13-mavzu. Jamiyatning ma’naviy-axloqiy va sotsiomadaniy qadriyatlari hamda ularning ijtimoiy ish bilan aloqalari.
Ijtimoiy ishda psixologiyaning vazifasi: nazariy, metodologik, tushuntiruvchi, tashxis, bashorat.
Ijtimoiy ishda psixologik ta’minot (amaliy psixologiya, ijtimoiy faoliyat psixologiyasi: motivatsiya, psixologik analiz, boshqaruv). Ijtimoiy ishda psixologik bilimlar tizimi. Ijtimoiy ishda psixologik metodlar: psixodiagnostka, psixologik konsultatsiya, psixologik tanlab olish, psixologik adaptatsiya, sotsial-psixologik trening va autotrening, korreksiya, psixoterapiya
Ijtimoiy ishda psixologik ta’minot va psixologik vazifa.
14-mavzu. Ijtimoiy ishning asosiy nazariyalari va modellari.
Ijtimoiy ish nazariyasi o‘zining rivojlanishidagi asosiy metodologik asoslari.Metodologiya barcha fanlarning nazariy faoliyati uchun tizimli tuzilish prinsipi sifatida. Ijtimoiy ishning dunyoqarash konsepsiyasining vujudga kelishi. Vazifalari: ijtimoiy ish psixologiyasi: nazariy, metodologik, ijtimoiy ish tuzilishi. Nazariy funksionalyondoshuv. Ijtimoiy ishda funksional, radikal-tuzilmaviy, radikal-gumanistik va interpretativ sotsiologik paradigmalaroqimidaturli konsepsiyalar rivojlanadi.
15-mavzu. Zamonaviy ijtimoiy ish nazariyasining shakllanishi.
«Ijtimoiy ish nazariyasi» fani o‘qitilishi davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirilishini talab etadi: «Ijtimoiy ish nazariyasi» fan sifatida rivojlanishi bo‘yicha chet el hamda mahalliy tajribani o‘zlashtirish; ijtimoiy ishning insoniyat va jamiyat hayotidagi rolini, yordam ko‘rsatish texnologiyalari hamda uslubiy asoslarini o‘rganish; ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish; ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda ta’limiy dastur va o‘quv jarayonini tashkillashtirish uslubiyotini o‘rganish; ijtimoiy ishning samaradorligi (nazariy uslubiy jihati) haqidagi bilimlarni boyitish.
Olam tushunchasida fenomenologik orientatsiya. E.Gusserlning hayotiy dunyo nazariyasi. A.Oyus. fenomenologik sotsiologiyaning yaratuvchisi. Ijtimoiy ish kasbiy faoliyatida muammolarni tushunish nuqtai nazarining namoyon bo‘lishi: refleksiv-konseptual, refleksiv-noprofessional, aktual-situatsion, kommunikativ-shaxsiy. Refleksiya o‘z-o‘zini anglash faoliyati, o‘zining shaxsiy xolatining psixik xususiyatini aks ettirish sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |