16-mavzu. Ijtimoiy ishning oraliq, integrativ va kompleks xarakteri(tabiati).
Ijtimoiy ishda alternativ g‘oyalar sotsial reallikning ko‘p plyus va ko‘p chiziqli tahliliga tayanadi. E.Dyurkgeym anomiyasi– hayot qoida va me’yorlarning legitimlashtirilmagan tizimi.Konformizm me’yorlarni qabul qilish va qadriyatlar muhiti sifatida. Deviant hulq-atvorning asosiy ochiq vazifalari: kompensator, kommunikativ,ritual va status (prestij) funksiya.
Ijtimoiy adolat prinsipi tenglik - tengsizlik o‘lchovi sifatida.Postmodernizm, XX asr oxiridagi nufuzli nazariy konsepsiya va sotsiomadaniy oqim. Postmoder ideallari.
17-mavzu. Ijtimoiy ish va ijtimoiy taraqqiyot muammolari.
Ijtimoiy ish bo‘yicha professional mutaxassis bo‘lib shakllanish. Professionalizatsiya uzoq muddatli makrojarayon, inson va jamiyat yordami bilan konkret mashg‘ulot turini shakllantiradi hamda kasb haqida farazga ega bo‘lish.
Ijtimoiy ishning institutsionlashish jarayoni.Mutaxassislar mehnatining o‘ziga xosligi, amaliyotda professional harakat qilish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ishchi mutaxassislari o‘rtasidagi farq. Ijtimoiy ishchining turli kasbiy roli va vazifasi. Ijtimoiy ish mutaxassisligi bo‘yicha professionallik.
18-mavzu. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ish.
Ijtimoiy ishchining professional roli. Mutaxassisni malakali qilib o‘qitish va tarbiyalash muammolari. Ijtimoiy ishchining professional mezonlari. Ijtimoiy ishchining axolqiy mezoni. Mutaxassisning ijtimoiy ishda professionallik belgisining zarurligi.
Ijtimoiy ishda professional tavakkallik. Professional stress va emotsionallik alomatlari muammosi. Professional stresslarni engib o‘tishda professional qo‘llab quvvatlanish. Ijtimoiy ishchiga asosiy vazifalaridan kelib chiqib talab qo‘yish: “ijtimoiy tashhis” qo‘yish mahorati, turli guruhlar va ijtimoiy himoyaga muhtojlar bilan ishlashni bilish, ijtimoiy ishni qonun va me’yorlarni nazorat qilishni bilish, tashkilotchilik bilimiga ega bo‘lish, kutilmagan vaziyatlarda tezda qaror qabul qila olish. Ijtimoiy ishchining shaxsiy sifatlari, uning qadriyatlarni bilishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |