Fanni ta’lim shakllari- dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot shaklida, shuningdek fanning dolzarb muammolari mustaqil ravishda o‘rganishga taqdim etiladi. O‘quv jarayoni davomida kreativ ta’lim va zamonaviy pedagogik texnologiyalar-“Klaster”, “Aqliy xujum”, “Guruhlarda ishlash”, “Loyiha ustida ishlash”, “Press-konferensiya”, “Keys-stadi” usullari qo‘llaniladi.Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi.
Talaba bilimiga qo‘yiladigan talablar:
Talaba tasavvurga ega bo‘lishi lozim:
insoniyat tarixida ijtimoiy ish amaliyoti rivojlanishining asosiy bosqichlari haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lishi;
O‘zbekistonda ijtimoiy ishning shakllanishi zaminlari haqida;
CHet el davlatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish modellari haqida;
Evropa davlatlarida ijtimoiy ta’minot haqida;
Ijtimoiy ishning tashkiliy shakllari haqida;
CHet elda oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmat shakllari haqida;
qariyalarga ijtimoiy xizmat shakllari haqida;
chet elda “xatar” (risk) guruhi o‘smirlari va yosh qonunbuzarlar bilan olib boriladigan ijtimoiy ish haqida;
bilishi lozim:
vatanimiz va chet eldagi asosiy tarixiy faktlar, sanalar, model va shakllar, yordam beruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi arboblar va tashkilotlarni;
malakaga ega bo‘lishi lozim:
Ta’limdan kutilayotgan natijalar.
Talabalarda ijtimoiy ishning kasb sifatida shakllanishining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari, amaliy ijtimoiy ishning ilmiy maktablari va nazariy modellari, aholini ijtimoiy himoya qilishning, aholini zaif qatlamlari bilan ishlash chet el tajribasi haqida tasavvur shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |