Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana19.07.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1660997
TuriReferat
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini 
jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan 
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan 
yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali 
jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 
qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik 
huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk 
shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi.
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari 
xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va 
umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog`i davlatga qarashli 
bo’lmagan sektorga to’g`ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari 
davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 
95 foizdan ortiqrog`i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. 


50 
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 
yillarga to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik 
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning akstiyalari respublika qimmatbaho 
qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi 
bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg`in tashkil qilindi. 
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida 
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha 
ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning 
asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan 
mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni 
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini 
to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish 
belgilandi. 
O’zbekistonda 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy 
sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g`risida»gi 
Farmoni bilan bog`liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy 
nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va 
barqaror rivojlantirish uchun to’g`ridan-to’g`ri investistiyalarni jalb etish 
maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi 
joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining 
boshlang`ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor 
korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha 
tanlov asosida investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga 
sotish tartiblari tasdiqlandi.


51 
Bozor iqtisodiyotning to’laqonli amal qilishi ko’p jihatdan mamlakatdagi 
monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq. O’zbekiston 
Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim 
yo’nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab 
turgan ustunlik mavqeini sui
Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan 
biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil 
davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi 
ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida 
ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish 
boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko’p qavatli 
uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman 
olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, 
ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar 
aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy 
va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, 
yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy 
farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga 
ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling