«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
O’zbekistonda tibbiy madaniyatni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilagan islohotlar va ularning ilmiy-nazariy, huquqiy asoslari
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omillar Inson salomatligiga ta’siri % xisobida Omillar guruxi
O’zbekistonda tibbiy madaniyatni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilagan islohotlar va ularning ilmiy-nazariy, huquqiy asoslari. Bosh qomusimiz xisoblangan konstitutsiyamizning 40-moddasida, “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqiga ega ekanligi takidlab o’tilgan”. Shunday ekan Respublikamizda yashayotgan har bir fuqaroning salomatligi eng muqaddas ne’matlardan biri sanaladi.24 Barchamizga yaxshi ma’lumki xar bir davlatning kelajagini, uning taqdirini jismonan sog’lom, ma’nan yetuk, yuksak ma’naviyatli yoshlar belgilab beradi. Shuni inobatga olgan holda mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan sog’lom avlodni tarbiyalash yo’lida, aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasida bir qancha islohotlar doimiy ravishta, bosqichma-boshqich amalga oshirib kelinmoqda. Sog’lom avlodni tarbiyalash, yoshlarni ham ruxan, ham jismonan yetuk bo’lib yetishishlarini ko’zlagan holda yurtimizda o’tgan yillar davomida sog’liqni saqlash borasida 14 ta qonun, O’zbekiston respublikasi prezidentining 20 dan ortiq farmon va qarorolari ham da Xukumatning 100 ga yaqin qarori qabul qilinib ular ijrosini ta’minlash yo’lida davlat byudjetidan katta mablag’ yo’naltirildi.25 Bu esa mamlakatimizda barcha sohalar kabi sog`liqni saqlash tizimida ham tub o`zgarishlar ro`y berishini ta’minlab, tizimda chuqur islohotlar o`tkazish uchun zamin yaratdi. Nazarda tutilgan islohatlarning asosiy maqsadi – O`zbekistonning XXI asrda o`zining kuchli, aholiga sifatli xizmat ko`rsata oladigan tibbiyot sanitariya xizmati va yuqori darajadagi tibbiy madaniyatga ega aholi bilan kirib borishi edi. Buni amaliy ro`yobga chiqarish uchun O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligida O`zbekistonning demografik, madaniy va tarixiy xususiyatlari hisobga olingan holda aholi tibbiy madaniyatini oshirish, sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishning quydagi yo`llari ishlab chiqildi: 1. Sog`liqni saqlash tizimini va tarkibini qayta ko`rib chiqish va islohatlar o`tkazish. 2. Aholi tibbiy madaniyatini oshirish orqali so’g’lom avlodni tarbiyalash, 3. Sog`liqni saqlash tizimini mablag` bilan ta'minlanishini qayta ko`rib chiqish. 4. Tibbiy ma'lumot olishni isloh qilish. Yuqori malakali bosqichda faoliyat ko`rsata oladigan yetarli bilim, malaka va ko`nikmaga ega tibbiyot xodimlarini tayyorlash. 5. Milliy farmatsevtik, tibbiy ko`rsatmalarni tashkil etish. Aholining dori- darmonlarga, tibbiy asbob-uskunalarga ehtiyojini qondirish maqsadida qo`shma korxonalar tashkil etish. 6. Onkologik kasalliklar, narkomaniya, sil, OITS, virusli gepatit, teri-tannosil kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqarish. 7. Sog`liqni saqlash tashkilotlarini davlat qaramog`idan chiqarish va xususiylashtirishni joriy etish. Mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimni islox qilish bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Xar bir bosqichda alohida muxim masalalarga e’tibor qaratilib, yechimini kutib turgan muammolar bartaraf etilmoqda. Bu bosqichlarni amalga oshirishda mamlakatimiz tibbiyot xodimlarining yutuqlari va jahon ning ilxor davlatlari tajribalari umulashtirlmoqda. Ushbu bosqichlar quydagilardan iborat: Birinchi bosqich 1990-1998 yillarni o’z ichiga oladi va bu bosqich sog’likni saqlashning milliy modelini rivojlantirish asoslarini shakllantirish bosqichidir. Sog’liqni saqlash tizimini islox qilishning bu bosqichi doirasida O`zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to`g`risida”gi Qonuni 1992 yilda qabul qilingan bo`lib, u 6 bo`lim 32 moddadan iborat. Qonun sanitariya-epidemiologiya masalalarida aholining tinchligini va radiatsiya xavfsizligini ta'minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, odamning o`ziga qulay atrof-muhitga ega bo`lish huquqini hamda u bilan bog`liq boshqa huquqlarini va ularni amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash bilan bir qatorda tuman va shahar hokimliklari, sanitariya militsiyasi hamkorlikda ko`cha savdosi, sanitariya tozalov ishlarini o`tkazish, suv, tuproq, havoni ifloslantiruvchilarga qarshi kurashishda fuqarolar bilan bevosita ish olib boradi va aytilganlarga aloqador qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8-apreldagi 147-son qaroriga ko`ra shahar, tuman, davlat sanitariya – epidemiologiya nazorat markazi mutaxassislari sanitariya bo`linma xodimlari bilan birgalikda shahar, tumanlar hududlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish va kasalliklarni oldini olish bo`yicha ish rejasini tuzadi va amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi aholisining tibbiy madaniyatini oshirish, sog`lig`ini muhofaza etish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida respublika aholisini sifatli, va xavfsiz chet el oziq - ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni rejalashtirish va bu tadbirni to`g`ri uyushtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori bilan «Oziq - ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to`g`risida» gi 1997 yil 30-avgustda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi, O`zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori 1998 yil 15 dekabrda «Chet ellardan keltiriladigan (import) oziq - ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini kafolatlovchi sanitariya ko`rsatmalari va gigienik normativlar» ni tasdiqlagan. Mazkur hujjatlar respublikaga chet ellardan keltiriladigan (import) oziq - ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini kafolatlovchi asosiy sanitariya ko`rsatmalari va gigienik normativlarni ifodalaydi. Chet el oziq - ovqat mahsulotlarining, ularning turidan va qaysi mamlakatdan keltirilganidan qat'iy nazar, sifatli va xavfsiz bo`lishi kafolatlanishi, ya'ni sertifikatlanishi lozim. Faqat davlat ro`yxatidan o`tgan va tegishli sertifikat bilan ta'minlangan chet el mahsulotlari sotishga, iste'molga ruhsat etiladi. Ushbu qonun loyixasini amalga oshirish natijasida hozirgi kunda mamlakatimiz aholi si nafaqat o’z milliy mahsulotlarimiz balki chet el mamlakatlaridan olib kirilayotgan mahsulotlardan bemalol, sog’liklari xaqida qayg’urmasdan baxramand bo’lishmoqda. Mamlaktimizda sog’likni saqlash tizimini islox qilishning ikkinchi bosqichi 1998-2003 yillarni o’z ichiga olib bu bosqich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni – Sog’liqni saqlash tizimini islox qilish bo’yicha ilk Davlat dasturini amalga oshirish bosqichidir.26 Ushbu bosqichda aholining aksari ko‘pchiligi qishloqda yashashi e'tiborga olinib 1998-2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasida qishloq aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifat va samaradorligini oshirish, sanitariya-profilaktika xizmatini yaxshilash jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy klinikalarni, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda barpo qilish masalalariga alohida e'tibor berildi. Ana shu dastur asosida qishloqda zamonaviy klinikalarni, tibbiy asbob-uskunalarni va apparatlar bilan jihozlanadigan hamda qishloq vrachlik punktlari, kunduzgi va xonadon shifoxonalari barpo etildi va aholining barcha qatlamlari bepul tibbiy-sanitariya yordami olishning davlat tomonidan kafolatlangan imkoniyatlardan baxramand bo‘lishda tizimni mablag‘ bilan ta'minlanishi, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va boshqa bir qancha masalalarni hal qilishga doir bir nechta islohotlar amalgaoshirildi. Qolaversa aholining davolash muassasalarining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojini qondirmay, zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar va buyumlar bilan ta'minlamay tibbiyotda tub islohotlarni o‘tkazish, xalqqa kutilgan tibbiy yordamni ko‘rsatish va sog‘liqni muhofazasi haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emasligi xisobga olinib, ichki bozorni dori-darmonlar bilan to‘ldirish, aholiga dorixonalar tarmoqlari orqali sotishni yo‘lga qo‘yish, davolash muassasalarini tibbiy anjomlar hamda, tibbiyot texnikasi bilan ta'minlash yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rildi. Avvalo, tibbiy sanoati rivojlangan AQSh, Germaniya, Angliya, Yaponiya, Italiya kabi davlatlarning dori-darmon va tibbiyot texnikasi tijorati bilan mashg‘ul bo‘luvchi firmalar va kompaniyalarning Toshkent va boshqa shaharlarda vakolatxonalari ochilib, qo‘shma korxonalar qurish haqida shartnomalar imzolandi. Lekin milliy tibbiyot va farmatsevtika sanoatimizni barpo etmay turib tizimning talab va ehtiyojlarini to‘la qondirish, aholini dori vositalariga bo‘lgan talabini ta'minlash muammosini hal qilish mumkin emasligini hayot isbotladi. Shu nuqtai nazardan aytish joizki mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi va uni hayotga joriy etish to‘g‘risidagi yurtboshimizning ushbu farmoni hayotimizda muhim voqyea bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Ushbu bosqichda islohotlarni amalga oshirish ning eng muxim xuquqiy asoslaridan biri buO`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish to`g`risida” 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturini muvoffaqiyatli amalga oshirilishidir. Ushbu qastur natijasida respublikada 1999-2006 yillarda Sog`liqni saqlash tizimini barpo etishning yangicha yondashuvlari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi. Ushbu farmonda aholiga ko‘rsatiladigan kafolatlangan bepul, yuqori malakali birlamchi tibbiy xizmatni takomillashtirishga alohida e'tibor berilgan. Islohotlarning pirovard natijasida qishloq joylarda malakali bepul tibbiy xizmatini ikki pog‘onada ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Xalqqa tibbiy xizmat ko‘rsatishni zamon talablari darajasida tashkil etish ko‘p tomonlama tizimini milliy an'analar va jahon andozalarini inobatga olgan holda isloh qilishga bog‘liq. Davlat dasturi bu borada qo‘yilgan muhim qadam bo‘lishi shubhasizdir». Ushbu bosqish doirasida mamlakatda aholi salomatligini ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyun № 300-son «Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko`rikdan o`tkazish tizimini takomillashtirish to`g`risida» gi buyrug`i qabul qilindi. Ushbu buyruq umumiy va kasbdan kasallanishni muhofaza qilish va uni kamaytirishga qaratilgan sog`lomlashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va xastaliklarni ilk shakllarini aniqlash, ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning oldini olish, yo`l transport hodisalari sonini kamaytirish, yuqumli va parazitar kasalliklarga yo`l qo`ymaslik maqsadida, xavfli, zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillariga aloqador ishga kirishishdan oldin, xodimlarni zaruriy dastlabki, shuningdek, davriy tibbiy ko`rikdan o`tkazish ishlarini olib borish maqsadida qabul qilindi. Shuningdek, 2002 yil 5 iyulda Vazirlar Mahkamasi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining «Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘ligini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2002 yil 25 yanvardagi qarorini bajarish yuzasidan dastur ishlab chiqildi. Unda aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, ayollar salomatligini mustahkamlash, bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirishga urg‘u berilgan. Mazkur dasturda yoshlarning reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilimi va tibbiy madaniyatini oshirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning dolzarbligi masalalarini aholi keng qatlamlariga yetkazish ishlarini tizimli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Hozir yoshlarda sog‘lom oila barpo etish uchun zarur tushunchalarni shakllantirish maqsadida nikohgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yoshlarni sog‘lom oila barpo etishga tayyorlash bo‘yicha FHDYo bo‘limlari huzurida doimiy o‘quv kurslari tashkil etilgan. Qizlar, ayollar, erkaklar va yosh oilalarning maqbul tarkibli oilani shakllantirish, tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olish masalalari bo‘yicha bilimlarini va tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida o‘quv yurtlari va mahallalarda sog‘liqni saqlash va FHDYo xodimlari ishtirokida muntazam seminarlar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Yurtimizda sog’liqni saqlash tizimining uchinchi bosqichi 2003-2007 yillarni o’z ichiga oladi va bu bosqich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni - sog’liqni saqlash tizimida ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatini tashkil etish boshqichidir.27 Bu bosqich samarasi va keng ko’lamki islohotlarni amalgam oshirishi tufayli boshqa bosqichlardan tubdan farq qiladi. Jumladan, bu bosqichda qishloq joylarda sog`liqni saqlashning birinchi bo`g`ini hisoblangan kam samarali feldsher-akusherlik punktlari va ambulatoriyalar o`rniga zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi. Ular oliy malakali umumiy amaliyot shifokorlari bilan ta`minlandi. Ushbu qishloq vrachlik punktlarda mazkur hududda iste`qomat qiladigan aholining barchasi ro`yxatga olinadi. Har bir fuqaroga maxsus tibbiyot daftari ochiladi va uning sog`lig`i haqidagi ma`lumotlar muntazam ravishda yozib boriladi. Ushbu qishloq va shaxar vrachlik punklarida xizmat ko’rsatish quydagi tartibda amalga oshiriladi.28 Ayollar homilador bo`lishi bilanoq qishloq vrachlik punkti shifokoriga murojaat qiladi. Shifokor homiladorning o`ziga taaluqli va homilaning parvarishiga taaluqli maslahatlarni beradi. Keyingi bosqichda esa chaqaloq tug`ilgach vrachlik punkti shifokori bolaga ham tibbiyot daftarini ochadi va uning sog`lig`i, ovqatlantirilishi, emlanishi haqidagi ma`lumotlarni yozib boradi. Shunday qilib, qishloq vrachlik punkti shifokori mazkur hudud fuqarolari sog`lig`ini, ularning homilaligidan-chaqaloqligidan boshlab, umrining oxirigacha nazorat qiladi. Zarur bo`lganida ularni tuman markazidagi bolalar yoki kattalar poliklinikasiga, ixtisoslashtirilgan shifoxonaga, tug`ruqxonaga yuboradi. Bundan tashqari bolalar, kattalar va oila poliklinikalari tashkil qilinib ularning xar biri o’z mutaxassisligi bo’yicha malakali kadrlar, zamonaviy tibbiyot jixozlari bilan ta’minlandi. Hozirgi kunda Respublikamizning har bir tumani, markazi va shaharida bolalar poliklinikasi faoliat ko`rsat kelmoqda. Bolalar poliklinikasida asosiy profilaktika va davolash ishlarini mahalliy pediatr-shifokorlar tomonidan olib boriladi. Tuman markazidagi va shahardagi mahallalarda yashaydigan bolalar (chaqaloqdan-15 yoshgacha) mazkur bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr - shifokorlariga va ularning yordamchilari hisoblangan, mahalliy hamshiralarga berkitilgan. Har qaysi mahalliy pediatr va hamshira o`ziga berkitilgan mahallada yashaydigan bolalarni chaqaloqligidan boshlab 15 yoshgacha sog`lig`ini doimiy nazorat qiladi. Bolalarning sog`lig`i haqidagi ma`lumotlarni ularning maxsus tibbiyot daftariga muntazam yozib boradi. Mahalliy pediatr bolalarni ratsional ovqatlantirish, ularda sog`lom turmush tarzi va tibbiy madaniyatni shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalarini tushuntirish kabi sanitariya-gigiyenaga oid ishlarini olib boradi. Bolalarni jadval bo`yicha yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarini ham mahalliy pediatr va mahalliy hamshira birgalikda tashkil etadilar. Kasallangan bolalarni laboratoriya-rentgen va boshqa tekshiruvlardan o`tkazish, tashxis qo`yish, davolash, shifoxonaga yuborish mas`uliyati ham mahalliy pediatr zimmasida. Bola 15 yoshga to`lganida mahalliy pediatr uning tibbiyot daftariga hozirgacha qanday kasalliklarni o`tkazgani, emlangani hamda hozirgi kunda sog`lig`ining holati to`g`risidagi ma`lumotlarni batafsil yozib, kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokoriga topshiradi. Bolalar poliklinikasida mahalliy pediatr-shifokordan tashqari revma-kardiolog, okulist, lor, jarrohlik, ortoped-travmatolog, nevropotolog, endokrinolog va boshqa mutaxassisliklardagi shifokorlar faoliyat ko`rsatadilar. Ularning har qaysisi o`zining sohasi bo`yicha chaqaloqdan boshlab, bola 15 yoshga to`lib, kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokori nazoratiga o`tkazilgunicha, unga tibbiy yordam ko`rsatadilar, sog`lig`ini muhofaza qiladilar. Qishloq joylarida iste`qomat qiladigan aholi bolalarining tibbiyot daftari qishloq vrachlik punktida saqlanadi. Shu bois, bolaga tuman markazidagi bolalar poliklinikasi mutaxassis shifokorlarining maslahati (tibbiy yordami) zarur bo`lsa, ular qishloq vrachlik punkti shifokorining yo`llanmasi bilan tuman bolalar poliklinikasiga murojaat qiladilar. Mamlakatimizning har bir tumani markazi va shaharida, uning aholisining soniga, egallangan hududining katta-kichikligiga qarab bittadan - o`ntagacha va undan ko`p kattalar poliklinikasi faoliyat olib bormoqda. Katta tuman va shaharda bir nechta poliklinika faoliyat ko`rsatadi. Har bir poliklinikaga uning atrofidagi mahallalar biriktiriladi. Shu mahallalarda istiqomat qiladigan aholining tibbiyot daftari mazkur poliklinikaning registraturasida saqlanadi. Shahar kattalar poliklinikasi, unga biriktirilgan mahallalar aholisining o`smirlik davri (16-18 yosh) dan, to umrining oxirigacha tibbiy xizmat ko`rsatadi. Tuman markazidagi kattalar poliklinikasida tuman markazida istiqomat qiladigan aholiga o`smirlik davri (16-18 yosh) dan, to umrining oxirigacha, tibbiy xizmat ko`rsatadi. Zarur bo`lganida qishloq joylari aholisiga ham, qishloq vrachlik punkti shifokori yo`llanmasi bilan tibbiy xizmat ko`rsatiladi. Shahar kattalar poliklinikasida shahar hududidagi mahallalar aholisiga tibbiy xizmat ko`rsatiladi. Tuman va shahar poliklinikasida aholi orasida sog`lomlashtirish profilaktika ishlarini mahalliy terapvtlar olib boradilar. Har bir mahalliy terapvt o`ziga berkitilgan mahallada iste`qomat qiladigan aholining hammasiga - erkak va ayol, o`smirlar, hamma yoshdagi odamlar va keksalarga tibbiy xizmat ko`rsatadi. Ular sog`lig`ini muhofaza qilish borasidagi o`tkazilgan hamma tibbiy tekshiruvlar, davolanishlar, profilaktik tadbirlar, har bir fuqaroning tibbiyot daftariga yozib boriladi. Bu vazifani asosan mahalliy terapvt va uning yordamchisi hisoblangan mahalliy hamshira birgalikda bajaradilar. Barcha kattalar poliklinikasida o`smirlar xonasi mavjud bo’lib bu xonada o`smirlar shifokori faoliyat ko`rsatadi. U 15 yoshga to`lib, 16 yoshga o`tgan o`smirlarning tibbiyot daftarini bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr-shifokoridan qabul qilib oladi.O`smirni tibbiy ko`rikdan o`tkazadi, uni turli mutaxassislikdagi shifokorlarga ko`rsatib, ularning maslahatini uyushtiradi. So`ngra, o`smirni sog`lig`i haqidagi ma`lumotlarni uning tibbiyot daftariga batafsil bayon qiladi.29 Agar o`smirda yashirin kechayotgan surunkali kasallik aniqlansa, uni sog`lomlashtirish tadbirlari o`smirlar xonasining shifokori tomonidan amalga oshiriladi. O`smirlik yoshidagi qizlar akusher-ginekolog shifokori tekshiruvidan o`tkaziladi. Ginekologik kasallik aniqlangan o`smir qizlar tuman va shaharning xotin-qizlar maslahat xonasining akusher-ginekolog shifokori nazoratida davolanib, sog`lomlashtiriladilar, ya`ni har bir o`smir qiz oilaviy turmush qurguniga qadar to`liq sog`lomlashtirilishi lozim. Poliklinikaning o`smirlar xonasi shifokori 16-18 yoshdagi o`smirlar sog`lig`ini muhofaza qilish masalalari bilan shug`ullanadi. O`smir 18 yoshga to`lganida, o`smirlik xonasi shifokori, uning tibbiyot daftariga, sog`lig`i haqidagi hamma ma`lumotlarni batafsil bayon etib, daftarni mazkur o`smir yashydigan mahallaning mahalliy terapvt shifokoriga topshiradi. O`smirlikdan katta odamlar qatoriga qo`shilgan kishinig keyingi sog`lig`iga taaluqli ma`lumotlarni, uning daftariga, mahalliy terapevt shifokor bayon qilib boradi. Poliklinikalarda mahalliy terapevt va o`smirlar shifokoridan tashqari revmokardiolog, okulist, lor, jarroh, ortoped-travmatolog, nevropatolog, endokrinolog va boshqa tur mutaxassislikdagi shifokorlar faoliyat ko`rsatadilar. Qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholining tibbiyot daftari,qishloq vrachlik punktida saqlanadi. Shu bois, zaruriyatga ko`ra qishloq joyida yashaydigan fuqarolarga, tuman markazidagi yoki shahardagi poliklinikaning mutaxassis shifokorlarini maslahati (tibbiy yordami) zarur bo`lib qolsa, ular qishloq vrachlik punkti shifokorining yo`llanmasi bilan tuman yoki shahar poliklinikasiga murojaat qiladilar. Mavjud poliklinikalarning barchasida xotin-qizlar maslahatxonasining tashkil qilinishi mamlakatimiz ayollari salomatligiga davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor belgisidir. Yuqoridagilardan tashqari O`zbekiston Respublikasi Hukumatining “Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish to`g`risida” 2007 yil 3 mayda qabul qilingan qonunida, osh tuzi va homilador ayollar hamda yosh bolalar uchun maxsus tayyorlangan ayrim ovqat mahsulotlari yodlashtirilib, maxsus qutilarga joylashtirilishi, quti ustiga qo`llash muddati aniq ko`rsatilgan (sertifikatlangan) holda sotuvga chiqarilishi belgilab qo`yilgan. Ushbu qonun va yuqorida bayon etilgan qarorlar O`zbekiston Respublikasi Hukumatining inson sog`lig`ini, Ona va bola salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan g`amxo`rligining yorqin ifodasidir. Sog’liqni saqlash tizimining to’rtinchi bosqichi 2007-2011 yillarni o’z ichiga oladi va bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoni va 2-oktabrdagi PQ-700 sonli Qarori – sog’liqni saqlash tizimini islox qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalgam oshirish bosqichidir.30 Tizimning ushbu bosqichida bolalar va kattalar poliklinikalari negizida oilaviy poliklinikalar tashkil etildi va bu aholi uchun bir muncha qulayliklar yaratdi. Endilikda ushbu poliklinikalarda Aholi ning barcha qatlamlari, xar qanday yoshdagilar bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Mamlakatimizda onalar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida tibbiyot xodimlarining: umumiy amaliyot vrachlari, akusher-ginekologlarining; pediatrlar, neonatologlar, tibbiyot hamshiralarining; patronaj tibbiyot hamshiralarining onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari hal qilinmoqda. Ushbu jarayonlar, ayniqsa, 2007 yilda qabul qilingan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi asosida jadallashtirildi. Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha aholi o‘rtasida profilaktika ishlarining o‘tkazilishini tashkil etish 2007 yilda qabul qilingan Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Yuqorida keltirib o’tilgan qonunlar bilan bir qatorda prezidentimizning 2009-yil 13-aprelda qabul qilingan “Ona va bola salomatligini muxofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir chora tadbirlar to’grisida”gi, 2009-yil 1-iyulda prezidentimizning “2009-2013 yillarda aholi ning reproduktiv salomatligini mustaxkamlash, sog’lom bola tug’ulishi, jismoniy va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida” gi qarorlari qabul qilinishi aholi tibbiy madaniyatini yanada yuksaltirish, salomatligini tiklash borasida xuquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 1998-2011 yillar davomida sog’liqni saqlash sohasini islox qilishning asosiy natijalari quydagilardan iborat: 1. Aholi salomatligini muxofaza qilishning mustaxkam me‘yoriy-xuquqiy asosi yartildi. 2. Avval mavjud bo’lgan ko’p bo’g’inli sog’liqni saqlash tizimi o’rniga tibbiy yordam ko’rsatishning zamonaviy va maqbullashtirilgan tashkiliy-institutsional tuzilmasini yaratildi. 3. tibbiyot muassasalarining tibiy asbob-uskunalar bilan jixozlash darajasi sezilarli ravishda oshirildi. 4. Yuqori malakali tibbiy xodimlar tayyorlashning va ularning mexnatini moddiy rag’batlantirishning yangi tizimi yaratildi.31 Xususan, prezidentimizning 2009-yil 13-aprelda qabul qilingan “Ona va bola salomatligini muxofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir chora tadbirlar to’grisida”gi, 2009-yil 1-iyulda prezidentimizning “2009-2013 yillarda aholi ning reproduktiv salomatligini mustaxkamlash, sog’lom bola tug’ulishi, jismoniy va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida” gi, 2014-yil 6-felralda qabul qilingan “O’zbekiston respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” gi qarorlari va 2014-yil 19-fevralda tasdiqlangan “Sog’lom bola” davlat dasturining qabul qilinishi kabilar yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrimizga yaqqol misol bo’la oladi. Yuqoridagi qonun va farmonlar, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, sog’liqni saqlash tizimini islox qilish va rivojlantirishga doir izchil chora-tadbirlar natijasi o’laroq keyingi o’ yilda aholi ning umumiy kasallanish ko’rsatkichlari sezilarli darajada qisqardi. Xar yuz ming kishiga xisoblaganda, ijtimoiy xavfi katta bo’lgan kasalliklarga chalinish xolatlari, jumladan, tug’ma nuqsonlar bilan tug’ilish – 32.4 foizga, yuqumli kasalliklar - 40 foizga, yuqori nafas organlarinig o’tkir infeksiyalari bilan og’rish – 4.2 barobar kamaydi. Difteriya, paratif, poliomielit, bezgak, kasalliklariga chalinish holatlariga butunlay barham berildi.32 Xulosa qilib aytganda O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash va aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishga doir milliy qonunchilik bazasi yaratilgan. Bugungi kunning asosiy masalasi esa ana shu qonunlarni izchillik bilan hayotga tadbiq etishdan iborat.
Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling