Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari
Ikkinchidan, mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari
mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nis- batan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qan- daydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik to ‘g‘risida so‘z yuritish m a’noga ega emas».4 T o ‘g‘ri, bunday yondashuv yuqorida nomlari tilga olingan iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondashuv dastlab 1871 yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tom onidan «Siyosiy iqtisodning qaror topishi» kitobida asoslab berilgan edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nis- batan miqdori kam boMgan ne’matlarning mavjudligi sharo itida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari «ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi ne’matlar miqdori o ‘rtasidagi nomuvofiqlik»5 muammosini hal eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi. Bunday nomuvofiqlik shunga olib keladiki, mulkchilik munosabatlarining markaziy holati boMib ularning rad etuvchi tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari - bu moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir. Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi, ya’ni ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi. Bunday resurslar mulkchilik obyekti bo ‘la olmaydi. Ulardan 3 P. Xcync. Ekonom ichcskiy obraz m ishleniya. S. 325. 4 P.O . T oum anoff. T heory o f m arket failure — “ K uklos", 1984, v. 37, № 4. 5 K. M enger. O snovaniya politicheskoy ekonom ii. Avstriyskaya shkola poli- ticheskoy ck'onomii. М.: I992. S. 79. 103 www.ziyouz.com kutubxonasi foydalanish bo'yicha kishilar o ‘rtasida iqtisodiy, bozor mu- nosabatlari paydo boMmaydi. Mulkchilik huquqlari nazariyasi mualliflarining nuqtai nazariga ko‘ra, resurslarga erkin erishishdan boshqalarning rad etilishi resurslarga bo‘lgan mulkchilik huquqlarini tasniflashni anglatadi. Tasniflashning m a’no va maqsadi mulkchilik huquqini haqiqatan ham mulkni yuqoriroq baholovchi, uning qadriga etuvchi, undan nisbatan ko'proq foyda oluvchi kishilar to- monidan egallanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. «Agar m a’lum xatti-harakatlarni sodir etish uchun huqu- qlarni sotish va sotib olish mumkin boMganda edi, - deb yo- zadi R.Kouz, - ularni pirovardida eng yuqori baholovchi ki shilar tom onidan sotib olingan bo‘lar edi. Bu jarayonda huqu- qlar shunday tarzda sotib olingan, taqsimlangan va uyg‘unlashtirilgan bo‘ladiki, ular asosida yo‘lga qo‘yilgan faoliyat eng yuqori bpzor qiymatiga ega boMgan daromad keltiradi».6 Shunday qilib, tasniflash, ya’ni mulkchilik huquqlarini aniq bel- gilashning asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar xulq-atvorini shunday o‘zgartirishdan iboratki, natijada ular o‘ta samarali qarorlar qabul qiladilar. Chunki mulk bo‘yicha faoliyatning barcha ijobiy va salbiy natijalari pirovardida mulkdor zimmasiga borib taqaladi. Shunga ko‘ra, u mulk yuzasidan qarorlar. qabul qilish chog‘ida bu natijalaming to‘liq hisobga olinishidan manfaatdordir. Mulkchilik huquqlari qanchalik aniq bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektning qaroridan boshqa birovlarga tegishi mumkin bo‘lgan foyda yoki zi- yonni hisobga olishga rag‘bat shu qadar kuchli bo‘ladi. Aynan shuning uchun mulkchilik huquqlarini ayirboshlash jarayonida u yoki bu ne’matlar ularning qadrini eng yuqori tarzda baholagan iqtisodiy agentlaiga beriladi. Shu orqali resurslarning samarali taqsimlanishiga erishiladi, chunki ayirboshlash jarayonida resurslar nisbatan unumsiz foydalanishdan unumli foydalanishga, kam qadr- lovchi shaxslandan ko‘proq qadrlovchi shaxslaiga o ‘tadi. 6 R. Kouz. Firma, rinok i pravo. М.: 1993. S. 14. 104 www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling