«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari


Download 497.07 Kb.
bet13/27
Sana28.07.2020
Hajmi497.07 Kb.
#125023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
IMF-2


Uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari

Madaniyat va aholi dam olish markazlarida mafkuraviy ta'sirlardan odamlarni ma'naviy himoyalash yo‘llari haqida so‘zlab bering.

Zombi tushunchasining mazmunini izohlang.

Qadriyatlar qatoridagi mantiqni izohlab bering.

Zombi qilish bosqichlarini tushuntiring.

Madaniyat va aholi dam olish markazlarida yoshlar mafkuraviy immunitetini tarbiyalash yo‘llarini tushuntiring.


Uslubiy ko‘rsatma:”Ommaviy madaniyat” talqini bo‘yicha keys

belgi” va “tamg‘a” yoki tatuirovka haqida


Yoshlari 70ni qoralagan amakim Fayzullo otaning har doim uylariga borganimda juda uzoq kutilgan mehmondek qarshi oladilar. Hatto yangam “chol pensiya kelipti” desa ham (hazil), “qo‘yaver ertaga olaman” deb, men bilan o‘tirib suhbatga kirishib ketadilar. Eng qizig‘i ko‘p yillar maorif sohasida ishlaganlari sababmi, yoshlarga mamlakatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning yutuqlari va kamchiliklari doimo suhbatimizning rejasiga kiritiladi. Kechagi safar borganimda suhbat ichida ayrim yoshlarni beo‘xshov hatti-harakati menga yokmaydida deb qoldilar.

- Nima? nega? - Mana qara, misol, bugun jahon chempioni bo‘lgan yigit-qiz yoshlarimiz anchagina. Birortasining tanasida “belgi”, “tamg‘a”ga o‘xshash beo‘xshov narsa ko‘rganmisan. - Yo‘q. - Ayrim yoshlarga nima endi bu jonini azobga qo‘yish, atrofdagilarni o‘zidan bezdirish, ota-onasini kulguga va gap-so‘zga qoldirish. Meni fikrim: Bu kabi yoshlar nima qilayotganini bilmasa kerak. Bizning yoshlik davrimizda qamoqxonadan qaytganlar, harbiy xizmat davrida ayrimlari bir xil holat va sharoitdan zerikib turli ko‘rinishdagi “belgi” va “tamg‘a”lar bilan qaytar edi. Yana bilmasam deb qoldilar. Ha, to‘g‘ri o‘yladingiz, bu siz bilgan tatuirovkadir. Darhaqiqat oxirgi aytilgan jumlalardagi “belgi” va “tamg‘a” so‘ziga e'tibor beradigan bo‘lsak, aksariyat odamlarimiz bu yot madaniyat namunasini “zamonaviy tilda” tatuirovka deb atalishini bilishmaydi. Bilishni o‘zi kerakmikin. Tarixiy kitoblarda bir-birini to‘ldiruvchi turli fikrlar yozilgan. Misol uchun, bir manbada, tatuirovkaning qadimiy ko‘rinishlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qabilalar orasida vujudga kelgan. Biri ikkinchisiga jismonan, shaklan o‘xshagani va bir xil kiyinishga ehtiyoj bo‘lganligi sababli ham bu belgidan foydalangan. Bu tamg‘alar qabila a'zolarini boshqa qabiladan ajratib turishi va kuchli qabila yoki kuchsiz qabila sinfiy guruhlar shakllanishi hamda kuchli qabila kuchsiz qabila vakilini tanib olishi, ulardan o‘zini himoya qilishi uchun ham asqotgan. Shuningdek, garchi qanchalik qo‘pol jaranglasada, bizning tariximizda insonga emas, balki chorvaga nisbatan chorvador ota-bobolarimiz “belgi” va “tamg‘a”lardan (quloq teshish, kesish, raqamlash, turli xil ranglash va boshqa) keng foydalanishgan. Buning yagona sababi sigir va qo‘y-qo‘zilar boshqa podaga aralashganda yoki ularni yo‘qotganda tanish uchun imkoniyat yaratish maqsadida qo‘llanilgan. Yana bir manbada, quldorlik tizimi davrida qullarga turli “belgi” va “tamg‘alar” bosib, bu qulning kimga tegishliligi va uning nomini belgidagi raqam yoki nom orqali chaqirishgan holatlari aks etgan.

Biz tarix manbalarining qaysi sahifalaridan qidirmaylik, bularning hyech qaysi bugungi kunda insonga nisbatan bu illatning qo‘llanishini oqlamaydi. Bugun “Ommaviy madaniyat”ning bu ko‘rinishdagi illatini badaniga turli so‘zu bezaklarni chizdirayotgan yigit-qizlar tatuirovkaning ana shu kabi tarixidan xabardormikin? Yoki, ular yashab turgan jamiyatining qaysi jamoadan ajralib turishini istab, badanlariga turli “belgi” va “tamg‘a”larni tushirishayapti?...



– Go‘zallik salonimizga tatuirovka qildirmoqchi bo‘lib kelayotganlarning aksariyati yosh yigit-qizlar. O‘smir yoshidagilar nisbatan kam, – deydi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ bozori asosiy kirish joyining o‘ng tomonida joylashgan erkaklar va ayollar go‘zallik salonidagi Anya ismli qiz. – Bizda yoshlarga, ayniqsa, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan mijozlarga ota-onasining ruxsatisiz xizmat ko‘rsatilmaydi. Ammo, hamma joyda ham bizdagi kabi tartib o‘rnatilmagan. Ya'ni yosh o‘spirin, hatto voyaga yetmagan bolalarga ham tatuirovka qilishayapti. Bu albatta, yaxshi emas. To‘g‘ri, badan o‘ziniki, xohlasa, tatuirovka qildiradi, xohlasa bu ishni qilmas. Ixtiyor o‘ziniki, ammo birgina ochiq tan olingan milliy madaniyat tushunchasi bor-ku. Har bir mamlakatda milliy madaniyat tarkib topgan va u mamlakatning buguni va kelajagini ifodalovchi omil hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov ham o‘zlarining “Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch” asarlarida kuyinchaklik bilan “Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmokda.” - deb ta'kidlaydilar. Yurtboshimizning bu gapdagi har bir so‘z milliy mentalitetimiz, milliy madaniyatimizni asrashga chorlaydi. “Ommaviy madaniyat”ning tatuirovka kabi qo‘pol ko‘rinishi aynan jamiyatdagi odob-axloq me'yorlari, uning kishi tabiati, yurish-turish, muomalasiga ta'siri ham juda katta salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu jamiyatda yashab, shu yerdan nafas olar ekansan, albatta, barcha jamiyatlarda tan olingan oltin qoida, ya'ni mamlakat boshqaruvidagi g‘oya va mafkurani tan olmoq kerak. Aks holda Vatanning xoin fuqarosiga aylanasan kishi. Xoinlik esa hyech bir davrda o‘zini oqlamagan. Qolaversa, bugun yoshlikka xos qiziquvchanlik boshqalarga taqlid tufayli tanasiga “belgi” va “tamg‘a” urdirganlar ertaga jamiyatdagi ijtimoiy faoliyatida turli to‘siqlarga duch kelib pushaymon qilishi hyech gap emas. Bunga misol harbiy xizmat yoyinki, jamiyatimizning barcha nufuzli vazirlik, idora, tashkilot va korxonalar tizimida ishga qabul qilishdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va kelajakda bu faoliyat yanada takomillashadi. Tanasida bu kabi “belgi” va “tamg‘a”- tatuirovka urdirgan kishi o‘ziga nisbatan ish beruvchi, kuyov yoki kelin qiluvchi, og‘a-ini kirishuvi va h.k. tomonidan bir necha xil salbiy qarash hosil qiladi. Birinchidan, unda aqliy zaiflik kayfiyati yuqori; Ikkinchidan, xudbinlik, unga atrofdagilarning fikri ahamiyatsizligi, axloqsizlik, ma'naviyatsizlik va madaniyatsizlikni targ‘ib qilishga mayli borligi; Uchinchidan, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan rahm-shavqat va mehr-oqibat hissi pastligi va keyinchalik buni umuman yo‘qolish alomati yuqori bo‘lishi va shu kabi ko‘plab salbiy fikr-mulohazalar keltirib chiqarishi mumkin. Bu qanchalik ahamiyatliligini aytib o‘tishning hojati bo‘lmasa kerak.

Tatuirovka jamiyatdagi ijtimoiy axloqiy normalarga ziddir. Badandagi aks ettirilgan tasvirlarni namoyish etish inson qalbida agressiv tuyg‘ularni, tajovuzkorlikning shakllanishiga sabab bo‘lishi bilan birga ong ostidagi anglanmagan qiziqishlarning uyg‘onishiga olib keladi. Bunday tarzda yuzaga kelgan qiziqishlar esa o‘spirin va o‘smirlarni o‘zida axloqsizlikni sinab ko‘rish moyilligini keltirib chiqaradi. Bu esa uning jamiyatdagi faoliyatida, xulq-atvorida, hatti-harakatlarida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Har bir insonni voyaga yetish jarayonidagi ijtimoiy-ma'naviy shakllanishida bu turdagi “yangicha san'at”dan foydalanish, unga taqlid qilish esa, salbiy xulq-atvor shakllarini namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ongli, sog‘lom fikr yurituvchi insonlar bu tarzda o‘z tanasini ijod ob'ektiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Aksariyat tatuirovkani qo‘llashni ma'qul ko‘ruvchi odamlar psixologik tiplarga ko‘ra, hissiy ta'sirchanligi yuqori bo‘lgan va agressiv xulq shakllariga moyil bo‘lgan toifadagi shaxslardir. Har bir millat yoki elat vakili ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar o‘zi yashab turgan jamiyatning a'zosi. Bugun “Ommaviy madaniyat” nafaqat mamlakatimizning, balki, manaman deb ko‘krak urayotgan AQSh, Germaniya, Yaponiya, Rossiya kabi mamlakatlarning ham katta bosh og‘rig‘idir. Har bir millat va elat o‘z urf-odati va madaniyatini saqlab unga amal qilib keladi. Bu yaxshi albatta, ammo yillar o‘tishi bilan madaniyatlar o‘zgarib, yangilanib borishi kerak. Ammo, tatuirovka kabi illat bir madaniyatdan ikkinchi madaniyatga almashinib, uning kelajagini vayron qiladi. Hayotda aniq va ulkan maqsadlar bilan yashash kerak. Agar bugun biz bu kabi illatlarni yoshlikka xos holat, deb munosabat bildirsak, bir qarashda pardoz bo‘lib ko‘rinsada, bu harakat kelajak hayotimizda axloqsizlik va ma'naviy tubanlik sari yetaklovchi omil bo‘lishi mumkin.


Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.

Islom Karimov

Yurtboshimizning “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” kitobida “Ommaviy madaniyat”ning tub mazmun-mohiyati teran ochib berilgan.

Ochig‘ini aytganda, bunday xavf-xatarlar yoyilib, mamlakatimiz hududida ham turli xil ko‘rinishlarda kirib kelayotganligi achinarli holdir. Ana shunday “ommaviy madaniyat” belgilaridan biri sifatida ko‘pchilikni tashvishga solayotgan ayrim kuzatuvlarimizni e'tiboringizga havola etayapmiz.
Pirsing nima?

“Pirsing inglizcha so‘z bo‘lib, “piercing” – “teshish” degan ma'noni anglatadi, ya'ni tananing biror joyi teshilib, zirak yoki boshqa bir bezak taqish demakdir. Odatda faqatgina quloqni teshish bilan cheklangan bo‘lishsa, hozirgi kunda pirsing yordamida quloqni bir necha joyidan teshish, shuningdek, burun, qosh, lab, kindik va qorinni ham ma'lum bir joylariga zirak va bezaklar taqish ayrim yoshlar o‘rtasida urf bo‘lmoqda. Pirsing atalmish bu g‘ayriodat tobora keng quloch yoyib, g‘oyaviy turga aylanib bormoqda. Endi deng, ayrim rivojlangan mamlakatlarda uning noinsoniy bir turi paydo bo‘libdi. U shundan iboratki, o‘smir yigit-qizlar teri tagiga rang yuborib, badanining ko‘rinib turadigan joylarini ola-bula tusga kirita boshlabdi. Bu balo-qazolar bizda emas xorijda ro‘y berayotgan ekan-ku, deb xotirjamlikka ham berilish kerak emas. Negaki, bunday yaramas odatlar chegara va makon bilmas internet, chet el kinoflmlari va tasvirlari vositasida har bir mamlakatga kirib kelmoqda. Qoni qaynoq va qiziquvchan yoshlar esa qanday bo‘lmasin, ulardan xabar topmoqda. Misol uchun, pirsing balosining ilk bosqichlari tatuirovka chizmalaridir. Havoning iliq kunlarida qarshimizdan kelayotgan qiz yoki yigitning ko‘rinarli joylaridagi chiroyli naqsh va suratlarni ko‘rib, deyarli beparvo o‘tib ketaveramiz. Chet el qo‘shiqlarida olingan klip, filmlari va uni ijro etgan mashhur qo‘shiqchi, aktyorlarni misol qilishimiz u yoqda tursin, hatto o‘zimizning ayrim qzshiqchilarimiz olgan kliplarda, filmlarimizda ham tatuirovkasini ko‘z-ko‘z qilayotgan nomdor aktyorlarga ko‘zimiz tushayotir. Xo‘sh, bunday qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarishga o‘xshash holatlar qanday paydo bo‘lmoqda? Bunday kaltabinlikni qaysi aqli raso kishilar erkinlik yoki zamonaviylik belgisi deya oladi?!



Pirsing biznesidagi targ‘ibot

Pirsing taqinchog‘ining internet saytlaridagi reklamasi yomg‘irdan keyin paydo bo‘lgan qo‘ziqorindek uchraydi. Internet saytlaridan biriga kirsangiz: “Sensatsiya! 50% yosharish! 8 martga O‘zingga va onangga eng zo‘r pirsing taqinchog‘ini sovg‘a qil” degan reklamalar o‘ynoqlab turibdi. Yoki, ayrim go‘zallik salonlarida soch turmalash narxi yonida tatuirovka, tatuaj, pirsing va shunga o‘xshash allam balo xizmat turlari va ularning narxlari ham osiqlik turibdi. Va salondagi xizmat ko‘rsatuchi “kishi” suhbat chog‘ida “Nega pirsing qildirmagansiz? Hozir bilsanggiz hamma “modniy”, “zamonaviy”qizlar pirsingdan foydalanishadi. Hamma mashhurlar bu usuldan allaqachon faydalanishni boshlashgan-ku, siz hali bilmaysizmi?”, - deb o‘z biznesining targ‘ib qilish usullaridan samarali foydalanib kelishmoqda. Shu o‘rinda pirsing qildirgan bir suhbatdoshning fikrini keltiraman:



- “Kecharasiz yosh ekansiz, mana bu burningizni teshtirib taqqan taqinchog‘ingizning nomi pirsingmi?

- Ha, pirsing. Nega so‘rayapsiz.

- Shunchaki, o‘zim. Yuzingizni xijobga o‘ragansiz, ammo, taqinchog‘ni burningizga taqqaningizga aytamanda!

- Ha. Payg‘ambarimizdan qolgan hodisda ishorat bor. Unga ko‘ra u kishi qo‘llarini burinning manashu qismini silab ishorat qilgan ekanlar.

- E ha, shundaymi? Kechirasiz. O‘sha hadisni olib o‘qiganmisiz?

- Yo‘q e'tiqod qiladigan opaxonimdan eshitganman.

- Maylikuya, iltimos, o‘sha hidisni qo‘lingizga olib yana bir o‘qib ko‘ring, uzur!, Chunki, jamiyatimizdagi odamlar bu kabi vositalardan foydalangan kishilarga nisbatan yaxshi fikrda emas”- deb xayrlashdim. Endi targ‘ibotda insonning ko‘chadagi axloqiy-madaniy tushunmovchilik ta'siriga tushub qolish o‘zi bir taraf bo‘lsa, uning insonning sof diniy e'tiqodidan ham biznesni rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot sifatida foydalanish nimasi?! Har qanday e'tiqodi butun inson bu kabi oddiy va qo‘pol illatni ilg‘ashi tayin. To‘g‘ri bu biznesni rivojlantirish kimlargadir mumaygina daromad keltirishi mumkin. Chunki, bugungi kunda bozorlarda, so‘mda hisoblaganda, quloq pirsingi 5 mingdan 200 ming so‘mgacha, til, burun pirsinglari 7 mingdan 150 ming so‘mgacha, lab, kindik va tirnoq pirsinglari 7 mingdan 200 ming so‘mgacha badanning biror joyini teshib (!) o‘rnatilayotgan ekan! Uni teshib o‘rnatuvchi xizmatlar narxini qo‘yavering. Qarang: Saytlarning birida aytilishicha, “Wildcat Collektion” kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan pirsing targ‘iboti tanlovida kim faol ishtirok etsa, unga o‘zi yashayotgan hududda pirsingni yoyish huquqi berilib, mo‘maygina miqdorda rag‘batlantirilar ekan...

Xulosa o‘rnida. “Ommaviy madaniyat” insonni nafaqat ma'naviy, balki jismoniy jihatdan ham aqli va tafakkurini zaharlaydi. U yoshlikni xazon qiladi, o‘z ortidan ergashganlarni ongsiz – manqurtga aylantirib boradi. To‘g‘ri, bu xavf-xatarlarni uning “to‘r”iga tushib qolganlar birdaniga tushinib yetmasligi mumkin, lekin ularni o‘z vaqtida ogohlantirish, kerak bo‘lsa to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish har birimizning insoniy burchimiz ekanligini unutmaylik. Zero, Yurtboshimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, “G‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat” shiori bilan kurashishga har birimiz shay turmog‘imiz zarur.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning hayotiy mo‘ljallari va ta'lim qadriyatlari
Ong va tafakkur o‘zgarishlarini izchil amalga oshirish, ma'naviy hayotning barcha jabhalarini isloh etish xususan, ertangi kun mazmunini nechog‘li boyitish, o‘zgartirish rejalariga bevosita bog‘liqdir. Jamiyatni pozitiv o‘zgartirish jarayonlari esa shaxsning o‘z-o‘zini o‘zgartirish tadbirlaridan boshlanadi. Individual maqsadlar, rejalarning nechog‘li ijtimoiy mazmun kasb etishi esa jamiyat siyosiy, ma'naviy faollik darajasini ifodalaydi. Shu boisdan ham bugungi madaniyat muassasalarida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning yoshlar maqsadlari, orzu-o‘ylarining jamiyatning umumiy maqsadlari bilan nechog‘li uyg‘unlashganligi masalasini maxsus ilmiy o‘rganish dolzarb muammolardan sanaladi. Ijtimoiy mo‘ljal omilining bugungi yoshlar ma'naviyatdagi o‘rni va roliga bag‘ishlab 2005-2006 yillar mobaynida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari e'tiborga loyiqdir. Mazkur tadqiqot Respublikamizning Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlari umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus kasb-xunar muassasalarida o‘tkazildi. Tadqiqot doirasiga 1200 talaba va o‘quvchi jalb etildi.

Tadqiqot natijalari bugungi yoshlarning ijtimoiy hayot o‘zgarishlariga befarq emasliklari, bunyodkorona faoliyatlarga yoshlarning dahldorlik to‘yg‘usi yuqori darajada ekanligini ko‘rsatdi.

Xususan, yoshlar o‘zlari qiziqib o‘rganayotgan kasb hamda bilim to‘garaklarida ta'lim olayotganliklaridan faxr-iftixor to‘yg‘ularini his etishlari, kelajakda puxta egallashni rejalashtirayotgan kasbiy yo‘nalishlarga sadoqatda ekanliklari, o‘zlari shug‘ullanayotgan to‘garaklarni ongli ravishda tanlaganliklarini izhor etdilar. Yoshlarning aksariyat ko‘pchiligi «Siz ushbu to‘garaklarda o‘z hohishingiz bilan shug‘ullanayapsizmi»? degan savolga «o‘zimning qiziqishim orqali» (71%) hamda «ota-onamning maslahati bilan» (24%) degan javob variantlarini belgiladilar. Mazkur savolga javoblar haqqoniyligini o‘rganish maqsadida berilgan «Sizning ushbu to‘garakda shug‘ullanishingizdan maqsad nima»? degan savolga 56% yoshlar «yaxshi mutaxassis bo‘lish» deb javob berdilar. 43% respondentlar “jamiyatda obro‘ topish uchun” deb javob berdilar.

Shuningdek, yoshlar o‘zlari tanlagan kasbiy yo‘nalishlarni hayotiy baht tushunchasi bilan uyg‘un tasavvur etishlarini ham namoyon etdilar. «Siz baht deganda nimani tasavvur qilasiz»? degan savolga ham «odamlarga kerakli bo‘lib yashash» - (41%), «yaxshi mutaxassis bo‘lish»-(32%), «o‘qishni davom ettirish» - (12%) singari pozitiv javob variantlarini belgiladilar. Yoshlar mazkur savolning tayyor javob variantlari bo‘lgan «uylanish, turmushga chiqish» - (6%), «daromadli ishga joylashish» - (3%), «boy-badavlat yashash»-(8%) singari javoblarni nisbatan kam qayd etdilar, shu boisdan mazkur masalalarni muhim deb hisoblamaydilar. Tabiiyki, talaba-qatnashchilar mazkur hayotiy jihatlarni keyingi bosqichda deb bilib, dastavval o‘zlarini hayotga har tomonlama tayyorlash zaruratini muhim deb bilishlari e'tiborga loyiqdir.

Hozirgi yoshlarda ijtimoiy mo‘ljal omilining katta yoshdagi aholi vakillari fikr-qarashlaridan birmuncha farqli jihatlari namoyon bo‘lmoqda, xususan, bunday o‘ziga xoslik ularning hayotga pragmatik yondashuvlarida ham o‘z ifodasini topadi. Xususan, anketa mazmunidan o‘rin olgan «Siz qo‘yidagi xususiyatlardan qaysi biri insonga ko‘proq foydali deb hisoblaysiz» degan savolga so‘rovga jalb etilgan yoshlar «bilimdonlik»-(71%), «chaqqonlik»-(56%), «ishbilarmonlik»-(52%), «o‘z kuchi bilan biror narsaga erishish»-(34%), «g‘ayratchanlik»-(32%), deb javob qaytardilar. Yoshlarning ijtimoiy mo‘ljali mazmunida ma'naviy jihatlarning o‘rni ham ustuvor bo‘lib pozitiv mohiyat ustuvordir. Yoshlarning aksariyat qismi hayotda muvaffaqiyatlarga «to‘g‘ri so‘zlik»-(30%), «odoblilik»-(39%), «insoflilik»-(33%) muhim rol o‘ynashini qayd etdilar. Maqsadga erishish yo‘li «surbet bo‘lish», «yolg‘onchilik», «odobsizlik», «insofsizlik» xislatlarini kerakli deb, birorta ham talaba-o‘quvchi hisoblamasligi shubhasiz, ijobiy hol bo‘lib, bugungi yoshlar ma'naviyati zararli ta'sirlardan holi ekanligini ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda 2004 yili Rossiyada chiquvchi «Trud» gazetasida e'lon qilingan Kaliningrad viloyatidagi maktab qatnashchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalarini mamlakatimiz qatnashchilarining ijtimoiy hayotga bo‘lgan yondoshuvlari bilan qiyoslashni joiz, deb hisoblaymiz. Maqolada qayd etilishiga ko‘ra, Rossiyalik qatnashchilarning deyarli 40 foizi (so‘rov 1800 nafar maktab o‘quvchisi o‘rtasida o‘tkazilgan) rahmdillik, vijdonlilik, odob, sabr, halollik singari fazilatlarni bugungi zamona uchun ko‘mak beruvchi omillar emas, balki salbiy holatlar deb baholaydilar. Aksariyat rossiyalik qatnashchilar uchun surbet va hayosiz shaxs obrazini ifodalovchi «Dikiy angel» (Yovvoyi farishta) filmidagi Milagres hamda o‘ta salbiy qiyofaga ega bo‘lgan fohisha Natalya Oreyroni o‘zlari uchun ibratli obrazlar, deb biladilar va ularga taqlid qilishga intiladilar.34

Ta'kidlash joizki, mazkur holat O‘zbekistonlik yoshlar uchun tamoman yot holat ekanligi qanoatlanarli holdir. Mamlakatimiz yoshlari o‘z bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalasiga ham jiddiy yondoshadilar. “Ustuvor mashg‘ullik shakllari sifatida kutubxonaga borib ishlash» -(25%), «horijiy til o‘rganish» -(14%), «sport bilan shug‘ullanish» -(21%), «to‘garaklarga (musiqa, raqs, shaxmat va boshqa) borish» -(12%) singari faoliyatlarni qayd etdilar. Ammo, «yoshlarning o‘z qiziqishlariga ko‘ra turli xil klublar ishida qatnashish» –(2%), «kursdoshlari bilan teatrlarga borish» -(9%) singari jamoaviy faoliyat shakllariga ishtiroklari bugungi kun darajasida emas. Bunday hol so‘rovda ishtirok etganlarning o‘z shaxsiy taraqqiyotlarini ta'minlash borasida xorijiy tengdoshlari tajribalar xususida zamonaviy axborot manbalaridan ma'lumot olish masalasida birmuncha sust yondoshuvlarida namoyon bo‘ldi. Yoshlarning makoniy mo‘ljallari, kelajakda qaysi joyda muqim yashashga doir fikrlarini o‘rganish ham muhim ijtimoiy ahamiyatga egadir. «Kelajakda o‘zingiz mo‘ljal qilgan yashash joyingizni qaerda deb bilasiz»? degan savolga mutlaq ko‘pchilik o‘quvchi-talabalar o‘z baxtlarini «kindik qonlari to‘kilgan joyda topishlarini bildirdilar» -(55%), «respublika, viloyat yoki tuman markazida yashash fikriga egalar» -(15%) iborat. Ammo, talaba va qatnashchilarning har uchtadan biri (32%) bu haqda o‘ylab ko‘rmaganlar va kelajakda qaerda yashab faoliyat yuritishlarini aniq tasavvur etmasliklarini bildirdilar.

Talaba va qatnashchilarning diniy e'tiqodi masalasi ham bugungi kunda muhim ahamiyatga egadir.Buning asosiy sababi din omilining halqaro ko‘lamlarda siyosiy mohiyat kasb etib borayotganligi, mazkur jarayonning tobora kengroq ijtimoiylashayotganligi bilan izohlanadi.Sotsiologik so‘rov natijalaridagi pozitiv jihat shundan iborat bo‘ldiki,mamlakatimiz yoshlari diniy e'tiqod masalasida dunyoviy nuqtai nazarlarga ega ekanliklarini bildirdilar. Talaba va qatnashchilarning 90 foizi «xudoga ishonaman, ammo nomoz o‘qimayman» degan javobni qayd etdilar. So‘rovga jalb etilgan 6 foiz so‘ralganlar «diniy e'tiqod har bir kishining o‘z ishi deb bilaman» deb hisoblaydilar.



Tez o‘zgarayotgan davr mazmuni turli xil tashqi ta'sir oqibatida evolyusion tarzda o‘zgarib bormoqda. Shu boisdan ham bugungi yoshlar ma'naviyatiga turli mafkuraviy institutlarning g‘oyaviy-siyosiy ta'sirini o‘rganish ham muhim ahamiyatga egadir. Bu jarayon yoshlar tomonidan xorijiy ommaviy axborot vositalari, xususan, radio eshittirishlariga bo‘lgan munosabatlari orqali oydinlashtiriladi. So‘rov natijalariga ko‘ra, 40 foizdan ko‘proq o‘quvchi va talabalar xorijiy radio stansiyalardan «Bi-bi-si», 12 foiz o‘quvchi va talaba-»Ozodlik», 10 foiz talaba esa «Amerika ovozini» muntazam ravishda eshitib boradilar. Bunday holat xorijdan yoshlar ongiga singdirib kelinayotgan xabar va ma'lumotlar mazmunini chuqur o‘rganish, ulardan berilayotgan vatanimiz manfaatlariga zid keluvchi axborotlarga qarshi tadbirlar, bahs-munozaralar, axborot soatlarini doimiy ravishda o‘tkazib borish masalasini kun tartibiga qo‘yadi.

O‘quvchilar hamda kollej talabalarining istiqboldagi individual taraqqiyotga erishish borasida rejalashtirgan orzulari haqida so‘rov mobaynida bildirgan fikrlari tahlili yoshlarimizda ijtimoiy mo‘ljal mazmunining davlat va jamiyatning strategik yo‘li bilan uyg‘unligi,mohiyat e'tiboriga ko‘ra pozitiv xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Madaniyat muassasalaridagi to‘garaklar qatnashchilarning 70 foizdan ko‘prog‘i kelajakda oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish niyatlari borligini izhor etdilar.

Xullas, ijtimoiy mo‘ljal hodisasini tizimiy tadqiq etish bugungi yoshlarning hayotga bo‘lgan munosabatlari, fuqaro sifatidagi faollik darajasi, ma'naviy qiyofasi, shaxs sifatida o‘z-o‘zini anglash ko‘lamlarini o‘rganish hamda tarbiyaviy jarayonlarni jamiyatning ustuvor yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish imkoniyatini oshiradi.



Uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari

  1. Ijtimoiy mo‘ljal hodisasining mohiyatini izohlang.

  2. Yoshlarning o‘zini-o‘zi baholash xususiyatlarini tushuntirib bering.

  3. Yoshlarda to‘garaklarda ishtirokidagi ixtiyoriylik, tamoyilini izohlang.

  4. Yoshlardagi bo‘sh vaqt taqsimotini tahlil eting.

  5. Shaxsning prognostik mo‘ljallarini tahlil qiling.


11-Mavzu: O’zbekiston respublikasida ijtimoiy-madaniy faoliyat vositasida ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlari

Reja:

  1. Ayollar – jamiyatning ijtimoiy subyekti sifatida

  2. Download 497.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling