Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari
Birinchidan, ular o ‘z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik»
tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushun- chasini qoMlaydilar. Ularning fikricha, resursning o'zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo‘yicha huquqlar to ‘plami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi. Mulkchilikning to ‘liq «huquqlar to ‘plami» o ‘z ichiga quyi dagi 11 ta huquqni oladi: 1.Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to ‘liq jismoniy nazorat o ‘rnatish huquqi. 2. Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xos- salarini o ‘zi uchun qoMlash huquqi. 3.Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo‘sinda ta ’minlashini hal etish huquqi, 4. Darom ad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi. 5.Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o ‘zgartirish yoki yo‘q qilish huquqi. 6.Xavfsizlikni ta ’minlash huquqi, ya’ni ne’matni ekspropriasiya qilinishi hamda tashqi muhit tom onidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi. 7 .N e’matni merosga berish huquqi. 8 .N e ’matga ega boMishning muddatsizligi huquqi. 9 .N e ’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi. 10. Qarz uchun toMov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to ‘lov sifatida foydalanish imkoni- yatini qoMlash huquqi. 11. Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlami tiklan- ishini ta’minlovchi tartib va muassasalaming amal qilishi huquqi. Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan bogMiq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taal- luqli boMgan kishilar o ‘rtasidagi jamiyat tom onidan (davlat qonunlari, m a’muriy farmoyishlar, a n ’analar, odatlar va h.k.) ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu m unosabat lar ne’matlar bo‘yicha xatti-harakatlar m e’yorini namoyon etib, kishilar o ‘zaro xatti-harakatlarda bu m e’yorlarga amal qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun 102 www.ziyouz.com kutubxonasi m a’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to ‘lashlari lozim. Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jam iyatda qabul qilingan m a’lum «o‘yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik hu quqlari - bu m a’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki kishilarning fikrlaricha, tegishli o ‘yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab beradi»3. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling