Ijtimoiy iqtisodiy fanlar
-mavzu.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat –
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy goya va manaviyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar
- Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari
- “... ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga
- Birinchi bob: Ma’naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir. Asosiy g‘oyalari
- Uchinchi bob: Ma’naviy tahdid-o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid. Asosiy g‘oyalari
- To‘rtinchi bob: Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori. Asosiy g‘oyalari
4-mavzu.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridagi g‘oyalarning ta’lim tizimidagi ahamiyati (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar) Reja: 1.Ma’naviy yangilanish va mustaqillik. 2. Ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar. 3. Ma’naviyat va milliy qadriyatlar. 4. Ma’naviyat va islohotlar. 5. Mustaqillik davrida yurt qadri. 6. Globallashuv jarayonlari. 7. Ma’naviy jasorat. Jihozlar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyat kafolatlari”, Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot provard maqsadimiz”,“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitoblari, 2006-yil 25-avgustdagi 451-sonli qarori,
Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta bu fikrlarning barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. Chunki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi - alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko‘p tomondan masalaning mohiyatini to‘g‘ri ifodalaydi. Nega deganda, hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday voqyea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hyech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu mutloqa yangicha ma’no-muzmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammmolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlatning
40
taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. Shu ma’noda, globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi ekanligini anglagan holda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar bilan birgan ma’naviy sohadagi ahvolimizga ham bir nazar tashlamoqni joiz deb bilgan
taqdim etdilar. Bu asar xalqimizning ma’naviy tarixini, bugunini va o‘tmishini o‘zida mujassam etganki, uni o‘qigan har bir kitobxon qalbida cheksiz mehr va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi. Asar muqaddima,
Ming asrlik tarixga ega o‘zbek xalqining ma’naviy qashshoqlashishiga sababchi tuzum va jamiyatning boshimizga solgan qora kunlarini eslash orqali asar boshlangan bo‘lib, bu bilan o‘tmishning xatosini bugungi kunda takrorlamaslik va tushunish eng ma’naviyatli insonning qo‘lidan kelishi mumkinligini muallif eslatib o‘tgan. Mustaqillik tufayli qo‘lga kiritilgan yutuqlarning eng ulug‘i va qadrlisi bu milliy o‘zlikni anglash bo‘ldi. Milliy o‘zligimiz orqali ma’naviyatimiz, qadriyatimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz, millatimiz va boring-ki tilimiz,dinimizni angladik va hayotga tadbiq etmoqdamiz. Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz.Bu kurashlarda biz nechog‘li ma’naviyatli va ma’suliyatli ekanimizni anglamog‘imiz darkor. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqyea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hyech gap emas. Buning isbotini o‘tgan asrda ko‘rdik. Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo‘lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish nihoyatda qiyin.Shuning uchun Prezidentimiz o‘z 41
asarlarida ma’naviy qashshoqlik – mafkuraviy tahdid- ikkalasi bir birini yoqlab yuradi. Biz bunga qarshi mafkuraviy kuchli ong bilan qarshi turmog‘imiz lozim deb ta’kidlaganlar. Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy - milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol. Buni kuidalik hayotda uchrab turadigan ko‘plab voqyealar misolida yaqqol kuzatish mumkin va ularning qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishini uzoq tushuntirib o‘tirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Utgan yillar davomida dunyoda va mintaqamizda ro‘y bergan, biz bevosita o‘zboshimizdan kechirgan voqyealar, mafkuraviy jarayonlarning rivoji bu xulosaning to‘g‘ri ekanini qayta - qayta isbotlamoqda. Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio -televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang - barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab -chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hyech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad - muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hyech qachon qaytmaymiz. Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizda o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang -barangligini o‘z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko‘ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch - totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz. Biz uchun shunday yo‘l ma’qul, uning boshqa muqobili yo‘q. Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat - ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hyech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch - qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimiz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib - suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy. 42
Men, hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan haqiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada shunday degan bo‘lardim: tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va -aksincha qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql - idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda manaviyat qudratli kuchga aylanadi. Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun "Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish" niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi. Shu borada ayrim qudratli davlatlar tomonidan muayyan mamlakatlarga, avvalambor, yer osti, yer usti boyliklariga ega bo‘lgan hududlarga nisbatan olibborilayotgan ana shunday g‘arazli siyosatni dunyoning ayrim mintaqalarida tinch hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga aynan o‘sha davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishi bilan bog‘liq misollarda ko‘rish qiyin emas. Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olamini bo‘nday tahdidlardan asrash, hozirgi o‘ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hyech qanday xato bo‘lmaydi. Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalada alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shlikdan foydalanib, chetdan biz uchun mutloqa yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan "ommaviy madaniyat" yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Tabiiyki, "ommaviy madaniyat"degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandrik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo - qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. 43
Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli, deb bilaman. Ota - bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or- nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no- mazmunini tashkil etadi, desak, o‘ylaymanki, xato qilmagan bo‘lamiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, uyat - o‘limdan qattiq, degan gaplar xalqimiz tilida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, aksincha, bunday iboralar el -yurtimizga mansub ezgu va go‘zal axloqiy qadriyatlarning asl mazmunini ifoda etadi. Darhaqiqat, uyat va or - nomusini yo‘qotgan odam, Ahmad Yassaviy bobomiz aytganidek, xuddiki hayvon jinsiga aylanib qoladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning: Oldig‘a qo‘yganni yemak - hayvon ishi, Og‘ziga kelganni demak nodon ishi, - degan chuqur ma’noli so‘zlari ham bu fikrni tasdiqlab beradi.
O‘z - o‘zidan ravshanki, bugungi zamon voqyelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon - atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdidlar va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ularni tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Shu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvur bo‘lmasligi kerak. Og‘ir sinov yillari eslash barobarida 1991 yil oktyabr voqyealari, 1991 yil 8 dekabr Namangan voqyealari, 1992 yil yanvar, 1999, 2000, 2001, 2004 yil 28 mart-1 aprel, 30 iyul Toshkent voqyealari. 2005 yil 13 may Andijon voqyealari 2010 yil 11-14 iyun Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod hududlaridagi voqyealarni unutmagan holda, Prezidentimiz Islom Karimovning asardagi “... ishonchimiz
Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlashning muhim omili ogohlikdir. "O‘zingni, o‘z uyingni o‘zing asra!", "Ogoh bo‘ling odamlar!", "Tinchlik uchun kurashmoq kerak!", "O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi" singari shiorlarining mohiyatini anglashimiz shu kunning muhim vazifasidir.
44
Asosiy g‘oyalari
Ma’naviyat Insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, umuman olganda unga qarashli jamiyki ijobiy xislatlari yig‘indisidir. Ma’naviyatning negizi va ma’no- mazmunini belgilaydigan asosiy
xususiyatlar Insonning ruhiy poklanish, qalban ulg‘ayishidir Milliy ma’naviyati hisobidan rivojlangan davlatlar Yaponiya , Janubiy Koreya Ma’naviyatning tayanch ustuni Vijdon pokligi va bedorligi Vijdoni uyg‘oq odam… Yon-atrofda bo‘layotgan voqyealarga yordam va
ko‘makka muhtoj
insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaslik Ma’naviyatni tushunish uchun Avvalo insonni tushunish, anglash kerak Ma’naviyatning eng muhim omillari Ma’naviy meros,
madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar Ma’naviyat shakllanadigan mezon… Muqaddas dinimiz, oila, mahalla, ta’lim tarbiya tizimi, ona tilimiz,ajdodlar merosi Xalq og‘zaki
ijodining noyob
durdonasi “Alpomish” dostoni Moddiy va
ma’naviy hayot
tamoyillari Bir-birini inkor etmaydi. Buyuk mutafakkir va allomalarimizning ma’naviy merosi Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, At- Termiziy, Al-Farobiy, Ahmad
Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Al- Xorazimiy, Mirzo Ulug‘bek....... Ikkinchi bob: Mustaqillik-ma’naviy tiklanish va yuksalish. 45
Milliy g‘oyamiz qanday yuksak tushunchalarini o‘z ichiga oladi? Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi Milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlari.. Komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik O‘zlikni anglash qanday namoyon bo‘ladi? Avlodlar o‘rtasidagi ruhiy, ma’naviy bog‘liqlik 1989 yilning 19-oktyabrida… O‘zbek tiliga davlat maqomi berildi Toshkentning o‘n ikki darvozasi Samarqand, Beshyog‘och, Ko‘kcha, Chig‘atoy, Sag‘bon, Labzak,
Taxtapul, Qorasaroy, Kamolon, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qashqar Xotira maydoni tashkil etilib… Motamsaro Ona haykali o‘rnatildi. O‘zbek modelining asosiy
tamoyillari… -Iqtisodning siyosatdan xoliligi -davlat bosh islohotchi -qonun ustuvorligi -kuchli ijtimoiy siyosat -islohotlarni bosqichma-bosqich amalga
oshirish Islohot-islohot uchun emas…. Islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. Xotira kitobi… 35 jilddan iborat Uchinchi bob: Ma’naviy tahdid-o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid. Asosiy g‘oyalari Globallashuv Hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi Ommaviy madaniyat Chetdan biz uchun mutlaqo yot ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan tushuncha G‘oya Fikrlar majmui Ma’rifat Jaholatni bartaraf etuvchi omil Iroda Mustahkam ishonch
46
Loqaydlik E’tiborsizlik Ma’naviy qudrat Yuksak aql-idrok va tafakkur hukmronligi Mafkuraviy jarayonlar Dunyo va mintaqada sodir bo‘layotgan voqyealar Mafkuraviy immunitet Insonda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchi kuch
Asosiy g‘oyalari Eng buyuk jasorat Ma’naviyat Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Xo‘jandiy.Abu Nasr ibn Iroq Ozodlik uchun kurashgan Xorazm o‘g‘loni Jaloliddin Manguberdi “Adabiyot yashasa millat yashaydur” so‘zining muallifi Abdulhamid Cho‘lpon Teatr bu-ibodatxonadir Maxmudxo‘ja Behbudiy Amir Temur portretini ishlagan rassom Malik Nabiyev Inson ruhining muhaddislari Shoir va yozuvchilar “Zafarnoma” asari muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy Temurning surati
va siyratini tasvirlagn tarixchi Ibn Arabshoh Ko‘ksaroy qayerda joylashgan? Samarqand Zamonamiz ma’naviy jasorat sohiblari Ozod Sharofiddinov, Zulfiya, Yahyo G‘ulomov Milliy merosimiz noyob namunasi Shashmaqom
Taqdimot davrida o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan sladlar qo‘yib boriladi. O‘tilgan mavzular yodga olinadi. O‘qituvchi:- Avvalombor “Ma’naviyat nima?” ekanini anglab oldingizmi? 47
Tinglovchi javobi:- Ma’naviyat- insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, umuman olganda unga qarashli jamiyki ijobiy xislatlari yig‘indisidir. O‘qituvchi:- “Milliy g‘oya nima?” ekanligini anglab olaylik? Tinglovchi javobi:- Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, milliy g‘oya ajdodlardan-avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayotiy talablariga aylanib ketgan, eng ezgu orzulari, intilishi va umid-maqsadlarining yihindisidir. O‘qituvchi:- Xalqimizning azaliy orzusini Prezidentimiz nimada ko‘radi? Tinglovchi javobi: - Avvalombor mustaqillikni asrab-avaylash va uni mustahakamlashda ko‘radilar. Shu tariqa tinglovchilarni yuqorida keltirilgan sxemadagi asosiy g‘oyalar asosida bilimlari mustahkamlanadi. Mustaqillik va ma’naviy yuksalishimizda milliy g‘oyaning o‘rni va olib borilayotgan ishlarimizni milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalari tahlilida namoyon etamiz. Vatan ravnaqi Yurt tinchligi Xalq faravonligi Ijtimoiy hamkorlik Komil inson Millatlararo totuvlik Dinlararo bag‘rikenglik Komil inson tushunchasi atroflicha tahlil qilinishi asnosida slaydlar orqali “Barkamol avlod yili” davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar tinglovchilarga havola etiladi. Kartochkalar tarqatiladi. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarining samaradorligi nimaga bog‘liq deb bilasiz? (Xalq ma’naviyatining shakllanishiga, tarixiy merosimizni chuqur o‘rganishag, an’ana va urf- odatlarimizning saqlanishi, madaniy rivojlanishimizga bog‘liq.) Slaydda rasmlar ko‘rsatiladi va yurt jamoli aks etishi ko‘riladi. “Tarmoqlash” metodi orqali ma’naviyatimizning shakllanishidagi asosiy omillari beriladi. Ma’naviyat sohasida asosiy vazifa nimada? Xar bir inson o‘zligini anglashi kerak; qadimiy tarix va madaniyatimizni, boy ma’naviy merosni chuqurroq o‘zlashtirish;bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqyeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi; yurtimizdagi barcha o‘zgarishlarga dahldaorlik tuyg‘uchi bilan yashashi zarur. 48
Ma’naviyat: insonning ruhan poklanishi; insonni qalban ulg‘ayishga chorlaydi; odamning ichki dunyosini boyitadi, irodasini baquvvat qiladi; imon-e’tiqodini butun qiladi; vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch; insonning barcha qarashlarining mezoni; “Ma’naviyat” tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va ahloqiy qarashlarni o‘zida mujassam etadi. Masalan, Janubiy Koreya va Yaponiya II jahon urushidan keyin og‘ir ahvolda qolishdi. Ularda xom-ashyo va mineral resurslar deyarli yo‘q. Lekin ular milliy ma’naviyat hisobidan (boshqa davlatlar yordami bilan birga) ham tez rivojlangani haqiqat. “Yapon mo‘jizasi”, “Koreys mo‘jizasi” ularning ma’naviy fazilati tufayli yuzaga keldi Ma’naviyatni xalqning tarixi, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlaridan ayri xolda tasavvur etib bo‘lmaydi. Ma’naviy meros madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi – Avesto Navro‘z bayrami Islom madaniyati ravnaqiga hissa qo‘shgan mutafakkirlarning ilmiy merosi Dunyoviy ilm mutafakkirlarining ilmiy ijodiy kashfiyotlari Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Ulug‘bek, A.Navoiyning merosi Jadid ma’rifatparvarlarining intilishi Sovet davridagi o‘zbek ilm-fan, adabiyot va san’at arboblari ijodi Oilaning o‘rni Mahalla – ham ota, ham ona Ta’lim-tarbiya Maktab
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot fasafasi. Bu haqda fikr yuritganda A.Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan so‘zlarini eslash darkor va bu dolzarbligini hozir ham yo‘qotgani yo‘q. Chunki bizga sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan maorif tizimining eng noma’qul tomoni shundaki, unda o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashiga yo‘l qo‘yilmas edi. Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. O‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni alohida. Yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashda o‘qituvchilarga suyanamiz. Inson hayoti 49
davomida ota-onasiga, ustoz-muallimlarga nisbatan minnatdorchilik tuyg‘usi bilan yashaydi. Ustoz va o‘qituvchilar mehnatini hyech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Imoratlar ichida ulug‘i maktab, kasblar ichida sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir. “Maktab ko‘rgan”, “Maktab yaratgan” iboralar bor. Adabiyot, san’at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan xalos bo‘ldi. Erkin ijod uchun sharoit yaratildi. “Ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan farzandalarimizning ongu- tafakkurini himoya qilishda ijod ahlining o‘rni beqiyosdir. Ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali halqning madaniy saviyasini yuksaltirish shart. Radio va televidenie ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, insonga madaniy oziq beradigan makondir. Radio va televidenieni rivojlantirish kerak. Ular halqimizning madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, an’ana va tarixiy merosimizni asrash va rivojlantirish, kishilar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari qudratli kuchga aylanmoqda. Matbuot, so‘z ekanligini amalda ta’minlash, tanqid ruhini kuchaytirish zarur. Kitobda Platon va Sokratning fidoiyligi haqida so‘z boradi. Platon o‘z mablag‘i hisobiga Afina yaqinida akademiya ochadi. Platon Sharq olamida “Ustodi avval”- 1-muallim degan nom olgan. Bog‘doddagi “Baytul-hikma”, Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi haqida Prezident so‘z yuritadi .Astronomiya sohasida tazyiqlarga qaramay Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley kabi allomalar jasorat Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley kabi allomalar jasorat ko‘rsatgan. Hindistonda Mahatma Gandini misol qilsa bo‘ladi. U tinch yo‘l bilan muammolarni hal qilishga uringan. O‘zbek halqida ham bunday misollar ko‘p. Biz boy tarix va boy meros egasimiz. Najmiddin Kubro. Jaloliddin Manguberdi. Amir Temur. Jadidlar fidoiyligi ham jasorat namunasi mujassam. Jonkuyar bo‘lish, fidoiylik ko‘rsatish, bukilmaslik hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Yahyo G‘ulomov. O‘zbek ayolining ma’naviy qiyofasini Zulfiya namoyon etgan. Ma’naviy jasorat sohiblaridan biri Ozod Sharofiddinov edi. U xasta va nogiron bo‘lsa ham o‘z ijodini to‘xtatmadi. 1997 yil yozda qand kasali kuchayib, oldin bir oyog‘i, so‘ng 2-oyog‘i kesildi, ko‘zi hiralashdi. Shunda ham “Jahon adabiyoti” jurnaliga bosh muharrir bo‘ldi, lupa yordamida jurnalni tahrir qilib bordi. 40 dan oshiq roman va qissalarni o‘zbek tiliga tarjima qildi. OAVlarida ko‘plab chiqishlar qildi. 10 ga yaqin kitob yozdi. Bugun ma’naviyatga qarshi havf-xatar bor. Lekin xalqimizning irodasi mustahkamlanib, ma’naviyati kuchayib borayotganini bizni ko‘rolmaydiganlar ham tan olmoqda. Xalq-ulug‘ va sharafli yo‘lda ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo‘ldan uruvchilar, orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘lishi mumkin. Karvon bexatar bo‘lmas deydilar. Ammo halq karvonini hyech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch-ma’naviyat bor.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling