Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari


ishlab chiqarishning texnologik usuli


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana15.07.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1660537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari

ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi.
Ular o‘rtasidagi chegaralami jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik 
bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan 
boshqasiga o‘tish asosan mehnat vositalarining xususiyatidagi 
o'zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichi 
alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperasiya, manufaktura va 
mashinalashgan ishlab chiqarishdir. Oddiy kooperasiya - bu bir xil 
ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlaming eng oddiy 
shakldagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan 
kishilar guruhidir. Kooperasiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik 
ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon 
bo'ladi:
1) 
ko‘plab ishchilarning birgalikdagi 
mehnati ishchi 
kuchidagi alohida tafovutlarning yo'qolishiga, ularning sifat 
jihatidan bir xillikka olib keldi;
2) 
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida 
yoqilg‘i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlaming kam 
sarflanishi mahsulot birligiga to ‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish 
vositalarining tejalishiga olib keldi;
3) 
birgalikdagi 
mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, 
mehnat unumdorligini oshirdi.
Mashinalashgan 
ishlab chiqarishga olib bomvchi yo‘lda 
manufaktura, ya’ni mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina 
hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperasiya muhim rol o ‘ynaydi. 
Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni
91
www.ziyouz.com kutubxonasi


davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrirn xodim 
esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy 
kooperasiyadagidek qo‘l mehnatiga va unga asoslangan qurolga 
tayanadi.
M anufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga 
keltirib ham da ishchini tor operasiyalarni bajarishga bog'lab, 
yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o ‘tish uchun zarur 
shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil 
etish, mehnatning mazmuni va holatiga, ishlab chiqarishning 
butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun 
ijtimoiy hayotda ham tub o ‘zgarishlar ro‘y beradi. XVI11 
asrning so‘nggi 30 yili ichida boshlangan sanoat revolyusiyasi 
natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga keldi.
Kooperasiyaning bu shakli xuddi manufaktura singari, mehnat 
taqsimotiga asoslanadi, lekin undan mashinali mehnatga asoslanishi 
bilan tubdan farq qiladi. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti 
tamomila mashinalaming vazifalari bilan belgilanadi.
M ashinalar tizimiga asoslangan fabrika bugun ham ko‘p 
jihatdan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy 
bo‘g‘ini rolini saqlab kelmoqda. Shu bilan birga fan va 
texnikadagi inqilobiy o ‘zgarishlar, 1. EHM ning paydo bo'lishi 
va rivojlanishi, yagona axborot tizimlarining yaratilishi, ishlab 
chiqarish umumlashuvining yanada o'sishi uning texnikaviy 
bazisini jiddiy ravishda o ‘zgartirib yubordi.
Fan-texnika, 
texnologiya 
va 
axborot 
tizimidagi 
o ‘zgarishlarga qarab ko‘pchilik olimllar, masalan, R.Aron, Dj. 
Gelbreyt, 
U.Rostou 
va 
boshqalar jamiyat 
taraqqiyoti 
bosqichlarini uch bosqichga: industrlashgungacha bo ‘lgan 
jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki 
axborotlashgan jamiyatlarga bo‘lib o'rganishni tavsiya etadilar.
Bunda ular industrlashgungacha bo‘lgan jamiyatning asosiy 
belgilari sifatida: a) aholining asosan, qishloq xo‘jaligi bilan bandligi; b) 
qo‘l mehnatining hukmnonligi; v) mehnat taqsimotining juda sayozligi 
(dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo, boshqaruv va 
boshqalar); g) natural xo‘jalikning hukmronligini ko‘rsatadi.
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan 
jamiyatning 
asosiy 
belgilari 
deb: 
a) 
ishlab 
chiqarishning
92
www.ziyouz.com kutubxonasi


mashinalashganligi; b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida 
rivojlanishi, 
unda ishchilar sonining ko‘payishi; v) shahar 
aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko‘payishi va boshqalar.
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada 
industrlashgan 
jamiyatning 
asosiy 
belgilari: 
a) 
xizmat 
ko'rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi; b) ishchi 
kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo‘lishi; v) 
fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan 
xodimlarining va malakali mutaxassislar rolining oshishi; g) 
iqtisodiyotning hamma sohalarida va 
kundalik hayotda 
axborot va hisoblash texnikalarining keng qo'llanilishi; d) 
tovarlar va xizmatlar sifatiga putur etkazmasdan iqtisodiy 
resurslarning hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi 
texnika va texnologiyalarning keng qo ‘llanilishi va boshqalar.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, texnika va texnologiyadagi 
o ‘zgarishlar jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni o'ynaydi va tashkiliy, 
boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar tarkibining o‘zgarishiga, 
mehnat unumdoriigining o‘sishiga olib keladi. Lekin bu texnik 
o‘zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat 
taraqqiyoti qonunlarini aniqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar 
va ularning holatlarini bilishda ham texnik, ham ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlaming biigalikda olib, ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini va 
shu dialektik aloqadorlik hamda ta’sir natijasida sodir boMadigan 
taraqqiyot qonunlarini o'rganish zarurdir.
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnolo-giyaning 
rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaming kuchli ta’sirini shunda 
ko‘rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan 
texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo'jaligi va bozoming 
vujudga kelishi bilan gurkirab o'sib ketdi.
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari, ya’ni oddiy 
kooperasiya, manufaktura, mashinalashgan, ya’ni industrlashgan 
ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan 
jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo‘jaligi rivoj 
topgan davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda 
ko‘pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy 
tizimlaiga bo‘Iib o'rganadilar.
93
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling