Ijtimoiy ish nazariyasi fanining ishchi o’quvdastu ri
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
Download 0.71 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
- talaba «Ijtimoiy ish nazariyasi» faniga doir zarur nazariy bilimlarga, malaka va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi, ijtimoiy ish sohasining fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari, mazkur sohaga doir zamonaviy fanlarning samarali yondashuvlarini joriy qilishi; - ijtimoiy ish fanining nazariy jihatdan shakllanishi, fanga doir bo‘lgan mahalliy va xorijiy tamoyillar haqida egallangan nazariy bilimni amaliy jihatdan kasbiy faoliyatda qo‘llashi; - ijtimoiy faoliyatni tashkil qilishda ilmiy ijodiy va uslubiy jihatlarni bilishni, tadqiqot o‘tkazish metodlarini amaliyotga tadbiq etish haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - amaliy tavsiyalar, hisobotlar tuzishni hamda amaliyotda ilmiy tadqiqotlarning natijalarini qo‘llashi; - zamonaviy axborot va boshqa texnologiyalarni amaliy jihatdan qo‘llashi; - nazariyada egallagan bilimlarini amaliyotda tatbiq qila olishi va tahlil qilishi; - muassasalarda ijtimoiy ish faoliyatini tashkillashtirishi; - o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tekshirish ishlarining olib borilishi jarayonlarida kerakli zamonaviy vositalardan foydalana bilish tajribasi hamda malakalariga ega bo‘lishizarur. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi «Ijtimoiy ish nazariyasi» fani o’quv rejadagi inson va jamiyat hayoti hamda faoliyatini o’rganuvchi - tarix, psixologiya, huquqshunoslik, sotsiologiya, pedagogika, etnografiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek, tabiiy jarayonlar dialektikasini o’rganuvchi fizika, matematika, biologiya, astranomiya, kimyo kabi tabiiy ilmiy fanlar bilan aloqador. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar «Ijtimoiy ish nazariyasi» fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, o‘quv yilining 3-semestrida o‘qitiladi. Fan aniq strukturaga ega bo‘lib, u o‘zida ijtimoiy ish nazariyasining ilmiy mavqe’ini shakllanishi, uning boshqa fan sohalari tizimidagi o‘rni va roli, ijtimoiy ish nazariyasining kontseptual asoslari, ijtimoiy ish sohasidagi bilimlarning strukturasi va dinamikasi; ijtimoiy ish metodologiyasi va texnologiyasini o‘zida qamrab olgan. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan falsafa, sotsiologiya, psixologiya, konfliktologiya kabi ilm sohalari haqida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling