«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


«Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g’risida»gi Qonunning


Download 497.07 Kb.
bet9/27
Sana28.07.2020
Hajmi497.07 Kb.
#125023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
IMF-2


«Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. So`nggi yillarda yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari to`g’risida»gi Qonunga, shuningdek, «Telekommunikatsiyalar to`g’risida», «Reklama to`g’risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g’risida»gi va boshqa bir qator qonunchilik hujjatlariga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Bu esa yangi siyosiy shart-sharoitlarda ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ta’minladi. Shu bilan birga, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirildi. Nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida bir qancha jamoat tashkilotlari tashkil qilindi. O`z tarkibida 100 dan ortiq elektron ommaviy axborot vositasini birlashtirgan Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assatsatsiyasi, O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shular jumlasidandir. Yuridik va jismoniy shaxslarning, axborot texnologiyalari va tizimlarini qo`llagan holda, axborot resurslaridan foydalanish mexanizmlarini belgilab bergan yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to`g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarini modernizatsiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. O`zbekistonda keyingi yillarda sun’iy yo’ldosh aloqa tarmog’i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo’lga qo`yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo`yicha to`g’ridan-to`g’ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. Yurtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko`rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog’i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda.

Dunyodagi etakchi mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida ko`p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi.



Bunday keng miqyosdagi ishlar natijasida faqat keyingi 10 yilning o`zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko`payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O`zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko`rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda. Yana bir muhim yangilik efir orqali uzatiladigan materiallarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy raqamli va multimedia texnologiyalari joriy qilinayotganida namoyon bo`lmoqda. Yurtimizda Internet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni 6 milliondan ortib ketgani ham buni tasdiqlab turibdi. Mamlakatimizda fuqorolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan keng ko`lamli ishlarni tanqidiy baholar ekanmiz, muhim bir masalaga alohida e’tibor qaratishimiz zarur, deb o`ylayman. Ya’ni, bu o`rinda gap ommaviy axborot vositalari va davlat hokimiyati organlari o`rtasidagi munosabatlarning ustuvor jihatlarini to`g’ri belgilash, jumladan, ommaviy axborot vositalari faoliyati ustidan nazorat qilishning iqtisodiy mexanizmlarini, axborot manbalarining yopiqligini, shuningdek, tahririyatlarga hokimiyat organlari va ma’muriy tuzilmalar tomonidan bo`layotgan ma’lum darajadagi bosimlarni bartaraf qilish bilan bog’liq muammoli masalalarni hal etish haqida bormoqda. Shu bilan birga, siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanish lozim. Muxtasar aytganda, Yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi kutubxonachilik ishining fuqorolik jamiyati institutlari tizimidagi o`rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqorolarning so`z erkinligi va tanlash erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to`liq ro`yobga chiqarishga yordam beradi.

8-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatda ma'naviyat va milliy mentalitet omilidan foydalanish

Reja:

  1. Manaviyat inson omilini faollashtiruvchi asosiy vosita sifatida.

  2. Ijtimoiy madaniy faoliyatda milliy mentalitet omillarining namoyon bo’lishi.

  3. Mustaqillik yillarida o’zbek mentalitetidagi o’zgarishlar va ijtimoiy taraqiyot.


Tayanch so’z va iboralar: Inson omili, imkoniyat, layoqat, salohiyat, qobiliyat, faollik, e’tiqod, madaniyat, mentalitet, madaniy antropologiya, ma'rifat, mutanosib.

Manaviyat inson omilini faollashtiruvchi asosiy vosita sifatida. XXI asrning shiddatli taraqqiyot mantig‘i dunyo va jamiyatimizda tamoman o‘zgacha manzarani tarkib toptirmoqda. Ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo qator yangi sifatlarga ega bo‘ldi. Birinchidan, dunyoning hayot maromi, umr sur'ati tezlashib jo‘shqin mazmun kasb eta boshladi. Ikkinchidan, bozor talablari xamma narsaga sergaklik bilan yondashish, xisob-kitobni qat'iy olib borish zaruratini kun tartibiga chiqazdi. Uchinchidan, dunyo jarayonlari bilan doimiy hisoblashish atrof mamlakatlarda yuz berayotgan jamiki voqyea-xodisalarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish zaruratini muhim talablar darajasiga chiqazdi. To‘rtinchidan, xar bir siyosiy guruh, jamoa yoxud aloxida insonning dunyo jarayonlariga bevosita ta'sir ko‘rsatish imkoniyatlari bexad o‘sdi.

I.A.Karimov inson omilini faollashtirishda uch asosiy tamoyil, ya'ni, ma'naviyat, ma'rifat va odob-axloq omillarining favqulodda zarurligini alohida qayd etadi. Ayni chog‘da, mazkur tamoyillarning o‘zaro mutanosibligi, ichki uyg‘unligi, oqilona me'yorlarda taqsimlanishi masalasi ham muxim axamiyatga egadir.

Deylik, ma'rifat tamoyilining ma'naviyatdan uzilgan xolda faollashuvi jamiyatda individualizm egoizm, shafkatsizlik, rasizm, millatchilik singari xususiyatlar rivojiga yo‘l ochadi: Yoxud odob-axloq tarbiyasini ilm-ma'rifat bilan birga olib bormaslik jamiyatda konformizm, biqiqlik, urf-odatlarga mukkasidan ketish singari xolatlarning avj olishiga olib kelishi mumkin. Insoniyatning yaqin 300 yillik tarixiy taraqqiyot tajribasi shundan guvoxlik beradiki, yaxshilik, ezgulik, savob, hamdardlik fazilatlarini o‘zida ifodalovchi ma'naviyat omiliga befarqlik va nuqul ilm-fan rivojiga biryoklama ruju ko‘yish inson shaxsining ahloqan yemirilishi, ma'naviy tubanlashuviga beixtiyor sharoit tug‘dirib keldi.

Yurtboshimiz mazkur tamoyillarning uyg‘un mutanosiblikda amal qilishi faqat tizimiy tartibotlar yuzaga keltirilgandagina samara berishini ta'kidlaydilar.

«Barchamiz yaxshi bilamizki, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma'naviyat va ma'rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat. Bu hayotiy haqiqat, biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‘i hamda o‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak».

Shu boisdan xam, O‘zbekistonda xalqimiz ma'naviy yaxlitligini saqlab qolish, o‘zlikdan chekinmaslik, sof insoniy fazilatlarga tayanib ish tutish asosida istiqbolga intilishdan iborat keng ko‘lamdagi ijtimoiy siyosat izchil yurgizilmoqda.

Istiqlol yo‘lidan sobitqadam borayotgan yurtimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va ma'rifiy tizimlarni jiddiy isloh qilishga kirishildi. Islohotlar samaradorligi esa inson ongi va tafakkuridagi o‘zgarishlarga hamohang va bevosita bog‘liqdir. Shu boisdan ham yangilanayotgan davr talablari asosida inson omili va milliy mintalitetni faollashtirish, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, fuqarolarni mahalliy hokimiyat organlari orqali o‘zini o‘zi boshqarishga o‘rgatish. Ijtimoiy faollikni keng rahbatlantirish va shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini barpo etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Binibarin, endilikda davlat o‘z vazifalarini hokimiyatni kuchaytirish hisobiga emas, aksincha demokratik omillarni kengaytirish va keng xalq ommasini boshqaruvga jalb etish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, fuqarolarning tafakkuri, siyosiy saviyasi demokratik o‘zgarishlar sur'atlari bilan mos bo‘lsa, boshqaruvni demokratiyalashga zamin yaratiladi. Shuning uchun ham demokratik o‘zgarishlar hamda yangi demokratik jarayonni chuqurlashtirish va ularni hayotga tadbiq etishni eng avvalo, jamiyatimizning o‘zi anglamog‘i va hal qilmog‘i darkor. Bu borada jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan mahallalarning o‘rni va o‘zini o‘zi boshqarish tartibini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Insoniyat taraqqiyotining so‘nggi o‘n yilligi o‘zining shiddatkor ruhi, tez o‘zgaruvchan tabiati, ijtimoiy yo‘nalganlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu jarayon bir tomondan umumilanitar ko‘lamlarda kolonnial va yarim kolonnial tuzilmalarning batamom barham topishi, ikkinchi jihatdan esa mavjud siyosiy iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarning tubdan qayta guruhlanishi bilan ham izohlanadi. Ayni vaqtda insoniyat yalpi globallashuv jarayonlariga tobora faolroq integratsiyalashmoqda. Dunyo mikyosida tadrijiy ravishda umumiy iqtisodiyot, umumiy fe'l-atvorlar tizimi, yalpi madaniyat, kelishilgan siyosiy yondoshuvlar, umumiy mentalitet tarkib topmoqda. Shu bilan bir vaktda xalqlarning o‘z-o‘zini anglash darajalari ham yuksalib, milliy meros, o‘z xalqining tarixiy –madaniy tajribalariga moyillik tuyg‘ularining kuchayishi tendensiyalari ham kuzatilmoqda. Shu tariqa dunyo ko‘p qiyofali, turfa maqomlar, murakkab xususiyatli ko‘rinish kasb etib bormoqda.

O‘zbekiston ana shu marakkab xilqatda o‘z so‘zi, mustaqil yondoshuvi, sabitqadam rivojlanish ruhi bilan alohida ajralib namoyon bo‘lmoqda. O‘tgan 25yillik istiqlol yo‘limiz hayotimizni mohiyatan boshqacha mazmundagi dunyoga boshladi, turmush tarzimizni ilgari xalqimiz tarixiy madaniy tajribasida ko‘rilmagan qayta qurilishlar, tub o‘zgarishlar jarayoniga olib kirdi. Vatan, xalq, millat tushunchalaridan tortib inson, erk, vijdon, oriyat, okibat insof, adolat qadriyatlarigacha bo‘lgan barcha narsalar mazmuni o‘zining asl mohiyatiy ma'nosini ifodalay boshladi. O‘zlikka kaytish harakati buyuk tarixiy jaroyon tarzida amal kilmoqda.

O‘zgarishlar ruhi odamlarning hayotga bo‘lgan karashlari, yondoshuvlari, maqsad va rejalari, sa'i-xarakatlari mazmuni, ijtimoiy muljalarida ham o‘z ifodasini topmoqda. Bu narsa millatimiz vakillarining ijtimoiy harakatchanligi ilmiy tilda aytganda mobillik darajasining oshganligida ham ko‘rinadi. Agar ilgari xorijda bo‘lib kelganlik odamlar uchun favqulodda bir xol sanalgan bo‘lsa, bugungi kunda chet elda ishlash, o‘qish, yashash odatiy bir voqyeaga aylangani barchaga ayon. Bu esa mamlakatimizda demokratiya tartibotlari chukur ildiz otayotganligi, erkin va ochiq jamiyatga aylanib barayotganligimizning yorqin ko‘rsatgichlaridir.

O‘zgarishlar mazmuni faqat ko‘zga yarq etish tashlanadigan narsalarning o‘zi bilangina cheklanib kolmaydi. O‘zgarishlar mohiyat e'tiboriga ko‘ra vokeligimizning barcha jabhalarini kamrab olmoqda.

Ma'lumki, sho‘rolar davrida xalq qadriyatlari bir tomondan har tomonlama obrusizlantirib kelingan bo‘lsa, ikkinchi jihatdan esa ularning mazmuni sun'iylashtirilib uzining asl ma'nosidan uzoqlashtirilib talkin etilar edi. Xususan, vatan, e'tiqod, vijdon, lafz singari kadriyatlarga kosmopolitik-mafkuraviy libos kiydirilar, odamlar o‘zining kindik qoni tukilgan, tarixi, madaniyati shakllangan yurtni emas, yiroq-yiroq o‘lkalarni ham vatanim deb, majburan ko‘ngil qo‘yishga mahkum etilar edilar. Vatanni jug‘rofiy aniq belgilab, madh etish esa xalqimiz tomonidan kahramonlik darajasidagi ish sifatida qabul qilinsa, rasmiy xukumat uni davlat tuzumiga urilgan bolta deb talqin etar va bunday kahramonlar quvg‘in ostiga olinar edi.

Taqdirimizga shukurlar bo‘lsinki, bunday soxtakorlik tortibotlaridan halos bo‘ldik va millatimiz o‘zining asl ma'naviy qiyofasiga qaytib, milliy tiklanish ishlarini jadal olib bormoqda.

Shu o‘rinda keyingi yillarda madaniyat muassasalari, moddiy-texnik bazalarining mustahkamlanganligi, zamonaviy ta'lim vositalari, to‘garaklar bilan ta'minlanganligini kayd etish joizdir. Bugungi san'at va madaniyat muassasalari mamlakatimizning ma'rifiy, ma'naviy va hayotida muhim o‘rin tutuvchi ilmiy, siyosiy va madaniy markazlar vazifasini ham bajarmoqda.

Madaniyat va san'at muassasalari bilan bir qatorda mamlakatimizda asrlar mobaynida oddiy odamlar haq-huquqlarining sinalgan himoyachisi vazifasini o‘tab kelayotgan an'anaviy, hududiy jamoat tashkiloti, ya'ni mahalla institutiga, uning imkoniyatlari ko‘lamini kengaytirilishiga jiddiy e'tibor berilib, bu masala davlat ahamiyati darajasiga ko‘tarildi. Jamoatchilik fikri tomonidan O‘zbekistonda bugungi kunda mahalla instituti to‘laqonli demokratik-gumanitar tashkilot sifatida e'tirof etilayotganligini ifoda qilina yotganligi ham bejiz emasdir.

Yurtboshimiz yangi shaxs tarbiyasi omili mentalitet o‘zgarishlari bilan chambarchas hodisa ekanligiga urg‘u beradilar va hayot, voqyelikning mentalitetni o‘zgartirishi xususida alohida to‘xtalib, bu holat masalaning bir jihati ekanligini, ayni chog‘da mentalitetning o‘zi ham hayotni o‘zgartirishga qodir kuch ekanligini ta'kidlaydi.

Hozirgi paytda ijtimoiy jarayonlar tahlilidan kelib chiquvchi muhim vazifalardan biri ham mentalitet omilini faollashtirishga erishishdir. “Agar mentalitetni atrofimizdagi hayot tarzining mahsuli sifatida qabul qilsak, uning ikkinchi jihati shundaki”,-deb alohida ta'kidlaydi yurtboshimiz,-» Hayotning o‘zi ham, uning o‘zgarishlari ham odamzot tafakkurining o‘zgarishi bilan chambarchas bog‘liq.17

Milliy mentalitet fenomeni bo‘linish emas birlashishni, birdamlik va hamkorlikni taqoza etadi. Dunyoda hyech bir natijaga aql-zakovatni, kuch-harakatni, vaqt va imkoniyatlarni bir nuqtaga jamlamasdan turib erishib bo‘lmaydi. Birlashish butunlikka erishish, bunyodkorlik ishlarining debochasidir, chunki bunyodkorlikka intilish, bu yo‘lda umumxalq safarbarligi holatini tarkib toptirish eng muhimi fikr-qarashlar yakdilligini yuzaga keltirish-ruhiy birdamlik kayfiyatiga erishish muhimdir. Shu boisdan ham yurtboshimiz «Endi inkor qilish kayfiyatidan bunyodkorlik kayfiyatiga o‘tish payti keldi»18,-deb bejiz aytmagan edilar. Agar an'anaviy jamiyatda tovar, industrial jamiyatlarda pul barcha masalalarni hal qiluvchi asosiy vositalar rolini o‘ynab kelgan bo‘lsa, bugun biz yashayotgan postindustrial jamiyatda shaxs qadriyatini belgilovchi asosiy tamoyillar sifatida madaniyat informatsion bazis, intellektual tayyorgarlik, bilim darajalari hal qiluvchi kuch tarzida maydonga chiqadi.

Postindustrial jamiyat madaniyat omilining ustuvorligi va shaxsning o‘z-o‘zini doimiy tarzda takomillashib borish zarurati holatidagi jamiyatdir. Ana shunday jamiyatda insoning o‘z-o‘zini anglashi hodisasi markaziy mavqyeni ishg‘ol etadi, har bir insonning komillikka bo‘lgan intilishi tabiiy zaruratga aylanadi. Ayni shu holat yurtboshimiz ilgari surayotgan yana bir taqdirilomon shior va chaqiriq mohiyatini teranroq anglashimizga yo‘l ochadi.

Yangi davr talablariga xos milliy mentalitetning tarkibiy jihatlari va tamoyilari ichida markaziy o‘zak mavqyeni adolat mezoni egallaydi. Adolatlilik ijtimoiy hayotimizning oiladan to mahalla ishxonalardagi faoliyatlargacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlarida baravar amal qilishi zarurdir. «Adolat,-deb alohida qayd etadi yurtboshimiz,- biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo‘lishi darkor». 19

Adolat bilan birga insof-diyonat, ezgulikka ishonch, shukronalik, fuqarolar rizoligi, qanoat singari fazilatlar bugungi kunning butun insonlari uchun bosh sifatlar bo‘lishi zarurdir.

Insof-diyonat shaxsning muhim sifati bo‘lib uning o‘z-o‘zini cheklay, chegaralay olish kuchini ifoda etadi. O‘z-o‘zini cheklay olish insonning irodasiga, tarbiyalanganlik darajasiga, aql zakovatiga bevosita bog‘liqdir. Halqimizning tarixiy-madaniy tajribasida insof-diyonatga erishish turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib kelgan bo‘lib, uning yaqqol namunalarini Yassaviylik, Naqshbandiylik tariqatlarida ko‘rish mumkin. Dunyoviy insof-diyonat esa mavjud imkoniyatlarda meyyor talablaridan kelib chiqib yondashish, mas'uliyat doirasidan chetlanmaslik, nafsni tiya olish, o‘zgalar manfaatlariga hurmat bilan qarash singari sifatlarda namoyon bo‘ladi.

Agar sho‘rolar davrida o‘z-o‘zini cheklash talablariga tazyiqiy uslublar qo‘llanib kelingan bo‘lsa, hamda davlat manfaatlarini hamma narsadan ustun ko‘rishga zo‘r berib urinilgan bo‘lsa-da, odamlardagi tabiiy o‘z-o‘zini himoyalash mayl-rag‘bati bu urinishlarni chippakka chiqarar edi. Yurtboshimiz insonga bevosita xos bo‘lgan jihatni inobatga olib shaxs va davlat, shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirish, muayyan meyyoriy mutanosiblikka erishish, adolatli paritetga kelish formulasini ilgari surdi. Natijada mamlakatimiz fuqarolari uchun o‘z manfaatlarini umumjamiyat manfaatlariga xilof bo‘lmagan barcha jabhalarda erkin himoyalash, bu manfaatlar yo‘lida kurashish, farovonlikka erishish imkoniyatlari keng ochib berildi.

Insoniylik omilining real zohir bo‘lish belgilari esa, komil shaxsga xos bo‘lgan fayz, tarovat, yuzi issiqlik, istara, o‘zi yonib boshqalarni ham yondira olish singari fazilatlardir. Ayni chog‘da ta'kidlash joizki, xalqimiz nazdida komillik tushunchasi rahbar siymosida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Shu boisdan ham, yurtboshimiz komillikning eng avvalo yetakchilarda, rahbar shaxslarda yorqin ko‘rinishi zarurligiga urg‘u beradilar. “Istarasi issiq degani, bu odamlarga ko‘ngli ochiq bo‘lish demakdir. Ya'ni, rahbar juda ortiqcha sirli bo‘lmasligi, bag‘rikeng va kechirimli bo‘lishi lozim. Va kerak bo‘lsa, meni kechirasizlar-u, ochiq aytishim kerak, u qandaydir fayzli bo‘lishi zarur. Bu fikrga qo‘shimcha qilib shuni aytmoqchimanki, bugungi kunda rahbar faqat o‘zi yonib qolmay, unga ko‘z tikib, undan ko‘p narsani kutib turgan xalqni ham yondira olishi zarur. Men yondirish deganda, avvalambor, odamlarni birlashtirish, odamlarni boshqarishni, ularni yuksak maqsadlar sari safarbar etishni nazarda tutaman»20



Ijtimoiy madaniy faoliyatda milliy mentalitet omillarining namoyon bo’lishi yurtboshimiz asoslab bergan milliy mentalitet asosidagi komil shaxs konsepsiyasi ikki muhim jihat, ya'ni bir tomondan o‘zidagi insoniylik fazilatlarini amaliy faoliyatlarda qo‘llay olish salohiyati bo‘lsa, ikkinchi tomondan odamlarni bunyodkorlik ishlariga safarbar eta olish qobiliyatlarini yuzaga chiqarish orqali namoyon bo‘ladi. Yurtboshimiz milliy mentalitet asosidagi komil shaxs shunchaki ko‘p o‘qigan, ko‘p bilgan, ko‘p ko‘rgan yoki tajribasi katta odam bo‘lib cheklanmasdan, o‘zidagi bilim va tajribalar, insoniy fazilatlarni ezgulik, yaratuvchanlik yo‘lida foydalana oluvchi, voqyelikni shunchaki bilish bilan cheklanib qolmagan, balki hayot o‘zgarishlarini anglashga erishgan, nafsini jilovlab, me'yorga keltira olgan, «qanoat», «shukur», «Tavba» tushunchalariga mustahkam tayanib ish tutuvchi, o‘z manfaatini umum manfaatlari bilan muvofiqlashtira olgan, faol, harakatchan tinib-tinchimas, o‘zi yonib o‘zgalarni ham yondirguvchi shaxsdir. Milliy mentalitet bilan qurollangan komillik pirovard natijada odamlarni birlashtirish, aholi turli qatlamlari vakillarini bunyodkorlik yo‘lida uyushtirish, ularni o‘zaro murosa, madora, ittifoqqa keltirish yo‘liga olib chiqadi.

Xullas, milliy mentalitetga asoslangan bugungi faol shaxs falsafasi yangilanayotgan borlig‘imiz ruhiga ayni muvofiq barkamol shaxs, har tomonlama rivojlangan inson, zukko, dono, yaratuvchan, bunyodkor, bag‘ri keng, sahovatli, ochiq yuzli, istarali odamni tarkib toptirish vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yadi.

Milliy mentalitet vatanni sevish omiliga ko‘p jihatlarga ko‘ra bog‘liqdir. Vatanni sevish ulug‘ Navoiy ta'kidlagani kabi shu yurt odamlarini sevishdan boshlanadi. Odamlarga bo‘lgan muhabbat vatan sevgisining debochasi va o‘zagidir. Navoiy muhabbatni ikki jihat ya'ni ilohiy ishq va majoziy ishqqa bo‘lib talqin etadi hamda insonlarga bo‘lgan mexr-oqibat, hurmat, sadoqatdan iborat ko‘ngil bog‘liqligi ya'ni majoziy muhabbat uning taqdirida ustunroq ekanligini o‘z asarlarida takror-takror qayd etadi. Chin vatanparvarlik haqiqiy insonlik, insonga muhabbat, unga himoyachi, fidoiy, kerakli bo‘lishdir. Demak, Prezidentimiz ilgari surayotgan «insonning insonligini o‘ziga anglatish va shu maqsadni ro‘yobga chiqarish» g‘oyasi zamirida ham vatanga ishqni odamlarni sevishdan boshlash da'vati mujassamdir. Odamlarni sevish va vatan sevgisi o‘zaro uyg‘un, chatishgan mohiyat kasb etganligi bois vatanga muhabbat tuyg‘usini tarkib toptirish dastavval shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan mas'uliyati, talabchanligi o‘zidan qoniqmaslik, o‘z-o‘zini doimiy taftish va nazorat qilishdan boshlanadi. Shu narsani e'tirof etish kerakki xalqimizda insonni jamoatchilik fikri nuqtai-nazaridan baholash ijtimoiy nazorat qilib borish jihatlari yaxshi rivojlangan.

Ko‘p ming yillik tariximiz mobaynida umummilliy komillik va butunlikka bo‘lgan intilishlar ilk daf'a mustaqillik tufayli xalqimizga nasib etdi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan xalqimizning ma'naviy komilligi, millat butunligini tarkib toptirish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi. O‘zgarayotgan zamon va yangilangan makon mantig‘i xalq xarakterida ilgari yetarli rivoj topmagan yangi fazilatlarni tarkib toptirish zaruratini kun tartibiga qo‘yayotganligi bois, yurtboshimiz xalqimizni ma'naviy uyg‘onish, hushyorlik, atrofga keng nazar tashlash, qiyoslab xarakat qilishga da'vat etib kelmoqda.

Yurtboshimizning o‘zbek millati mentalitetini progressiv o‘zgartirish borasidagi yaxlit konsepsiyasi ikki katta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, ularning birinchisi xalqimiz fe'l-atvori, turmush tarzi, xarakteridagi salbiy xususiyatlarini evolyusion tarzda bartaraf etib borish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish, yaxshiga yo‘l, rag‘bat, har bir ijobiy ishni qadrlash va taqdirlash, ibrat omiliga kuch berish siyosatidan iboratdir.

Mazkur konsepsiyaning muhim negiziy asosida xalqimizning jamoaviylik tabiatini bunyodkorlik faoliyatlariga yo‘naltirish, ommani yaratish ishlariga ayniqsa madaniyat va san'atga oshufta qilish, badiiy ijodiyotga odamlarni yalpi jalb etish, boshqarishda yetakchilar, liderlar omiliga tayanish, har tomonlama komil, butun shaxslarning ibrat kuchidan samarali foydalanishning maqsadlari mujassamdir.

Xullas, o‘zbek mentalitetini zamon mantig‘iga muvofiq evolyusion o‘zgartirishning yaxlit tizimi quyidagi jihatlar ro‘yobini taqoza etadi.

Xalqimiz turmush tarzi, urf-odatlari, fe'l-atvori mazmunini umummilliy ko‘lamlarda chuqur mushohada etish ortiqcha marosimbozlik, isrofgarchiliklardan bosqichma-bosqich qutulish yo‘lidan borish;

Barcha sa'y-xarakatlar, amallar, an'analar, to‘y va marakalarni o‘tkazish jarayonlarida qat'iy meyyor talablariga rioya qilishga o‘rganish kichik oilaviy tadbirlarni maxalla, region, tuman, butun shahar miqyosidagi ma'raka-marosimlarga aylantirib yubormaslikka intilish;

So‘z va ish birligiga rioya qilish, va'dabozlik, ortiqcha chiranish, eskapizm, maqtanchoqlikka moyillik singari illatlarga qarshi kurash olib borish, har bir narsa, hodisani o‘z nomi bilan aynan ifodalashga o‘rganish;

Butunlik falsafasini turmush tarzimiz, fe'l-atvorimiz mazmun mohiyatiga aylantirish, yosh avlod vakillarini butun shaxslar qilib shakllantirish, fikri so‘ziga, so‘zi amaliga, amali vatan manfaatlariga ayni muvofiq bo‘lishiga erishish;

Odamlarda o‘z fe'l-atvorlari, sa'y-xarakatlari, intilishlari, ma'naviy qiyofasining holati xususida shaxsiy taftish malakasini shakllantirish, o‘zi ustida doimiy ishlash, takomillashuv, o‘zidan qoniqmaslik fazilatlarini shakllantirish, o‘zi yonib boshqalarni ham yondira olish xususiyatlarini tarkib toptirish;

Badiiy ijodiyot turlariga aholi turli qatlamlari vakillarini yalpi jalb etish;

Ezgulik yo‘lida fidoiy bo‘lish, yaxshilik qilishga, boshqalarning tashvishiga yelkadosh bo‘lishga tayyorlik fazilatlarini kamol toptirish;

Vatan ravnaqi xalq farovonligi yo‘lidagi intilishlar bilan shaxsiy say'-xarakatlardan kutiluvchi manfaatlar uyg‘unligiga erishish, Vatanning ostonadan faqat ichkariga emas, balki, tashqariga ham davom etishini chuqur anglash;

Yoshlarda ezgu va savob ishlarni har kuni va hamisha qilishga tayyorlik va shunga kuchli ichki rag‘bat, ehtiyoj, intilish fazilatlarini tarkib toptirish;

Milliy-madaniy merosni yalpi o‘zlashtirish, qadriyatlarimizdan chin iftixor tuyg‘ularini his etish, g‘ururlanish va zavq ola bilishni tarbiyalash;

Insof, adolat, halollik, vijdon singari tamoyillar tarbiyasini doimiy ravishda muntazam tarzda olib borish, bu ishda rahbarlar, obro‘li shaxslar, lider-yetakchilar, ota-onalarning shaxsiy ibrati omilidan samarali foydalanish;

Fuqarolarda o‘zini jamoaning nafaqat miqdoriy-jisman a'zosi, balki, ma'naviy bo‘lagi deb his etish, umumiy intilishlar, say'-xarakatlar, maqsadlar tizimi, mazmuniga har bir inson o‘z ulushi, hissasi nechog‘li ekanligini anglashni shakllantirish;

Intelektual mulk ustuvor ahamiyat kasb etayotgan hozirgi zamonda har tomonlama va chuqur bilimlar sohibi bo‘lishiga intilish, umumjahon taraqqiyoti jarayonlariga faol integratsiyalashuv yo‘lidan borish katta ahamiyat kasb etadi.

Xullas, buyuk kelajak taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishi o‘zimizning qo‘limizda ekanligi, bu maqsad barchamizning ma'naviy o‘lchovimiz, shaxsiy va ijtimoiy mo‘ljalimizga aylanishi bugungi kun taqozasidir. Darhaqiqat, Prezident Islom Karimov aytganidek, “Mamlakatimizning tarixiy va milliy xususiyatlarini, xalqimiz tabiatini, mentalitetini inobatga oluvchi rivojlanishning mazkur yo‘li biz uchun nihoyatda maqbuldir”.21

Xalqimiz tafakkur tarzi o‘zgarib, uning mentalitetida quyidagi xususiyatlar tarkib topdi:

Aholi turli qatlamlarida, xususan, qishloq axolisi orasida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tadrijiy o‘zlashtirish asosida mulkka egalik xususiyati shakllantirildi. Mulkdorlik mas'uliyatini anglash esa, odamlar tabiatida shurolar davrida mudroq bo‘lib yotgan sahovatpeshalik hotamtoylik, muruvvatlilik, bag‘rikenglik fazilatlarining qayta uyg‘onishiga, mulkni asrash, ko‘paytirish va boyitish harakati esa vatan kuchi, kudratini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan uyg‘unlashuviga olib keldi.

Istiqlol yillarida odamlarda o‘z-o‘zini oxlokratik ya'ni, to‘da, olomon a'zosi sifatida emas, mustaqil shaxs sifatida anglash tendensiyasi tarkib topdi. Mustaqil shaxs sifatida anglash tuyg‘usi esa kishilarimizda hayotga pragmatik yondoshish, o‘z taqdirini o‘zi yaratish, o‘z baxti va kelajagi uchun kurashish xususiyatining rivojlanishiga turtki berdi.

Mustaqillik yillarida odamlarda shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini uyg‘un anglashdan iborat, milliy tariximizda ilgari bo‘lmagan yondoshuvning shakllanishiga erishildi. O‘z manfaatining davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashuvi odamlarda ijtimoiy voqyelikni individual, mintaqaviy anglashdan korporativ anglash darajasida tafakkur yuritish, tarmush tarzini tashkil etish imkonini berdi.

Istiqlol yillarida qonunlar ustuvorligini ta'minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Natijada xalqimiz tabiati fe'l-atvori, turmush tarzida qonunlarga itoat, amaldagi tartib-qoidalarga xurmat qadriyati tarkib toptirildi. Bu esa mamlakatimizda jinoiy xatti-harakatlarni qasddan sodir etish, axloq buzilishni, narkotik moddalarni iste'mol qilish singari illatlarning sezilarli darajada kamayishi, kundalik turmushimiz osoyishtaligi va barqarorligini ta'minlanishiga olib keldi.

Xalqimiz tabiatida tarixga hurmat, ajdodlarimiz merosiga ehtirom, ularning boy ma'naviy mulkini e'zozlash xususiyati, o‘ziga xos an'analari tarkib toptirildi. Vatanimizning o‘nlab allomalari faxr-ifixorimiz manbai bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimiz ruhini e'zozlab ulkan obidalar, memorial koshonalar, haykallar barpo etildi, maxsus anjumanlar o‘tkazilishi, bag‘ishlov kitoblari nashr etilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa aholining xususan yoshlarning chin vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish imkonini kengaytirdi.

Mustaqillik yillarida odamlarimizning hayotga ratsional, ya'ni aql ko‘zi bilan qarash, har bir ishda meyyorga rioya qilish fazilati tarkib toptirildi. Bu esa biror bir faoliyatda, xususan, boshqaruvda mensimaslik, boshqalarning fikrini nazar-pisand qilmaslik, oyog‘i yerdan o‘zilish singari illatlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Odamlarda yaxshidan ibrat, yomondan soboq chiqarish fazilati kuchaydi.

Istiqlol yillarida jamiyatda ayollarga pozitiv munosabat tizimi tarkib toptirildi. Natijada ayollarning ijtimoiy mavqyeiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, ularning jamiyatdagi haq-huquqlari to‘la ruyobga chiqishiga erishildi. Bu esa xotin-qizlarimizni turmushimizning turli jabhalarida yanada ijtimoiy faol bo‘lishga, o‘z vatanparvarlik to‘yg‘ularini amalga oshirishlariga qulay shart-sharoitlar tug‘dirdi.

Istiqlol yillarida oilaga bo‘lgan munosabat ilk daf'a davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi. Oila omili asosiy Qonunimiz va boshqa meyyoriy xujjatlarda qayd etilib, uning milliy o‘zligimizning beshigi va asl qadriyati ekanligi huquqiy jixatdan mustahkamlandi. Bu esa oilada o‘zaro totuvlik, ittifoq, hurmat va muhabbatni har tomonlama kuchaytirish imkonini berdi.

Istiqlol yillarida shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabat tizimi ham o‘zgardi. Odamlarda o‘z-o‘zini hayotda qadrlay bilish, ijtimoiy muhitda munosib o‘rnini topish fazilatlari shakllantirildi. Bu esa o‘ziga sodiq, o‘zini qadrlovchi insonning boshqalarga hiyonat qilmasligi, o‘zgalarga ham xuddi o‘zidek qarash xususiyatini umumjamiyat ko‘lamida keng yoylishiga olib kelmoqda.

Istiqlol yillarida ta'lim tizimi isloh etilib, ma'rifiy yuksalishning tamomila yangi konsepsiyasi hayotga joriy etildi. Ma'rifiy yuksalishning mazkur dasturi jamiyatning barcha a'zolariga intellektual taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshiklarini ochib berdi. Bu esa jamiyatda ma'rifiy taraqqiyot borasida pozitiv “portlash effekti”ni yuzaga chiqishiga imkon yaratdi. Minglab yoshlarimizning xalqaro ko‘rik tanlovlar g‘oliblari, intellektual olimpiadalar chempionlari, ilg‘or G‘arb universitetlarining nomdor stependiatlari bo‘lishlariga olib keldi.



Download 497.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling