Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/24
Sana15.07.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1660537
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari

Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan 
xususiy shaxslarga o'tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
7 1.Л. Karimov. «Valan sajdagoh kabi muqaddasdir». T.3.. Т.: «OV.bckiston», 1996, 202-bct.
s OV.bckiston Respublikasinin": Qonuni. Davlat kLsan'ulldan chiqarish va xususiylashtirish 
to’g ’risida / OV.bckiston Rcspublikasi: qonunkir va farmonlar. - Т.: «OVbekiston», 1992, 65-bct.
I l l
www.ziyouz.com kutubxonasi


xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlal 
mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko'zda tutadi. U bir 
qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik 
jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga 
aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vauchcr) 
bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
boshqaruvchilanga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma 
va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini 
auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tum an bo'lib, 
ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul 
bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish 
orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo ‘lib berish 
hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Bu sanab o ‘tilgan usullarni amalga oshirishning aniq 
shakllarini 4-chizm a orqali ifodalash mumkin.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash-tirishning 
ko‘rsatib o ‘tilgan yo'llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash 
undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat 
mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo'llanildi. Bundan 
ommaviy xususiylashtirishdan ko'zlangan rnaqsad qisqa muddat 
ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlaming g‘oyat 
keng 
qatlamini 
vujudga keltirishdan 
iborat 
edi. Agar 
tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab 
olingan ozchilik o‘rtasida o'tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan 
kapitalning kirib kelishiga, yo'l ochishi zaair bo‘lsa, davlat mulkini 
xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish 
boshqa usullami qo'llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham 
qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik 
berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalami sotib olishda 
shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi 
ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
sharoitga qarab pulli, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o ‘tkaziladi. 0 ‘z 
shakli va usulidan qat’i nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni 
vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan 
nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning 
monopol 
hukmronligiga 
chek 
qo‘yib, 
jamiyatda 
faollik
112
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko'rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo‘l va 
imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish 
iqtisodiyotning davlat zimmasidan soqit qilish yo'llaridan biri boMib, 
davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari - fuqarolarga berish 
demakdir. Ko'pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini 
ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning 
barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi, bunda 
aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil 
etish, 
uni 
bo^iqaridi 
ishlab chiqarish hamda mahsulotni 
ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlami o'z zimmasiga olavermaydi.
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, awalom 
bor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan 
mamlakatlar tajribasidan to'Iaroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan 
xatolar takroiianmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining 
rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga 
oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami 
dasturini ishlab chiqarish zarur.
Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin 
iqtisodiy xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng 
imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu 
korxonalarga soliqlami birmuncha kamaytirish va ayrimlarini 
ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan 
tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajaigan ishiga qarab oladigan 
haqi turlicha bo‘lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz 
beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, biznesda turli shakllardagi 
mulkka 
e g a
bo’lib, акэуа sotib olish va korxona mulkida 
o ' z  
hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, 
ma’lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini 
bozorning shafqataz raqobat qonunlari asoada tashkil etadi. Bozor 
korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo raqobat kurashida 
o‘z manfaatlarini himoya qilishga m^bur etadi. Mabodo korxona 
raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat 
byudjetidan 
mablag1 
hisobiga 
uni 
saqlab 
qolish 
hollariga 
xususiylashtirish orqali barham beriladi.
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga 
o'tishni aks ettirmasiigi kerak, balki xususiylashtirish oldiga 
qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, ya’ni xususiylashtirish orqali 
avvalo barcha sohani o ‘z qaramog'ida turli uslublar orqali ,
113
www.ziyouz.com kutubxonasi


birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish 
uchun bir qancha tadbirlami ishlab chiqish kerak bo‘ladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling