Ijtimoiy iqtisodiy fanlar
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy goya va manaviyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MAVZU: Milliy g‘oya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida maktab ta’limining o‘rni. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar) Reja
- Jihozlar
- Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil
- Karimov
- Shuni yana bir bor ta’kidlashni istardimki, jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch – milliy g’oya, milliy
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. 11
Ya’ni, bugungi kunda dunyo nafaqat iqtisodiy munosabatlarning, balki mafkuraviy jarayonlarning ham globallashuvi, insoniyatning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga oid barcha sohalarning intеgratsiyalashuvi bilan xaraktеrlanadi. Bir tomondan, insoniyatning tarixida qo‘lga kiritilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning intеgratsiyalashuvi ro‘y bеrmoqda, ikkinchidan, jahon maydonida turli millatlarning kеlajagiga xavf tug‘diradigan salbiy g‘oyalarning ham globallashuvi sodir bo‘lmoqda. Dеmak, globallashuv bir tomondan umumiy taraqqiyotga xizmat qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa ma’naviy tubanlik va axloqsizlikni o‘z ichiga olgan “Ommaviy madaniyat” mafkurasining kirib kеlishini tеzlatishga xizmat qilmoqda. Kompyutеr tеxnologiyalari, kino, estrada, intеrnеt orqali “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kеlayotgan mafkuraviy, ma’naviy tahdidlar bеvosita yosh avlod ma’naviyatiga yot g‘oyalarni singdirishga xizmat qilayotgani ma’lum. Odamlar ongiga ta’sir qiluvchi turli xildagi axborot vositalari, tasvirli va ovozli uzatish moslamalari, kompyutеr, uyali tеlеfon va hokazolar manipulyatsiyaning – ma’naviy hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan yovuz xurujning zamonaviy qurollariga aylantirildi. Yoshlarning bunday xatarlar domiga ilinib qolishi esa millat uchun qadrli bo`lgan azaliy an’analar, urf-odatlarning unutilib borishi xavfini kеltirib chiqarishi mumkinligini nazarda tutib, Prеzidеnt Islom Karimov o`zining “Yuksak ma’naviyat – yеngilmas kuch” asarida shunday ta’kidlaydi: “Tabiiyki, “Ommaviy madaniyat” dеgan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo`ravonlik, individualizm, egotsеntrizm g`oyalarini tarqatish, kеrak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning nеcha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy nеgizlariga bеpisandlik, ularni qo`porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo`ymaydi”. Bugungi kunda “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yurtimizga kirib kеlayotan xurujlar asosan quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda: – moliyaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan ayrim siyosiy kuchlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida ommaviy madaniyatdan foydalanish; – yoshlarning ongi va tafakkurini, ma’naviy olamini izdan chiqarib, – soxta g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishga urinish; – g‘arazli maqsadlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot tеxnolo - giyalaridan kеng foydalanish; – ma’naviy tarbiya, mustaqil tafakkurni izdan chiqarishga urinish;
Bugungi zamonda avj olayotgan ma’naviy ta’sirlarning ko`lami qanchalik xavfli tus olayotgani haqida Prezidentimiz quyidagicha fikr bildiradi: “Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun, avvalo, zabt etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intiladi”.
12
o‘rni. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar) Reja: 1. Milliy ta’lim-tarbiyaning istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish imkoniyatlari. 2. Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishda yangi pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari. 3. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning rolini oshirish masalalari. 4. Milliy g‘oya targ‘iboti va tashviqotida madaniy-ma’rifiy muassasalarning o‘rni. Jihozlar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyat kafolatlari”, Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot provard maqsadimiz”,“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitoblari 2006-yil 25-avgustdagi 451-sonli qarori, Yangi mavzu bayoni: Inson va insoniyat hech qachon tashqi dunyodan o‘zini qurshab turgan olamdagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqealar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyyosi kuchlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta’sirlar odamlar ongi, tafakuri va dunyoqarashiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Chunki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25- avgustdagi 451-sonli Qarorida ta’kidlanganidek, “Yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni ... qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda”. Bu boradagi eng dolzarb vazifa – o`quvchi yoshlar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish, milliy g‘ururni tarbiyalash masalasidir. Ushbu vazifa bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muammo – yoshlarning faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, hayotga ongli munosabat, doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash tuyg‘usini oshirishdir. Shu ma’noda olib qaralganda har qanday jamiyat o‘z istiqbolini kishilarni e’tiqod darajasiga aylangan muayyan g‘oyasida ko‘ra oladi. Chunki, “Jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va 13
ravshan mafkurasi bo‘lmasa, o‘z oldiga qo‘ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo‘lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi” 1 . G‘oyaviy-mafkuraviy ta’lim-tarbiya o‘zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko‘ra murakkab hodisadir. Unda g‘oyaviy dushmanlarning: 1) Mustaqil O‘zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning barchasida mavjud bo‘lgan umumiy muammolarni «faqat O‘zbekistonda bor» deb talqin qilish, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko‘rsatish; 2)
Ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko‘kka ko‘tarish; milliy g‘oyalarimizni obro‘sizlantirish; 3) To‘qilgan afsonani astoydil takrorlayverish; 4) Ko‘pmillatli O‘zbekiston aholi o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; 5)
Odamlarning diniy tuyg‘ularini junbushga keltirish, diniy ksenofobiyani paydo qilish kabi usullariga qarshi turiladi. Ular mafkuraviy dezinformatsiya tashkil qilishda, eng avvalo, yoshlar ayrim guruhlarining g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Mana shuning uchun ham mohiyat jihatidan mustaqilligimizga yot bo‘lgan soxta g‘oyalarni fosh qilish mafkuraviy immunitet tarbiyasi tizimidagi muhim, zaruriy bo‘g‘indir. Bu esa mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko‘rinishlariga murosasizlikni shakllantirishni taqozo qiladi. O‘z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g‘oya va mafkuralar ta’lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kelajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zero, jamiyat mafkurasi, o‘tmish bilan xozirgi davr va kelajakni, kechagi kun bilan ertangi kunni bog‘lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g‘oyalar majmui bo‘lib, ularning mohiyatini belgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mentalitetiga xos bo‘lgan insonparvarlik tub negizi hisoblanadi. Binobarin, yoshlarimiz ruhiyatiga insonga mehr-muhabbat tuyg‘ullarini singdirish jarayonida milliy g‘oyaning ana shu tamoyilini ta’lim-tarbiya tizimini bosh maqsadiga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardandir. Boshqacha aytganda, biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini
1
Karimov I.A.. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni –millat qilishga xizmat etsin. T. «o’zbekiston», 1999 y, 5-bet.
14
mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak” 2 . Yoshlarni iymon-e’tiqodli, milliy g‘oyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, o‘z Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Zero, fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g‘oya va mafkuraning hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos keladigan xulq-atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya’ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror toptirish mumkin. Yurtimizda har bir yilning muayyan ijtimoiy masalaga bag‘ishlanishida ham chuqur ramziy ma’no bor edi. Zotan, har bir narsaga, inson qalbidagi oliy tuyg‘u mehr bilan yondashilmasa kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu bois milliy g‘oya va mafkuraga ham ixlos bilan munosabatda bo‘lish, uning tarixiy, falsafiy, diniy, ahloqiy ildizlarini muntazam o‘rganib borish, ajdodlarimiz merosini ta’limning har bir bo‘g‘inida yoshlarimiz ongi tafakkuriga singdirish muhimdir. O‘z navbatida, yillarda belgilangan maxsus vazifalar bir martalik harakat ham, “Tadbirlar kompleksi” ham emas, balki dunyoqarash va fe’l-atvordir, inson ichki ma’naviyatining tarkibiy qismi jamiyat madaniyatining alomatidir. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, milliy g‘oya va mafkura shakllanishida ta’lim tarbiya tizimidagi o‘rni nimadan iborat degan masalaga oydinlik kiritish zarur, deb o‘ylaymiz. Fikrimizcha, har bir yilda ustuvor vazifani belgilab olish milliy mustaqillik g‘oyasining insonparvarlik tomoyillaridan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. Shuning uchun ham tarbiya jarayonida xuddi shu konkret maqsaddan kelib chiqqan vazifalarga jiddiy e’tibor berish zarur. Ma’lumki tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra, keng va tor ma’nolarda istefoda etiladi hamda ijtimoiy hayotda amal qiladi. Keng ma’noda oladigan bo‘lsak, tarbiya - ijtimoiy-madaniy tajribalarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda avloddan-avlodga o‘tkazadigan va shaxsning kamol topishi uchun shart- sharoitlar yaratadigan alohida jarayondir. Tor ma’noda esa, ma’naviy madaniyatni tarbiyalash - yoshlarni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirish yo‘lida kattalarning birgalikdagi aniq maqsadga yo‘naltirgan faoliyatini, ya’ni yetuk shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jarayonini anglatadi. Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shuning uchun ham yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy va pedagogik uslublari, vositalari ishlab chiqilishi
2
Islom Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda Tashkent. 1999y. 17-18 betlar.
keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. Islom Karimov. (“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan).
15
hamda amaliyotga joriy etilishi zarur. Milliy ta’lim-tarbiya tizimining turli shakl va vositalari milliy g‘oyani ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh maqsadga erishishni ta’minlovchi xalqimizning milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan bo‘lishi lozim. Ta’lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‘lgan eng muhim dolzarb vazifa bo‘lib turgan. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an’analari asosida tashkil qilingan. Ya’ni, ta’lim-tarbiyaga doir shakllangan urf- odatlarimiz, boqiy an’analarimiz ko‘p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab ko‘rsatganidek «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak» 3 . Bilimlar va axborotlar hajmining ko‘payishi odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma’naviyatining yuksalishiga turtki bo‘lishi shubhasiz. Ayni paytda, tinimsiz va tizimsiz kelayotgan xabarlar ichidan haqqoniy, ob’ektiv va foydali ma’lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo‘lib boradi. Har bir davlat o‘z aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy ozuq bo‘ladigan axborotlar bilan ta’minlanishidan manfaatdordir. O‘zbekistonda ham o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy- axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan, prinsipial “Axborot siyosati” shakllantirildi va hayotga joriy etilmoqda. Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‘ini tubdan takomillashtirish edi. Mazkur qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko‘p sonli umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi. Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda talim olishiga ko‘maklashish;
3 Muloqot jurnali, 1999 yil. № 4. 21-bet. 16
milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib be- rish;
yangi axborot
texnologiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish; madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar. Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‘oyaviy nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun prinsiplariga to‘la muvofiq keladi. Ta’lim-tarbiyaga oid milliy merosimizni o‘rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zikr etilgan uzluksiz ta’limning milliy modeli tamoyillari mohiyatan ta’limning milliy-ma’rifiy, milliy tarix, xalq an’analari, milliy merosimiz bilan uyg‘unlikda olib borilishini anglatadi. Shuning uchun “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-bobida, ma’naviy- axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, uning zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an’analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etilgan. Umuman ta’lim-tarbiyaning milliy modeliga ko‘ra, ta’lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy merosimizni o‘rganish va uni pedagogik tafakkur iste’moliga olib kirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modelining birinchi komponenti shaxsdir. Chin ma’nodagi shaxs o‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash salohiyatiga ega bo‘ladi. O‘zi va millat uchun befoyda, zararli odatlaridan voz kechadi. Millat manfaatlarini o‘z manfaati, o‘z manfaatini esa millat manfaatiga erishish sharti deb tushunadi. O‘z vazifasini millatning kuniga yarash, og‘irini yengil qilishda ko‘radi. Shu sababli u o‘z shaxsiy qobig‘idan chiqib ko‘tariladi va millat manfaati uchun, millat farovonligi orqali o‘zini kamolotga erishtirish uchun boshqalardan ko‘proq, samaraliroq mehnat qiladi. Umummilliy g‘oya, maqsadga ishonadi, uni himoya qiladi. Talabada bu fazilatlar birdaniga paydo bo‘lib qolmaydi. U, avvalo, oilada ota-ona, oiladan tashqarida qarindosh-urug‘, qo‘shni-mahalladoshlar orasidagi
‘
‘
‘
bilan qurmoqdamiz” asaridan). 17
tarbiyaviy muhitni rag‘batlantirib borish, so‘ngra oliy o‘quv yurtida - mafkuraviy bilimlarni egallash orqali tarbiyalanadi. Shu sababli bu jarayonga ijtimoiy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarash lozim. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, milliy merosimizning g‘oyaviy negizi – shaxs tarbiyasi, uning ma’naviy ehtiyojlariga da’vogar bo‘lgan omillarni o‘rganishdan iborat bo‘lib kelgan, ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ta’lim jarayoni dunyo bo‘yicha turli mamlakatlarning yaqinlashuvi, tom ma’noda global, insoniyat sivilizatsiyasi taqdiri uchun hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Bu omillar orasida yuzaga kelgan umumiy va milliy o‘ziga xosliklar alohida ahamiyatga ega. Ta’limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bog‘liq. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojining yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o‘zgartiradi. O‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ta’lim tizimi sifat jihatdan yangicha talablar qo‘yadi. XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta’lim samaradorligi o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan xolda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi. Navqiron avlod davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib shakllantirish, voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir. Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‘oyaviy uyg‘unlik – ta’lim- tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda o‘tmish allomalari, mutafakkirlarining ma’naviy meroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g‘oyat beqiyosdir. Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modelidan bosh muddao qilib, Komil inson va yetuk malakali mutaxassisni tayyorlashni qo‘yilishida 18
ham yuqoridagi masalalar bilan mantiqiy aloqadorlik mavjud. Zero, kadrlar tayyorlash milliy modeli, faqat ta’lim-tarbiyadangina iborat emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina hayot bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Milliy modelimiz, bu – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning o‘zaro bir-biriga aloqasini aks ettiradi. Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi hamda ularni amalga oshiruvchisidir 4 . Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz ta’lim- tarbiya masalasida inson shaxsi uning xususiyatlarini hisobga olib ish ko‘rganlar.
Alloma o‘zining “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida batafsil fikr bayon etadi 5 . Farobiy ta’limotida inson ta’lim yordamida barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish bilan ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, odob me’yorlari va kasb-hunarga oid malakalarga ega
bo‘ladi. U Ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surdi. Bu usullar esa, o‘z navbatida, Farobiyning “Fozil insonlar jamiyati”da axloqan pok, barkamol avlodning tarbiyasi uchun xizmat qilish kerak edi. Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya - insoniy fazilatni hamda ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. IX-X asrdan keyingi davrlarda yashab o‘tgan allomalar ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga oid ko‘p ish olib borganlar. Bu xayrli ishga tasavvuf olamining allomalari Najmiddin Kubro, Fariddin Attor, Baxovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Aziziddin Nasafiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Bu allomalarning ijodiy faoliyati, boy ma’naviyati tufayli milliy tarbiya tizimining asoslari vujudga keldi. Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, milliy ta’lim-tarbiya modeli konsepsiyasining mazmuni milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan bog‘liqdir. Shu boisdan ham respublikamiz
4 Barkamol avlod orzusi. T. , «SHarq» nashriyoti matbaa konserni. 1999 yil, -B. 144. 5 Komiljon Nosirov. Ajdodlar sabog’i. Jamiyat va boshqaruv 1999 yil, №1-2. -B. 45. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling