Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari


 ‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana15.07.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1660537
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari

5. 0 ‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
hamda xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari
Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy sliarti ko'p ukladli 
iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun 
shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. 
Bunda asosiysi 
mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz 
Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni 
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining 
tamal toshi bo'lib xizmat qiladi»7 deb alohida ta’kidlab ko'rsatadi. 
Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq 
mulki deb atalgan, aslida esa, davlatlashtirilgan mulk to'liq 
hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki 
deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat 
a’zolari o ‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», 
«birovning mulki», deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida 
mulkchilikda davlat sektorining salmog'i ancha yuqori bo‘lgan 
mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, 
0 ‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- 
lashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, 
«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi 
Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini hamda 
tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga
mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk 
bolmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli 
boMmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki 
davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib ol- 
ishidir.8
Bundan ko'rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling