatlarning  konstitutsiyaviy  amaliyoti,  hamda  eng 

muhimi,  xalqimizning  ming  yillik  demokratik  ana’lari  va  negizlarining  e’tiborga  olinganligining 

yaqqol isbotidir. 



66 

 

 



O‘zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o‘tishning uchta bosqichini bosib o‘tdi. 

Ularning  har  birining  xususiyati  Prezident  Islom  Karimov  tomonidan  ko‘rsatib  berildi.  Prezident 

demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarini “chuqurlashtirish” (1996 yil) “erkinlashtirish” (1999 

yil),  “Chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirish”  (2003  yil)  kabi  g‘oyalarda 

belgilab bergan.  

 

Fuqarolik  jamiyati  -  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  hayot  sohasiga  to‘g‘ri  keladigan 



tushuncha bo‘lib, siyosiy partiyalar kasaba uyushmalari, kooperativlar, ishbilarmonlar uyushmalari va 

boshqalar  fuqarolik  jamiyatining  negizini  tashkil  etadi.  O‘zbekistonda  “Kuchli  davlatdan  kuchli 

fuqarolik  jamiyati  sari”  konsepsiyasi  amaliyotga  tatbiq  etilmoqda.  Fuqarolik  jamiyati  qanchalik 

taraqqiy topgan bo‘lsa, davlatdagi birdamlik barqarorlik va uyg‘unlik shunchalik mustahkam bo‘ladi.    

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


67 

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling