Ijtimoiy madaniy faoliyat


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/59
Sana05.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#202657
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

Ritsarlik  romani.  Ritsarlik  lirikasi  kabi  ritsarlik  ham  Frantsiyada  vujudga  kelib,  keyin  boshqa 

erlarga  tarqaldi.  Ritsarlik  lirikasida  bo`lgani  kabi  romanda  ham  sevgi,  turmush  quvonchlari  asosiy 

mavzu  edi.  Sevgi  ko`tarinki  ruhda,  fantastik  bo`yoqlarda  aks  ettirilgan.  SHuningdek,  qahramonlar 

psixologik  kechinmalarini  tasvirlashga  ham  katta  e`tibor  berilgan.  Ritsar‟  xonimga  bo`lgan  sevgisi 

tufayli  jangovar  sarguzashtlarga  (avantyura)  otlanadi,  lekin  endi  ritsar‟  vatan  manfaatlarini  emas, 

balki o`z shaxsiy manfaatlarini ko`zlab safarga chiqadi. 

Ritsar‟  romanlari  syujetlariga  ko`ra  3  ta  asosiy  turkumga  bo`linadi:  antik,  bretan  va  vizantiya 

turkumlari. Dastlabki ritsarlik romanlari yartilgani uchun antik adabiyot asarlari qayta ishlangan. Ana 

shunday asarlardan biri «Aleksandr haqida roman»dir. 

Aleksand  Makedonskiy  ham  o`z  yurishlari  davrida  ritsarga  xos  sarguzashtlarni  boshidan 

kechiradi. Lekin bu asar tom ma`noda ritsar‟ romani bo`la olmaydi, chunki unda muhabbat mavzusi 

va xonimga ritsarcha xizmat etish aks ettirilmagan edi. 

Roman  Aleksandr  Makedonskiyning  hayoti  va  qahramonliklari  haqida  hikoya  qilinadi.  XII  asr 

oxirlarida paydo bo`lgan bu romanning mualliflari Lamber Le Tor (Lambert Le Tort) va Aleksandr de 

Berne  (parijlik)  (Alexandre  de  Raris)  lardir.  Bu  roman  yozilgan  she`riy  o`lchov  keyinchalik  asar 

nomi bilan aleksandr vazni deb atala boshlandi. 

Antik turkumga kiruvchi romanlardan yana biri «Eney haqida roman» (Roman d‟Eneas» XII asr) 

hisoblanadi.  Noma`lum  avtor  Vergiliyning  «Eneida»  dostonining  sevgi  va  romantik  lahzalarini 

tasvirlagan. 

Bretan  turkumidagi  romanlarda  esa  V  yoki  VI  asrlarda  yashagan  qirol  Artur  asosiy  qahramon 

hisoblanadi.  Kurtuaz  shoirlari  kel‟t  din  arbobi  Gol‟frid  Momutskiyning  «Britaniya  qirollari»  kitobi 

syujetlarini  qayta  ishlaydilar.  Qirol  Artur  saroyi  ritsarlar  olamining  markaziga,  qirolning  o`zi 

ritsarlarning  barcha  ishlarida  odil  xakam  bo`lib  gavdalanadi.  Artur  saroyida  12  ta  mashhur  ritsar‟ 

bo`lib,  ularni  «yumaloq  stol»  ritsarlari  deb  atalgan.  Bu  stol  atrofidagilarning  barchasi  barobar 

mavqega ega bo`lgan. Keyinchalik Qirol Artur haqidagi voqealarga boshqa voqealar ham qo`shiladi. 

Shundaylardan biri «Tristan va Izol‟da» haqidagi romanlardir. Kel‟t rivoyatlari asosida yaratilgan 

Tristan va Izol‟da haqidagi syujet XII asr o`rtalarida juda ko`p arablar tomonidan ishlangan. Ammo 

bizga  etib  kelmagan.  Bizgacha  etib  kelgan  parchalar,  syujetlar,  tarjimalarni  jamlash  orqali  XII  asr 

o`rtalaridagi frantsuz romanining fabulasini tiklash mumkin bo`ladi. 

Ritsar-kurtuaz  adabiyotining  etakchi  janri  roman  hisoblanib,  uning  manbalari  quyidagicha 

ko`rsatiladi:  1.  Antik  turkum.  –  “Aleksandr  haqida  roman”,  “Eney  haqida  roman”,  “Troya  haqida 

roman”. 2. Breton turkumi. Uning tarkibiga kiruvchi romanlar asosa buyuk qirol Artur haqida bo`lib, 

ular “Yumaloq stol romanlari” nomi bilan ham yuritiladi. U ritsarlar o`zini teng his qilishlari uchun 

yumaloq stol yasatgan edi. Buyuk qirol Artur qahramonligi haqidagi roman ustasi sifatida Kret‟en de 

Trua  (XII  asr)  keng  shuhrat  qozongandir.  1175  yilda  yaratilgan  “Ivan  yoki Yulbars  ritsar‟”  romani 

shu turdagi romanlar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni juda yorqin ifodalaydi. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling