Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari


ma’muriy-  buyruqbozlik iqtisodiyoti


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana15.07.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1660537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari

ma’muriy- 
buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha 
moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrogM davlat mulkchiligining 
hukmronligi va m a’muriy organlar tomonidan iqtisodiy 
qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan
94
www.ziyouz.com kutubxonasi


ifodalanadi. 
F oydalanadigan 
resurslarning 
hajmi, 
mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni 
tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar 
markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim 
bozor iqtisodiyoti tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi
erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi 
adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa, 
hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash 
iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.
1. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga 
xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, 
iqtisodiy jarayonlami tartiblashda hamda uyg‘unlashtirishda bozor 
mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda uning 
ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, 
har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, 
o‘zlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. 
Bozor tizimi 
yordamida 
alohida 
qabul 
qilingan 
qarorlar 
uyg‘unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlaming) ishlab 
chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir 
mahsulot va resurslarning ko'plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor 
va sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlaiga 
davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo‘ladi. Shu sababli 
davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozoming 
amal 
qilinishi 
engillashtiruvchi 
ishonchli 
huquqiy 
tartiblar 
o‘matishdan iboratdir.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling