Ijtimoiy-iqtisodiy


Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/30
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#218650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
3-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI

Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 

Ishlab chiqarish usuli 

Ustqurma 

Ishlab chiqarish munosabatlari 

Ishlab 

chiqarish 

vositalari 

- mulkchilik 

- ishlab chiqarish 

- taqsimot 

- ayirboshlash 

- iste’mol munosabatlari va boshqalar 

siyosiy, huquqiy, 

mafkuraviy, 

milliy, оilaviy vа 

bоshqa ijtimoiy 

munosabatlar 

Ishlab chiqaruvchi kuchlar 

Ishchi 

kuchi 



«Sivilizatsiya» soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu 

tushuncha  fanga  frantsuz  faylasuflari  tomonidan  nisbatan  yaqin  vaqt  –  ikki  asr  oldin  kiritilgan 

boʻlib,  tafakkur  va  erkinlik  hukmron  boʻlgan  jamiyatlarni  tavsiflash  uchun  qoʻllanilgan. 

Umuman  olganda  tsivilizatsiya  rivojlangan  mamlakatlardagi  iqtisodiy  va  ijtimoiy-huquqiy 

munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.  

Jamiyat  taraqqiyotini  tsivilizatsiya  nuqtai-nazaridan  oʻrganishda  tsivilizatsiyalarning 

almashuvi  nazariyasi  muhim  oʻrin  tutadi.  Bu  nazariya  tarafdorlari  quyidagi  7  ta  bosqichdan 

iborat tsivilizatsiyani ajratib koʻrsatadilar: 

1)  davomiylik muddati 30-35 asrni oʻz ichiga olgan neolit davri;  

2)  davomiylik  muddati  20-23  asrni  oʻz  ichiga  olgan  sharqiy  quldorlik  davri  (bronza 

asri); 

3)  davomiylik muddati 12-13 asrni oʻz ichiga olgan antik davr (temir asri); 

4)  davomiylik muddati 7 asrni oʻz ichiga olgan erta feodal davri;  

5)  davomiylik muddati 4,5 asrni oʻz ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;  

6)  davomiylik muddati 2,5 asrni oʻz ichiga olgan industrial davri; 

7)  davomiylik muddati 1,3 asrni oʻz ichiga olgan yuqori industrlashish davri.

1

 

Bu  qayd  qilingan  bosqichlardan  koʻrinib  turibdiki,  ushbu  nazariyada  turli  qarashlar  va 



yondashuvlarni aralashtirish holatiga yoʻl qoʻyilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning 

aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.  

Jamiyat  taraqqiyoti  bosqichlariga  texnologik  yondashuv  ham  ma’lum  bir  oqim 

xisoblanadi.  Ular  jamiyat  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  roʻy  berayotgan  oʻzgarishlar  koʻlami  va 

tavsifini  yaxshiroq  tushunib  olish  uchun  ishlab  chiqarishning  turli  texnologik  usullarini  tahlil 

etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish 

zarur deb hisoblaydilar. 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling