Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy mulk
Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o ‘rin tutadi.
Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki boMib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a ’zolarining mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o ‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk obyektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli, uylar, transport vositalari, pul jamg'armalari, uy-ro‘zg‘or, shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot hamda boshqalar boMishi mumkin. “0 ‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘nsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar ftjqaro va ularning oila a’zolarining mulki boMishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yoMida ishlatilishi mumkin. Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o ‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. 0 ‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g'risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan biiga xususiy mulk boMgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik 109 www.ziyouz.com kutubxonasi va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo‘jaligida uni qo'llash foydali boMgan bo‘g‘inlami aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilami sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari ham ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo‘yilgan mablagMar, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo‘lga kiritish kabilar ana shunday manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Respublika qonun hujjatlariga ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko'rsatish sohasi obyektlarini, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga aixsat beriladi. Mazkur yer uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo‘lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Demak, qishloq xo‘jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda yer ham xususiy mulk obyekti bo'lishi mumkin. Biroq yerning boshqa toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va davlat zaxirasiga kiritilgan yerlar davlatning alohida mulk obyektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin. Turli shakldagi mulklaming birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo'ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi. 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir. 110 www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling