Ijtimoiy madaniy faoliyat
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif
Minnezang. Nemis ritsar‟ madaniyati va adabiyoti. XII-XIII asrlarda Frantsiya ta`siri ostida
rivojlangan. Ritsar‟ lirikasi minnezang («sevgi qo`shig‟i» Minne – «sevgi») deb ataladi. Uning birinchi namunalari 1170 yillarga to`g‟ri keladi. Ritsar‟ - sevgi poeziyasi 2 oqimdan iborat edi. Ulardan biri o`z uslubi bilan arxaik xalq qo`shig‟iga yaqin poeziya bo`lib, unda hali ayolni ulug‟lash g‟oyalari sezilmaydi. (Kyurenberg va Ditmar fon Aystlar ijodi). Ikkinchi oqim – provans trubadurlarining bevosita ta`siri ostida yuzaga keladi (G‟arbiy viloyatlarda). Ditmar va Kyurenberglarning lirikasi erli ayollarga emas, ko`proq qizlarga qaratilgan. Ularning she`rlarida sevgi iztiroblari ko`pincha ayollarning qismati bo`lib qoladi. Ditmar fon Aystning «Ayol qo`shig‟i» dagi ayol uchib ketayotgan lochinni ko`rib qoladi. Unga qarab: «Sen baxtlisan, hoxlagan tomoninga uchib borasan, istagan daraxtinga qo`nasan. Men ham shunday qildim. Ko`nglimdagi yorimni topdim. Biroq ayollar rashk qilib azob chekmoqdalar», deydi. Ko`p she`rlar xalq qo`shiqlari singari tabiat manzarasini tasvirlash (bahor yoki kuz kelishi) bilan boshlanadi va qahramonlar ruhiy xolatlariga mos keladi. Ikkinchi oqim vakillari ijodi shaklning ancha murakkabligi ritsar‟ urf-odatlarining kiritilishi bilan izohlanadi. endi tabiat tasviri, dramatik situatsiya ko`rinmaydi. Visolga eta olmaslik iztiroblari bo`rttirib bayon etiladi. Val‟ter fon Fogel‟veyde (taxminan 1160-1230 yillar) – o`rta asr nemis lirikasining asosiy oqimlarini o`z ijodida birlashtirgan shoirdir. Uning qahramoni oliy tabaqadan chiqqan ayol emas, oshiqning iltijolariga samimiy javob beruvchi kamtar qizdir. U xalq poeziyasidagi tabiat tasviridan foydalanadi. Bavariyalik shoir Neydxart fon Reyental (taxminan 1180-1240 yillar). U ham «oddiy», «real sevgini» tasvirlash tarafdori, ammo uni maishiy naturalizm ruhida rivojlantirgan (Feodal-aristokrat nuqtai nazaridan krestyan qo`shiq va laparlarini parodiyaga oladi). Shoir Volfram fon eshenbarx (taxminan 1170-1220 yillar) – o`rta arsda nemis sevgi lirikasini yanada boyitdi. Uning al‟ba (tong qo`shiq) lari juda ham go`zal. 25
Bulutlarning quyuq jomasin Tirnoqlari bilan yorgancha, Tong adirlar ortidan vazmin Qudrati-la ko`kka o`rlaydi. Huzurimga o`zim chorlagan Kimsaning shod daqiqalarin Uzaytirmas endi tong ortiq.
(A.Oripov tarjimasi) XIII asrning ikinchi yarmida minnezangda tushkunlik boshlandi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling