Ijtimoiy iqtisodiy fanlar
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy goya va manaviyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY G‘OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI FANIDAN BARCHA TOIFADAGI KURSLAR UCHUN Ma’ruzalar matni
- Navoiy – 2015 2 Tuzuvchi
- “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” o‘quv moduli bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
- …………………………………………..............................................................................6-11
- ……………………………………………………50-66
- Jihozlar
- “Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib
1
XALQ TALIMI VAZIRLIGI NAVOIY VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “IJTIMOIY – IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI MILLIY G‘OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI FANIDAN BARCHA TOIFADAGI KURSLAR UCHUN Ma’ruzalar matni Navoiy – 2015 2
Tuzuvchi:
Sh.Boboyorov Ijtimoiy - iqtisodiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Taqrizchi: R.Rajabov Falsafa fanlari nomzodi, dotsent
“Ijtimoiy fanlar, ma’naviyat va ta’limni boshqarish” kafedrasining 2014-yil 27 dekabr 11 - sonli majlisida ko‘rib chiqilgan. Ma’ruza matni institutning 2015-yil 6 - yanvardagi 1- sonli Ilmiy Kengashida muhokama etib, tasdiqlangan. 3
tinglovchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar (pedagog xodimlarning barcha malaka toifalari uchun) - Ushbu o‘quv modulini o‘zlashtirishi natijasida tinglovchilar: ta’lim-tarbiya bilan milliy g‘oyaning birligiga e’tibor qaratishi; - har qanday jamiyatning istiqboli, uning rivojlanishi mamlakatning aqliy-intellektual salohiyati bilan bog‘liqligini anglashi; - rahbarlik faoliyatini ta’lim-tarbiya bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq jihatlarini hisobga olishi; - ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq vazirlik, ta’lim-tarbiya muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirishi, tashkil etishi, uni yanada takomillashtirishi, yangilash va rivojlantirib borishi; - ta’lim-tarbiyaga qo‘yilayotgan talablarga javob berishi, bu boradagi yutuq va muammolarni oldindan ko‘rishi, uning uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarini belgilab olishi va ularni amalga oshirish ishlarida ko‘proq rahbarlik mahoratining talab etilishiga e’tibor qaratishi; -tarbiyada barcha sohalar bo‘yicha, ya’ni oila, maktab, mahalla, faoliyati o‘rtasida hamkorlikni ta’minlashi; - milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, uning samaradorligini hamda ta’sirchanligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, keng qamrovli islohotlar, qabul qilingan farmon va farmoyishlar, qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi ma’ruzalarining mazmun-mohiyatini bilishi; - Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarining mohiyatini anglash va hayotga tatbiq etish; - Islom Karimovning “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish” risolasini bilishi; - Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarining mazmun va mohiyatini bilishi; - Islom Karimovning “Milliy-ma’naviy yuksalish konsepsiyasi”, uning nazariy metodologik va amaliy tomonlari haqida tushunchaga ega bo‘lishi; - yangi avlod kadrlarini tayyorlashda “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” fanining roli va ahamiyatini bilishi; - -ta’limning sifat va samaradorligini “Davlat ta’lim standarti” asosida tashkil etishi; - -ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiya (bahs munozara, debat, trening, ma’ruza, intellektual savol-javob)lardan unumli foydalanishi;
4
- -yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun mantiqiy bahs-munozaralarni tashkil etishi; - yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish yo‘llarini bilishi; - zamon talabiga mos holda yangicha fikrlaydigan, mustaqil dunyoqarashga ega bo‘lgan yangi avlodni tarbiyalash yo‘llarini bilishi; - dunyo hamjamiyatida o‘zining va millatining salohiyatini ko‘rsatib bera olish yo‘llarni bilishi, ajdodlarimiz bilan faxrlanish, milliy g‘ururga ega bo‘lishi; - “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mohiyatini bilishi; - Vatan baxt-saodati, tinchligi uchun jasorati yetarli bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash usul va vositalarini bilishi; - mafkurada, ma’naviyat sohasida g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmasligiga erishish; - bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini bilishi va to‘g‘ri tushuntirib bera olishi; - jahonda yuz berayotgan ma’naviy o‘zgarishlar, mafkuraviy muammolar va tahdidlarni bilishi hamda ularga qarshi mafkuraviy immunitetni hosil qilish; - chetdan kirib kelayotgan madaniyatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, axloqsizlik, ya’ni g‘oyaviy, mafkuraviy, informatsion xurujlardan yoshlarni himoya qilish, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish yo‘llarini bilishi; - milliy qadriyatlar bilan umumbashariy qadriyatlarni uyg‘un, mushtarak holda olib borish yo‘llarini bilishi; - mute’likdan xoli bo‘lish, o‘z fikrini erkin ifodalay olish va uni himoya qila olish yo‘llarini bilishi; - yosh avlodni mustahkam irodali va milliy g‘oya e’tiqodiga sobit, iymonli, barkamol insonlar etib tarbiyalash yo‘llarini bilishi talab qilinadi. 5
1. Global o‘zgarishlar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish zarurati. Prеzidеnt Islom Karimovning O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasining mazmun – mohiyati…………………………………………..............................................................................6-11 2. Milliy g‘oya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida maktab ta’limining o‘rni………………………………………………………………………..…12-32
shaxs tarbiyasi……………………………………………………………………………………..32-38 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridagi g‘oyalarning ta’lim tizimidagi ahamiyati………………………………………………………………………..39-49 5. Milliy mafkurani o‘quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab pedogogining ma’suliyati……………………………………………………50-66 6. Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................................................67-68 6
samaradorligini oshirish zarurati. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasining mazmun - mohiyati (2 soat ma’ruza) Reja: 1. Yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish – mamlakat taraqqiyoti va barqarorligining muhim omili 2. Globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar va ularning asosiy yo‘nalishlari 3. Ichki ma’naviy tahdidlar: ko‘rinishlari va sabablari 4. Mafkuraviy immunitеt va tarixiy xotiraning ma’naviy tahdidlardan himoya vositasi sifatidagi o‘rni
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyat kafolatlari”, Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot provard maqsadimiz”,“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitoblari, 2006-yil 25-avgustdagi 451-sonli qarori
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyondalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi. Tantanali yig`ilishda Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo`limizni qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir” mavzusida ma’ruza qildilar va 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildilar. So‘ngra Yurtboshimiz Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdilar. Konstitutsiyamizda belgilab berilgan asosiy maqsadlarimiz ya’ni, Bosh qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratib berdi. O‘zbekistonimizga mos tarixiy, milliy, an’anaviy va iqtisodiy vaziyat va xususiyatlarni inobatga olmasdan turib, “bozor iqtisodiyotining shiddatli girdobiga o‘zingni tashlasang, uning o‘zi ko‘zlangan manzilga olib chiqadi” degan xomxayollardan butunlay voz kechdik va bugungi kunda butun dunyoda tan olingan, “o‘zbek modeli” deb nom olgan jamiyatimizni tubdan isloh etish,erkinlashtirish, demokratik yangi davlat qurish, uni modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta o‘ylangan taraqqiyot yo‘limizni tanlab oldik. Biz tanlagan va mashhur besh tamoyilga asoslangan
7
taraqqiyot modelining naqadar haqqoniy va samarali ekani biz qurayotgan yangi demokratik tizimda, iqtisodiyotimiz rivojlanishining barqaror, barchani hayratda qoldirayotgan sur’atlarida, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib borayotganida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlar, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora chiroy ochib, aholimizning farovonligi yuksalib borayotgani haqida gapirganda, bunday yangilanishlarning g‘oyat muhim manbalari – avvalo, odamlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va kayfiyati tubdan o‘zgarib, ularning yon-atrofimizda ro‘y berayotgan voqea- hodisalarga daxldorlik hissi, ertangi kunga munosabati va ishonchi tobora mustahkamlanib, siyosiy saviyasi va huquqiy madaniyati o‘sib borayotgani haqida alohida to‘xtalishni o‘rinli deb bilaman.Shular haqida so‘z yuritar ekanmiz, biz bundan 17 yil oldin qabul qilgan, qo‘lga kiritayotgan barcha yutuq va marralarimizning omili va zamini bo‘lgan, hammamizni, avvalo, bolalarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va istiqbolli maktab dasturi haqida alohida to‘xtalib o‘tishimiz zarur, deb o‘ylayman. Eski tizimning qolip va aqidalaridan xoli bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan va hayotga qaraydigan, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir kuch sifatida maydonga chiqayotgan bugungi yosh avlodimiz ayni shu dasturlarning, biz amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarimizning mahsuli, desam, hech qanday xato bo‘lmaydi. Jahon tarixi barchamizga bir haqiqatni doimo eslatib turadi – hayotimiz taraqqiyoti hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi, xuddi shu kabi jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash bir muddatlik ish emas, balki muntazam davom etadigan uzluksiz jarayondir. Ayniqsa, bugun biz XXI asrda – intellektual mehnat birlamchi ahamiyat kasb etayotgan globallashuv va internet asrida yashayotganimizni hisobga oladigan bo‘lsak, jahon bozorida raqobat kurashining miqyosi va keskinligi tobora ortib borayotgani bu haqiqatni yana tasdiqlab bermoqda. Hayotning ana shunday qat’iy talabini qayd etgan holda, biz tanlagan maqsad, ya’ni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz va kelajak avlodimiz uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash, xalqaro hamjamiyatda yuksak obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lish yo‘lida biz amalga oshirgan ishlarimiz ezgu niyatlarimizga erishishning faqatgina bir qismi ekanini anglab olishimiz darkor. Ana shu fikr va xulosalardan kelib chiqqan holda, 2010-yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini, boshqacha qilib aytganda, o‘zimizning uzoq va davomli muddatga mo‘ljallangan strategiyamizni qabul qildik, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarni xolisona baholar ekanmiz, keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurashning kuchayib borayotgani, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlar bizni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi, albatta. Global makonda 8
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamon davom etayotgani, tovar bozorlarida talabning keskin kamayib borayotgani va kon’yunkturaning beqarorligi ko‘pgina davlatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga, investitsiya faolligining susayishi va chetga kapital chiqib ketishining kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday keskinlashuv va jahon bozoridagi noaniq vaziyat keyingi yillarda ham davom etishi mumkin. O‘z-o‘zidan ayonki, kutilayotgan barcha salbiy holatlarning oldini olish, ularni bartaraf qilish uchun barchamizdan hushyorlik, sezgirlik, safarbarlik va rejalarimizga, avvalo, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab qilinadi.Bugungi kunda yaqin va uzoq atrofimizda, butun jahon miqyosida siyosiy, iqtisodiy vaziyat tobora keskinlashib borayotganini inobatga olgan holda, eng muhim ustuvor vazifalarimiz qatorida iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni uzluksiz texnik va texnologik yangilab borish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etishni asosiy maqsadimiz sifatida ko‘rishimiz kerak. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2014-2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida” qabul qilingan qarori mohiyat e’tibori bilan bolalarimizni jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol toptirish va yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mana shunday ezgu tadbirlarni o‘tkazish tufayli xalqimizni yanada jipslashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlikni, oilani yanada mustahkamlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, ayol zotiga, avvalambor, onalarga cheksiz mehr va ehtirom singari qadriyatlar aholimiz, xususan, yoshlarimizning qalbi va shuuridan chuqur o‘rin olayotganini hisobga olgan holda, Prezedintimiz 2015-yilga mamlakati-mizda Keksalarni e’zozlash yili, deb nom berishni taklif qildi. XX asr tarixiy o‘tmishga aylanib, insoniyat yangi XXI asrga qadam qo`ydi. O‘tgan asrda an’anaviy impеriyalar tugatilib, mustamlakachilik tartiblari barham topishi, ma’muriy-buyruqbozlik va zo‘ravonlik, totalitar usullarga asoslangan sotsialistik tuzum yеmirilishini, g‘ayriinsoniy g‘oyalar tashviqotchisi bo‘lgan kommunistik mafkura barbod bo‘lishini guvohi bo‘ldik. Bu o‘zgarishlar dunyodagi ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning kеng miqyosda yangilanishlar pallasiga kirishining ifodasi bo‘ldi, ya’ni inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi boshlandi. Biroq, XXI asrda ham dunyo xavfsiz bo‘lib qolmadi: ma’naviy qashshoqlashuv, diniy aqidaparastlik va tеrrorizm, ommaviy kasalliklar, dеmokratiya eksporti, axborot xurujlari, g‘arbona turmush tarzini tarqatishga urinish, globallashuvning jadallashishi va u bilan bog‘liq mafkuraviy tazyiqlar va ma’naviy tahdidlar yangi asrga mеros bo`lib o`tdiki, ular bugun taraqqiyotimizga jiddiy xavf solmoqda. “Ma’naviy tahdid” tushunchasiga O‘zbеkiston Prеzidеnti Islom Karimov shunday ta’rif bеradi: “Ma’naviy tahdid dеganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan 9
chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim”. Yangi asrda insoniyat globallashuv jarayonining kеngayishi va chuqurlashuvining guvohi bo`lmoqda, chunki bugungi kunda har qanday davlatning taraqqiyoti va manfaatlari jahon miqyosida boshqa davlatlar, mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib boryaptiki, biror bir mamlakatning bu jarayondan chеtda turishini tasavvur qilish qiyin. Binobarin, globallashuv komplеks ahamiyat kasb etib, uning ta’siri ma’naviy hayotga, axborot sohasiga, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga, umuman olganda kishilar hayotining barcha jabhalariga kirib bormoqda. “Hozirgi davrda jahon miqyosida kеchayotgan globallashuv jarayonlari XX asr oxiri va XXI asr boshlarida butun insoniyat, yеr yuzidagi barcha xalqlar va millatlar taraqkiyoti uchun, ayniqsa, hayotga kirib kеlayotgan yosh avlod uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib bеrganini hеch kim inkor etolmaydi, – dеb ta’kidlaydi O‘zbеkiston Prеzidеnti Islom Karimov, – avvalambor, fan va tеxnikaning ilg‘or yutuqlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari, xususan, kosmik aloqalar, intеrnеt tizimi turli davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi chеgaralarni ochib bеrib, o‘zaro ma’naviy intеgratsiya rivojiga katta hissa qo`shayotganiga bugun barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz”. Globallashuv jarayonlari jamiyatning mafkuraviy va ma’naviy hayotida o‘z g‘oya hamda mafkuralarini singdirish, ta’sir doiralarini kengaytirishda muhim halqa bo‘lib xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda globallashuv jarayoni bilan bog‘liq ziddiyatlar ko‘proq ma’naviy-ma’rifiy sohalarda o‘z ifodasini topayotganini guvohi bo‘lyapmiz. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi uchun quyidagi omillardan foydalanilmoqda: o Informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi orqali; o mafkuraviy manipulyatsiya jarayonida ommaviy axborot vositalaridan foydalanishga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi; o Demokratiya niqobi ostida «ommaviy madaniyat»ning turli ko‘rinishlarining yoshlar orasida keng tarqalishi; o Yoshlar o‘rtasida taqlidchilik, g‘arb idеallariga ko‘r-ko‘rona ergashish va b. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko`ra, XXI asrda intеrnеtdan foydalanuvchilar soni dunyo aholisining qariiyb 20 foizini tashkil qilib, ular kundan kunga ko‘payib bormoqda. Ana shunday vaziyatda Islom Karimov ta’kidlaganlaridеk, shuni unutmaslik kеrakki,
Mamlakatimizda yoshlar ma’naviyati va ruhiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi, g‘arazli maqsadlar ko‘zlangan ayrim ko‘rinishdagi axborotlar xurujini quyidagilarga ajratish mumkin: – axborot va informatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan; 10
– tasvirli ovoz ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq bo‘lgan; – “san’at” ning ayrim turlari bilan bog‘liq bo`lgan; Dеmak, intеrnеtdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’iy nazar, pornografik mazmundagi saytlar ularning diqqatini torta oladi. Shunig uchun ham intеrnеt va boshqa kommunikatsiya vositalarining yoshlarning ma’naviy rivojlanishiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri bir qator rivojlangan davlatlarda ham e’tirof etilmoqda. Bunday xavf-xatarlarga bеparvo munosabatda bo‘lish, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik milliy taraqqiyotga salbiy ta’sir etishi mumkinligini nazarda tutib, shunday deydi: “Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o‘ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yеtib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, dеsak, hеch qanday xato bo‘lmaydi”. Prеzidеnt Islom Karimovning ko‘plab asarlarida ma’naviy tahdidlar va ularni kеltirib chiqaruvchi omillar, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, uni amalga oshiruvchilarning usullari, globallashuv sharoitida ularni oldini olish hamda bartaraf etish choralari kabi masalalar o‘z aksini topgan. Shunday ekan, intеrnеt va boshqa axborot kommunikatsiya vositalarining yoshlarning ma’naviy rivojlanishiga, ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga ijobiy va salbiy ta’siri imkoniyatlarini o`rganish muhim nazariy, mеtodologik va amaliy ahamiyatga molik masala hisoblanadi.
“globallashuv”ni lotin globus – shar, fransuz tilidagi global – umumbashariy tushunchalari bilan ta'riflaydilar. “Globalizatsiya” atamasi dastlab iqtisodiy sohada sodir bo`lgan o`zgarishlarni yuzaga kеltirgan omil sifatida amеrikalik olim T.Lеvittning “Garvard biznеs rеvyu” jurnalida 1983- yilda e'lon qilingan maqolasida ishlatilgan. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling