Ijtimoiy iqtisodiy fanlar
5-MAVZU: Milliy mafkurani o‘quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy goya va manaviyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar
- Yangi mavzu bayoni
- Targ‘ibot-tashviqotdan maqsad
- Milliy g‘oyani keng jamoatchilik ongiga, e’tiqodiga singdirishning shart-sharoitlari va yo‘llari.
- O‘zbekistonda “Fuqaro tarbiyasi”.
- «Fuqaro tarbiyasi»
50
pedagogining ma’suliyati. (2 soat seminar). Reja: 1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyasi. 2. Milliy g‘oya va iqtisodiy tamoyillar. 3. Millat va milliy g‘oya. 4. Milliy mafkuramizni insonlar qalbi va ongiga singdirish yo‘llari. 5. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot tushunchalarining mohiyati – mazmuni. 6. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish – milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi. 7.Yoshlarda ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish tuyg‘usini qaror toptirishda milliy g‘oyaning ahamiyati
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyat kafolatlari”, Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot provard maqsadimiz”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitoblari, 2006-yil 25-avgustdagi 451-sonli qarori, Yangi mavzu bayoni: XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri bo‘lib kirib keldi. Ana shu asrda keng qamrovli va jadal sur’atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, qarashlarini o‘zgartirishi, fikriga ta’sir qilishi mumkin. «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» degan qudratli targ‘ibot kuchlari kishini hamma yerda va har kuni qurshab turadi. Endilikda xilma-xil usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy ob’ekti, maqsadi inson qalbi va ongi uchun kurash maydoniga qaratilmoqda. Bu kuchlarning maqsadi - insonni nimagadir ishontirish, nimagandir undash, nimagadir og‘dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o‘z diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o‘zining «katta og‘a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni bo‘lganidek, bu g‘oyaning ikkinchi tomoni teskari tomoni bo‘lishi ham mumkin. Agar o‘sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo‘lsa, uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o‘sha dindor, din chetda qolib, davlat tuzumini ag‘darishga chaqirayotgan bo‘lsa, uning buzg‘un-chiliklarini kim gapirishi mumkin. Yoki jahonda «katta og‘a»larning qo‘lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Ana shu targ‘ibot va aksil targ‘ibotni kim amalga oshiradi? Inson qalbi va ongi uchun kurash jarayonida g‘oya va ong munosabati birinchidan, muayyan g‘oya inson tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Ikkinchidan, muayyan g‘oya shaxs ongida faqat 51
axborot sifatida saqlanib qolishi, ya’ni keraksiz buyum kabi, inson ongining bir chetida «chang bosib» yotaverishi mumkin. Birinchi holatda g‘oya inson ongida hyech qanday iz qoldirmaydi, ikkinchi holatda esa, u shaxs uchun hyech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi g‘oya faqat inson qalbini egallagan, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangan taqdirdagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, faoliyat dasturiga aylanadi. Shuning uchun ham, bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib qolmoqda «Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hyech qachon unutmaslik lozim» degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. Hozirgi paytda rivojlangan davlatlar qudratli targ‘ibot tizimiga ega bo‘lishga intilmoqda. Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflayapti. Fransiya ham o‘z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frank sarflamoqdi. Bu ma’lumot targ‘ibotlar nafaqat dinda, biznesda balki siyosatda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyatga ega. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan. Puxta ishlab chiqilgan strategik yo‘nalish davlat istiqbolini belgilaydi. O‘zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish, ularni g‘oyalar shaklida singdirish zaruratga aylanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ‘iboti «hukumat siyosati-ning tashviqoti» ko‘rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O‘zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ‘ib qilishni talab etadi. Bunday targ‘ibot islohotlarni «mafkuraviy asosda ta’min- lash»ga xizmat qiladi. Milliy g‘oyani O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strate-giyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi. O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zga-rishlar qilishni talab etadi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi, tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham, «komil inson» g‘oyasida e’tirof etilgan shaxs
52
mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi. Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda har bir ota-ona o‘z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishi nihoyatda muhim. Bunda oilaning ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollej-lari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim: - Vatan tuyg‘usini shakllantirish; - ona tilimizga muhabbat uyg‘otish; - milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish; - ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash; - oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish; - mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va hokazo. Sotsiolog, vrach, psixolog, radikal freydizm yo‘nalishi vakali Rayx Vilgelm (1897-1957) fikricha, «ko‘r-ko‘rona va avtoritar (diktaturaviy) tarbiya bois yoshlar ishonuvchan bo‘lib qoladilar hamda tanqidiy qobiliya-tidan mosuvo bo‘ladilar». Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirish targ‘ibot-tashviqot orqali amalga oshiriladi. Targ‘ibot (uning o‘zak so‘zi, «rag‘bat») - u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi.
uyg‘otishga yo‘naltiriladi. Targ‘ibot («inson qalbining sozlovchilari») insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan.
iborat. Milliy g‘oyani halq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi. Milliy g‘oyani keng jamoatchilik ongiga, e’tiqodiga singdirishning shart-sharoitlari va yo‘llari. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchini orttirishning ilmiy- nazariy yo‘nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga, uning shart-sharoitlari, jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning xilma-xil ekanligini hisobga olish mumkin. Ayni paytda, bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishiga nisbatan o‘z
53
munosabatini aniqlab olishi zarur. Insonning mohiyatini uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimi, narsa va hodisalarga ongli munosabati tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ichki botiniy e’tiqodi, orzu- umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma’no-mazmunini belgilaydigan sifat ko‘rsatgichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo‘nalishlarga ajratish an’anasi mavjud. Xususan, ularni milliy g‘oyalarda namoyon bo‘lishi tarzida olib qarasak, bu sifatlar insoniyat mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, dunyoviy hamda ilohiy e’tiqodga aylanishi, faoliyat motivi, harakatlantiruvchi mexanizmi ham shu ma’no-mazmunning xarakterini belgilaydi. Bu dunyo tuzilishining sir-sinoatlari, odamlarning ongi va tafakkurida diniy e’tiqod bilan birga aql, tajriba asosiga qo‘yilgan dunyoviy bilimlar mujassamligi o‘zining ifodasini topib kelgan. Insonning individual g‘oyasi, bir tomondan, ijtimoiy borliqning shaxs hayoti darajasida namoyon bo‘lishi, ikkinchi tomondan, uning zaruriy sharti, kompanenti, atributi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning individual g‘oyalari ijtimoiy birliklarining maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e’tiqodi doirasida konkretlashib, umuminsoniy g‘oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Ya’ni, shaxs e’tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi. Turli ijtimoiy birliklarning o‘ziga xos individual ishonchi, e’tiqodiga aylangan g‘oyalar-millat manfaatlari, ehtiyojlari «chorrahasi»da tutashib, milliy g‘oyani va ularni amalga oshirish usullari hamda vositalari bo‘lgan mafkuralarni vujudga keltiradi. Milliy g‘oya-muayyan hududda yashayotgan turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning, millat va elatlarning, xilma-xil diniy e’tiqodli kishilarning manfaatlariga mosligida, ularning dunyoviy va ilohiylik xususiyatlari mutlaqo shartli hamda nisbiydir. Aniqroq qilib aytganda, milliy g‘oya xalqning ishonchi va e’tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan, milliy g‘oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e’tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat’iy nazar, ularning manfaatlarini integrasiyalashtiruvchi hamda universallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili hisoblanadi. Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo‘nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy- ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integrasiyalashgan komplaks- sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi: Birinchidan, uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo‘ygan edi. Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institusional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko‘nikish effektini» vujudga keltirib: bo‘ysunuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib ay tganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum
54
faqat jamiyat unga zo‘rlab bo‘ysundirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo‘rlik yo‘li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi». Uchinchidan, yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g‘oyaviy emansipasiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqiyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning bir-biri bilan bog‘liq ikki vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Ularni, shartli ravishda, ijtimoiy-siyosiy makon, tarixiy zamon nuqtai nazaridan
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotini erkinlashtirmoqda. Ma’lumki, jamiyatni tashkil qilgan ijtimoiy-siyosiy qatlamlarning manfaatlaridagi xilma-xillik qonuniy tarzda ular o‘rtasidagi manfaatlar xilma-xilligini namoyon etish bilan birga erkin va mushtarak maqsadlarni ham keltirib chiqaradi. Johondagi rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribalari shu manfaatlar mushtarakligini o‘z vaqtida, oqilona hal qilishning yo‘llarini, vositalarini topish jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi ekanligini va aksincha, mamlakatlarning g‘oyaviy ojizligi, noshudligi milliy parokandalikka olib keldi, xalqni qullikka mahkum qilishini qayta-qayta isbotlab bergan. Ana shu holatni oldini olishda mamlakat ichida xalqning milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodi ularni umummilliy maqsad yo‘lida jipslashtiradi. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy qatlamlarni, tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi-osoyishtaligi, xalq farovonligi g‘oyasi atrofida jipslashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu milliy rivojlanishning istiqbollarini kafolatlaydi. Buning asosiy omili, umumiy nuqtasi-mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarni: millatidan, irqidan, diniy e’tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy mavqyeidan, qaysi partiyalarga mansubligidan qat’iy nazar, umummillat manfaatlarini ifodalaydigan istiqlol g‘oyalari ularning ishonch va e’tiqodidan joy olishi hamda shu g‘oya asosida birlashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish, mamlakatimizda demokratik, adolatli-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda. Bu vazifalarni bajarilishida o‘tmish jamiyatning g‘oyaviy stereotiplaridan voz kechish, mustobid tizimning soxta tenglikka asoslangan, «qaychilab tekislash» siyosati oqibatlarini bartaraf qilish, amalda mafkurasizlashtirishdan iborat bo‘lgan hukmron siyosiy mafkura tazyiqining kishilar ongida hadik, shubha tarzida saqlanib qolishini siqib chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kishilarning boqimandalik kayfiyatini batamom yo‘qotish-g‘oyaviy-mafkuraviy faoliyatning tarkibiy qismidir. Ana shu asoratlardan qutilish milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan ichki omillardan hisoblanadi. Totalitarizm tuzumining: «Davlat seni boqyapti, sen davlatga qul bo‘lishing darkor», degan tamoyili g‘oyaviy qaramlik va mafkuraviy mahdudlikka olib kelgan. Boqimanda
55
odamning fikr erkinligi, siyosiy faoliyati chegaralangan bo‘lib, xukmron mafkura nimani aytsa, shuni qiladigan passiv, loqayd, g‘oyaviy kaltabin kishilar qilib tarbiyalashga asoslangan edi. Milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirishning muhim ichki vazifalaridan biri- qurilayotgan jamiyatning munosib g‘oyaviy-mafkuraviy zaminini yaratishdir. Xalqimizda: «Suv bo‘lmagan joyda qamish o‘smaydi», degan hikmatli so‘zlar mavjud. Ma’lumki, qamishni o‘rib tashlasangiz ham, yoqib yuborsangiz ham, biri bir o‘sib chiqaveradi. Uni yo‘q qilishning yagona chorasi-suvni quritishdir. Shunga ko‘ra, milliy taraqqiyotimiz jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarning mamlakatimiz hududiga o‘tishi va ildiz otishiga imkoniyat bermaslik uchun milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqod alohida ahamiyatga ega. Buning uchun milliy istiqlolimizga yot bo‘lgan g‘oyalarning yurtimizga kirib kelishi, Vatanga e’tiqodi sust, imoni, irodasi bo‘sh kishilarning ongini tezroq zabt etadi. Chunki, g‘oyaviy tarbiya chora-tadbirlari-g‘oyaviy-mafkuraviy «infeksiya»ga nisbatan immunitetni vujudga keltirish, uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga ko‘ra samaraliroqdir. Buning uchun har biri nisbatan mustaqil, lekin bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotni milliy-ma’naviy negizlarimizga tayangan holda, unga mos tarzda qurilishi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davridagi ijtimoiy vaziyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, bir tomondan, etnografik, demografik struturasi, diniy e’tiqodlar xilma-xilligi uning xalqining hayot tarzi negizlarning rang-barangligi yagona milliy istiqlol g‘oyalari doirasida birlashtirishga xalaqit qilmasligi lozim. O‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy Vatan tuyg‘usi, xalq farovonligi, erkin va farovon hayot qurish, millatlararo totuvlik bilan uzviy bog‘liq milliy g‘oya birlashtiradi. Ikkinchi tomondan, agar shunday e’tiqod va ishonch bo‘lmasa, aynan shunday ijtimoiy muhit xususiyati g‘ayriinsoniy, g‘ayrimilliy g‘oyalarning mamlakatimizga kirib kelishiga, ma’lum ma’noda qulay imkoniyatlar yaratish ehtimolini qoldiradi. Mamlakatning bosqichma-bosqich yangi jamiyatga, bozor munosabatlariga o‘tishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari, agrar sohadagi islohatlarda erishilayotgan yutuqlar nisbatan sust kechayotganligi, aytish mumkinki, yot g‘oyalarga nisbatan kishilarning ruhiy barqarorligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasini kishilar ongiga, hayot tarziga singdirishda iqtisodiy hayotdagi ijobiy o‘zgarishlarning salmog‘ini oshirish zarur. Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning qonuniy- huquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini yaratish bir tomondan milliy istiqlol g‘oyasining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ifodasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, shu asos- milliy g‘oyalarni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki, mamlakatdagi siyosiy partiya-lar, turli diniy konfessiyalar milliy
56
istiqlol g‘oyasi asosida kishilarni umumxalq manfaatlari yo‘lida mushtarak maqsadlarda safarbar etishlari uchun imkoniyatlari mavjud. Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma’naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlaramizning ma’naviy merosi g‘oyaviy barkamollik uchun oziq bo‘lmoqda, lekin shuni ham aytish kerakki, bizning tariximizga mahliyo bo‘lib, kelajakni unitishimizga haqqimiz yo‘q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiqarish milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish uchun zarur. Shuning uchun ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz-poydevordir. O‘zbekistonda “Fuqaro tarbiyasi”. Milliy g‘oya va O‘zbekiston tajribasi ko‘tarilgan masalaning muhimligi O‘zbekistonda ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishga undaydi. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, bizda «Fuqaro tarbiyasi» haqida kam gapiriladi. Lekin bizda bu vazifa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan emas. O‘zbekistonda fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lib, asosan ikki yo‘nalishda: 1) Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va 2) Milliy g‘oyani singdirish vositasida amalga oshirilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bizda ham fuqaro tarbiyasini amalga oshiruvchi maskan sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Demak, maorifga millat fuqarosini tarbiya-lashdek mas’uliyatli vazifa yuklangan. Maorif, xalq ta’limi yo‘li bilan komil inson qiyofasini yaratish zarur. Avvalo har jihatdan faol insonni tarbiyalashga e’tibor qaratish, g‘oyaviy tarbiya vositasida shaxsning salohiyatini maksimal darajada yuzaga chiqarishga erishish, har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga urg‘u berish zarur. Buning uchun insonni passiv ijrosilikdan emas, balki faol tashabbuskorlikdan ko‘proq manfaatdor ekanligiga ishontirish kerak. O‘quv jarayonida bu vazifani hal qilish uchun ta’lim jarayonini «yodlash»dan xalos qilish va uni muammolarni hal qilishga yo‘naltirish zarur. Shaxsning ijodiy fikrlashini rivojlantirish ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi. G‘oyaviy tarbiyani tashkil qilishda nazariy fikrlarga amaliy shakllar berish, bilimlarni harakatlarga aylantirish muhim sanaladi. Buning uchun pragmatik fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling