Adabiyotlar:
1. Chet el adabiyoti tarixi. Namunaviy va Ishchi dasturlar, - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2004
2. Alimuhammedov A. Antik adabiyot tarixi. T., O`qituvchi, 1976.
3. Komilov N. Tafakkur karvonlari. T.,Ma`naviyat 1997.
4. Oybek. Mukammal asarlar to`plami 20 tomlik, XV tom.
II semestr
Mavzu: Italiyada uyg’onish adabiyoti
Reja:
1. Italiya – G‟arb uyg‟onishining ilk vatani.
2. Dante Alig‟eri va O`rta asrlardan Renessansga o`tish.
3. Franchesko Petrarka lirikasida dunyoviy sevgi tarannumi.
4. Jovanni Bokkachchoning «Dekameron” asari va uning gumanistik ruhi.
5. Italiya uyg‟onish davri adabiyotining tarixiy ahamiyati.
XIV asrning 2-choragidan dastlab Italiyada kapitalistik munosabatlarning kurtaklari ko`zga
tashlana boshlaydi. Ayni shu davrdan uning mafkurasi sifatida Renessans harakati ham yuzaga
keladi. “Renessans” frantsuzcha so`z bo`lib, “uyg‟onish” degan ma`noni bildiradi. Bu harakat
feodalizm tuzumi va katolik cherkoviga muxolifotda bo`lib, ular bilan g‟oyaviy kurash jarayonida
rivojlandi. Renessans Evropaning boshqa mamlakatlarida XV asrning o`rtalarida yuzaga keldi va
XVII asrga qadar davom etdi. Bu harakat shaxs erki, uning ozodligini bosh maqsad qilib olgani,
sababli uning vakillari o`zlarini gumanistlar deb atadilar. Ma`lumki, lotincha, “gumanist”- so`zi
“insoniy” degan ma`noni ifodalaydi. Shu tariqa Renessansning ilk vatani Italiya, uning ilk shoiri esa
Dante Alig‟eri bo`ldi. Dante Alig‟eri ijodi bilan O`rta asrlar adabiyoti yakunlanadi va Renessans
adabiyoti boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |