Islohotlarga yondashuvni mustahkamlash
4.5
|
Ma’lumotlar va axborotlar sifati
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi muhim ma’lumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:
O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlar va statistikani yaxshilash bosh rejasini ishlab chiqish;
O‘zbekistonning Xalqaro taqqoslash dasturida ishtirok etishi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish (xarid qilish qobiliyati paritetini o‘zgartirish koeffitsiyentini hisoblab chiqish);
uy xo‘jaliklari, korxonalar va firmalar budjetlari, ishchi kuchini tadqiq etish va tadqiqotlarning boshqa tanlangan turlarini takomillashtirish rejasini ishlab chiqish;
milliy ro‘yxatga olish jadvalini aniqlash;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limining KOMTREYD tizimiga qo‘shilish va muntazam ravishda eksport va import ma’lumotlarini taqdim etib borish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish
2019-yil yanvar
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil fevral
|
Asosiy ijrochi:
Davlat statistika qo‘mitasi
(Begalov)
Birgalikda ijro
etuvchilar:
Iqtisodiyot vazirligi
(Xodjayev)
|
Islohotlar jarayonida aholining xabardorligi va ishtirokini kengaytirish
|
4.6
|
Islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning ishtiroki
|
Islohotlar jarayonida fuqarolar va ijtimoiy guruhlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ini ishlab chiqish:
jamoat xizmatlarini taqdim etish masalalarida fuqarolarning ishtirokini oshirish va o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash;
vazirlik va idoralar tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida fuqarolar murojaatlarning qanoatlantirish mexanizmlari va dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish;
keng doiradagi manfaatdor tomonlar ishtirokida islohotlar masalalari bo‘yicha milliy va mintaqaviy darajadagi jamoatchilik maslahatlarining tizimlashtirilgan dasturlarini amalga oshirish;
davlat xaridlari tizimidan ochiq foydalanishni joriy qilish, uning shaffofligini oshirish, fuqarolarning ishtirokini ta’minlash va davlat xaridlari ustidan nazoratni kuchaytirish;
manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishning tegishli rejalari, axborotni oshkor etish siyosati, rasmiy aloqa kanallari va jamoatchilikning shikoyat taqdim etish mexanizmini ishlab chiqish.
|
Kengash kotibiyatiga kiritish
2020-yil iyul
Kengashda muhokama qilish:
2020-yil avgust
|
Asosiy ijrochi:
FJShMI
(Kamilov)
Birgalikda ijro etuvchilar:
Adliya vazirligi (Dav�etov)
|
|