Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari


Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana15.07.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1660537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real 
hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali 
iqtisodiyot unsurlarini mujassainlashtiradi. Mulkchilikning har 
xil 
shakllari, 
tadbirkorlikning turli 
yo'nalishlari 
mavjud 
boMadi, unda rcjalashtirish, bashoratlash, aholini ijtimoiy 
himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi 
davrda oldingi erkin bo/or iqtisodiyotdan sczilarli farq qiladi. 
Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi:
Birinchidan, mulkning bir qisnii davlat qoMida bo'lib, u 
iqtisodiyotda faol rol o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi etarli darajada ishlab 
chiqarmaydigan yoki umuman etkazib bermaydigan ayrim tovarlar 
hamda xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini 
o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, sof 
kapitalizmdan farq qilib, Amerika iqtisodiyotida yirik korporasiyalar 
va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli 
iqtisodiy 
tashkilotlar mavjud.
Bu yerda, shuni alohida ta ’kidlash lozimki, xususiy 
mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va 
markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud 
bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya 
iqtisodiyoti 
avtoritar 
kapitalizm 
deb 
atalgan, 
chunki 
mulkchilik xususiy bo‘lib qolsa-da, mamlakat iqtisodiyoti 
qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. 
Buning teskarisi, bozor sosializmi deb atalgan sobiq sosialistik 
Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos 
bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish hamda 
boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shveysiya 
iqtisodiyotida ham 90 foizdan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy 
firmalarda to ‘plangan bo ‘lsa-da, davlat iqtisodiy barqarorlikni 
ta ’minlash 
va 
daromadlarni 
qayta 
taqsimlashda 
faol 
qatnashadi. 
Hozirgi 
vaqtda Xitoy 
Xalq 
Respublikasida 
davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va 
rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari 
muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan 
iqtisodiy o'sishga erishmoqda.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling